O`zbekiston respublikasi



Yüklə 42,06 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix11.06.2022
ölçüsü42,06 Kb.
#61265
1   2   3   4   5
ayrim manodosh ijtimoiy-siyosiy terminlar va ularning lugatlardagi izohi xususida

Filial va bo‘lim leksemalari termin sifatida bir ma’noda qo‘llana olmaydi. 
Qiyoslaymiz: Toshkent Davlat pedagogika institutining Navoiy filiali… Bu misolda 
filialni bo‘lim leksemasi bilan almashtira olmaganimizdek, «kasalxonaning 
terapeya bo‘limi», «institutning kadrlar bo‘limi» misollarida bo‘limni filial deb 
qo‘llab bo‘lmaydi.
«O‘zbekiston yuridik ensiklopediyasi»da filial quyidagicha izohlanadi: 


Filial (lot. filialis – o‘g‘ilga oid; ing. branch, filial, subsidiary) – O‘zR 
FKning 47-m.siga muvofiq, yuridik shaxsning u turgan yerdan tashqarida 
joylashgan hamda uning barcha vazifalarini yoki vazifalarining bir qismini, shu 
jumladan vakolatxona vazifalarini bajaradigan alohida bo‘linmasidi (482-bet). 
Demak, filial korxona, tashkilot v.h.ga taalluqli bo‘lsa-da, u turgan yerdan 
tashqarida joylashganligi, undan alohida, mustaqil faoliyat yurita olish kabi 
xususiyati bilan xarakterlanadi. Bo‘lim esa mana shunday korxona, tashkilot va 
muassasalarga qarashli, bevosita uning tarkibiga kirgan, ularni tashkil etgan tarkibiy 
qismni bildiruvchi atama.
Shu’ba leksemasining ifodalagan ma’nosi(ma’nolari)ni lug‘atlardagi izohi, 
yozilishida ayrim muammolar ko‘zga tashlanadi.
Shu’ba termini ham sho‘ro davrida o‘zbek tilida qadimdan qo‘llanib kelgan 
ko‘pgina so‘z va terminlar qatori iste’moldan chiqib qolgandi. Lug‘atlarda ham 
uning eskirgan so‘z ekanligi maxsus belgi bilan qayd etilgan. Lekin mustaqillikdan 
so‘ng uning yana faollashganini, hatto bir necha ma’nolarda qo‘llanayotganini 
ko‘ramiz. Uning istiqlol yillarida yaratilgan izohli, tarjima va imlo lug‘atlarida 
berilganligi ham buni tasdiqlaydi. Masalan, 5 jildli izohli lug‘atda shu’ba bir necha 
so‘zlarga sinonimik izoh sifatida berilgan. Agar ikki jildli izohli lug‘atda bo‘lim 2, 

Yüklə 42,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin