O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi tibbiy ta’limni rivojlantirish markazi toshkent pediatriya tibbiyot instituti



Yüklə 265,43 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix01.01.2017
ölçüsü265,43 Kb.
#4233
1   2   3

ETIOLOGIYa VA PATOGENEZ 

 

14 


Epilepsiya asosida hamisha bosh miya faoliyatidagi o’zgarishlar yotadi. Epilepsiya 

bilan kasallangan bemorlarni nevrologik o’rganish, barcha klinik kasallanishni o’rganish, 

rentgenologik, elektroentsefalografik izlanishlar, nihoyat patologik ma’lumotlar miyaning 

epilepsiya vaqtida shikastlanish holatlarini aniqlashga yordam beradi. 

Ko’pgina  bolalarda  bosh suyagi  jarohatlangan  bo’ladi,  infektsiya  oladi,  miyaning 

shikastlanishiga  olib  keladigan  boshqa  holatlar  yuz  beradi,  ammo  hamisha  epilepsiyaga 

olib kelavermaydi. 

Ko’pincha bolalardagi  asab sistemasi zararli  hodisalarni yaxshi kechiradi,  u to’liq 

sog’lom holatda qoladi. 

Etiologiya  kasalligi  –  aktual,  ammo  to’liq    o’rganilmagan  muommalardan  biri. 

Afsuski, hozirgi paytda bolalardagi tutqanoq va epilepsiya sabablari ko’pgina, epilepsiya 

kategoriyasiga  kirmaydigan,  ma’lum  bo’lmagan  etiologik  kassaliklar  mavjudligi  uchun 

aniqlanib etmadi. Ilmiy VOZ guruhi o’zining dokladida Lennoks ta’kidlaydiki, avloddan-

avlodga  o’tishi  epilepsiya  uchun  ko’proq  tegishlidir.  Lennoks  ta’rifiga  kasalning 

qarindosh-urug’lar  o’rtasida  epilepsiya  chastotasi  1,8  %,  gendan  o’tish  esa  3,6  %. 

Lennoksning  fikricha,  ko’pgina  kasallarda  mavjud  bo’lgan  faktor  genetik,  avloddan-

avlodga  o’tganlik  oqibatidir.  Penfild  va  Erikson  ham  shunday  fikrda  qolgan.  Konrad 

aniqlashicha epilepsiya bilan 6-8 % bola, 4 % aka-ukalar va singillar va 1-2 %  jiyanlar 

o’rtasida bo’ladi. 

Alkogoli  avloddan-avlodga  o’tish  hollari  etarli  o’rganilmagan.  Ba’zi  olimlar 

oilaviy  anamnezda  birinchi  o’ringa  alkogolizm  qo’yadi.  Ayniqsa,  bayram  va  dam  olish 

kunlari  spirtli  ichimliklari  iste’mol  qilish  ko’p  bo’ladi.  Shuning  uchun  “yakshanba 

bolalari  “  termini  mavjud.  Epilepsiya  asosida  miyaga  zararli  ta’sir  ko’rsatilishi  kasallik 

o’zgarishiga olib keladi. Buning zarari organizmda prenatal rivojlanish davrida, tug’ilish 

va keyingi bosqichlarda davom etadi. 

Epilepsiya patogenezida  kongenital kasallanish avvalari sifilisdan ekanligini katta 

ahamiyat kasb etdi. Hozirgi paytda bunda kongenital toksoplazmaning roli aniqlandi. 

Miyaning  tuzilish  paytidagi  jarohatlanishi  epilepsiyaning  paydo  bo’lishining  bir 

sababidir. 

Postnatal davrda  epilepsiya  ko’plab va rang-barang faktorlarini  keltirib chiqaradi: 

miya infektsiyasi, bosh chanog’i jarohatlanishi. 

Zararlanish qatoriga hozirgi paytda revmatizmni ham qo’shmoqdalar. 

Ko’pgina  hollarda  kasallik  paydo  bo’lishini  ikki  va  undan  ortiq  patogen 

faktorlarning uyg’unlashuvi va bolaga ta’sir qilishi bilan bog’liqdir. 

Patogenez epilepsiyaning o’rganishda ko’pgina mualliflar anatomik ma’lumotlarga 

etakchi o’rin berdilar. 

Epileptik  huruj  miyada  tomirlarning  buzilishi,  tomirlardagi  spazm  tufayli  hosil 

bo’lishidan, deb tushuniladi. Epilepsiya bilan kasallangan bemorlarda modda almashinuvi 

buzilishi  aniqlangan.  Epileptik  huruj  alkoloz  holatda  bo’lganidan  ham  ko’rinadi. 

Murakkab  epilepsiya  patogenezi  tushunarliroq  bo’lmoqda,  agarda  masala  I.  P. 

Pavlovning reflektor teoriyasi bo’yicha olib ko’riladigan bo’lsa, I. P. Pavlovning fikricha, 

epileptogen  o’chog’i  hayajonlanish  favqulodda  uchlanish,  birdan  ko’tarilib  ketish, 

davomiylik bilan xarakterlanadi. 

Kreyndlerning  fikriga  ko’ra,  epileptik  kasallik  uch  faktordan  iborat.  Albatta, 

ko’pgina holatlarda bunday faktorlarni aniq ajrata olmaymiz. 


 

15 


Qo’shimcha  faktorlarga  lixoradik  ahvol,  charchash,  qayg’urish,  menstrual  davr, 

uyqu, ba’zi medikamentlar, masalan, kamfora, kardiadol, alkogol, piramidon strixnining 

va hk. 

Shunday  qilib,  epilepsiya  butun  organizmning  faoliyatida  rang-barang  buzilish 



sodir bo’lishidan paydo bo’ladi. 

Ta’kidlash  kerakki,  bunday  kasallikni  davolashda  terapevtik  davolash  samara 

beradi, u organizmning barcha f’zolari faoliyatiga ta’sir qiladi. 

Kasalni davolashda hamisha quyidagi printsiplarga amal qilish lozim: 

1.

 



Davolash  uzoq  vaqt  uzluksiz  bo’lishi.  Xuruj  to’xtashi  bilan  davolashni  to’xtamaslik 

kerak.  Oxirgisi  uch  yildan  kam  bo’lmasligi,  ehtiyotlik  bilan  dori-darmonlarni 

kamaytirish, terapiya bekor qilinguncha. 

2.

 



Ko’pchilik hollarda epileptikaga qarshi har xil preparatlarni qo’llash. 

3.

 



Har qaysi bemorga optimal dozirovkani, preparatlarni topish. 

4.

 



Epilepsiyaga  qarshi  dorilar  hamma  holatlarda  modda  almashuvi  jarayoni 

yaxshilaydigan bo’lishi lozim (glyutaminlar, kislota, vitaminlar). 

5.

 

Epilepsiyani  davolash  bilan  birga  albatta,  organizmdagi  boshqa  kasalliklarga  e’tibor 



berish. 

6.

 



Har bir holatda ham yuqori natijalarga  erishishning muhim sharti: bola  hayoti rejimi, 

tarbiya, o’qitish va mehnat faoliyatini to’g’ri tashkil qilish. 

Epilepsiyaga qarshi davolash usularini to’g’ri qo’llay bilish kerak. 

Hozirgi  paytda  antiepileptik  dori-darmonlar  ko’p,  ammo  shundan  eng  muhim 

lyuminal hisoblanadi. Geksamedik turli qaltiroq xurujlarida qo’llaydilar.  Uning ta’sirida 

ruhiy holat ham yaxshilanadi, bemorlar yumshaydi, xotirjam bo’ladilar. 

 

Benzonal  tutli  hurujlarda  qaltirashga  qarshi  ishlatiladi.  Psixomotorli  xurujda  esa 



kam samara beradi. 

Difenin yirik qaltiroq xurujlarda ishlatiladi. 

Bura tonik qaltirashda qo’llaniladi. 

Xlorakan homiladorlarga va bolalarga tavsiya qilinadi. 

Kichik xurujlarda trimetin, piknolepsin, suksilep samaralidir. 

Epilaktin xiralanish holatida, kichik va aralash xurujlarda qo’laniladi. 

Tegretol (Shveytsariya) psixomotor xurujida ayniqsa samaralidir. 

Finlepsin tegretolga o’xshash, lekin ko’p ta’sirli emas. 

Epilepsiya  davolashda  turli  dorivor  giyohlar  qo’llaniladi  (Sereysk,  Vorobyov, 

Bexterev, Brodskiy va boshqalar). 

Tajriba  shuni  ko’rsatadiki,  Brodskiy  miksturasi  va  aminazin  yaxshi  ta’sir  ko’rsatadi 

(ayniqsa  katta  qaltirash  xurujida).Epileptik  status  shoshilnch  xolat,  tez  tibbiy  yordam 

ko’rsatish lozim. 

Harorat  darajasi  yuqori  ko’tarilgan-antibiotiklar,  yurak  faoliyati  buzilganida 

kordiamin, kofein, nafas yo’li buzilganida-lobelin. 

Dori-darmonlarning  faqat  o’zi  epilepsiyani  davolashda  to’liq  samara  bera  olmaydi. 

Kasallikka qarshi kurashda bolaning to’g’ri hayot kechirish ahamiyatli. Bola ko’p vaqtini 

toza  havoda  o’tkazishi  lozim.  O’z  vaqtida  doimiy  va  etarli  uyqu  bo’lishi  kerak.  To’g’ri 

ovqatlantirish, ovqat to’yimli va vitaminlarga boy bo’lmog’i  lozim. O’tkir, tuzli ovqatlar 

to’g’ri  kelmaydi.  Spirtli  ichimliklar  ichmasligi  kerak.  Uyqu  oldidan  yuvintirish  zarur. 

Quyosh nuridan saqlanish kerak. Jismoniy tarbiya bilan shug’ulanish, ko’p cho’zilmagan 


 

16 


holatda.  Tajriba  ko’rsatadiki,  hech  qanday  ma’lumot  bilan  shug’ullanmagan  kishilarda 

epilepsiya  ko’proq  bo’ladi.  Bola  kasallikka  qaramasdan  maktab  programmasini 

o’zlashtira  olsa,  maktabga  boradi,  sinfda  og’ir  kechikmalar,  xuruj  bo’lsa,  vaqtincha 

to’xtatiladi,  bu  bolalar  bog’chasiga  ham  tegishlidir.  Katta  epilepsiya  bilan  kasallangan 

o’smirlarni mehnatga jalb qilish vrach nazorati orqali bo’ladi. Har qanday foydali mexnat 

miya faoliyatini yaxshilaydi, kasalga qarshi kurashishda yordam beradi. 



Qiyosiy tashhis 

Epilepsiya tutqanog’i 

Isterik tutqanoq 

1. Xech bir psixogen omilsiz yuzaga 

kelishi mumkin 

1. Ruhiy jarohatlovchi omil natijasida, 

hech bir xabarchisiz yuzaga keladi 

2. Aura turidagi xatarchilarga ega 

2. Ruhiy jarohatlovchi omil natijasida, 

hech bir xabarchisiz yuzaga keladi 

3. Tutqanoqni keyingi kechishi: qisqa 

tonik faza, so’ngra klonik tutqanoq 

fazasidan iborat. Xurujning umumiy 

davomiyligi 1 ½ - 2 minut 

3. Tutqanoq xaotik tomtarqoq, xarakterga 

ega bo’lib, davrlar ketma- ketlikka ega 

bo’lmaydi, davomiyligi 10 minutdan bir 

necha soatgacha 

4. Tutqanoq xuruji vaktida ko’z 

qorachig’ i yorug’likka reaktsiyasi  yo’q, 

ixtiyorsiz siydik ajralishi va defikatsiya, 

tilni tishlab olish kuzatiladi 

4. Bunday belgilar kuzatilmaydi 

5. Tutkanok xurujini ishontirish yuli 

tuxtatish mumkin emas 

5. Xurujni psixoterapevtik yo’l bilan yoki 

tashhis  ta’sirlovchilar bilan to’xtatish 

mumkin. 


6. To’liq amneziya 

6. Amneziya, ko’pincha qisman. 

 

Tutqanoqqa qarshi dorilarni ta’sir mexanizmi 

 

Karbamazepinni 

ta’sir mexanizmi 

Karbamazepinni  asosiy  ta’siri  benzodiazepin  retseptorlariga  va 

kaltsiy 

kanallariga 

ta’siri, 

kindling-effektini 

pasaytirishi 

(“tebranish”  effekti),qachonki  uzilgan  signallar  affektiv  bosqichni 

shakllanishiga  olib  kelishi  mumkin.Valproat  kislota  tuzini 

terapevtik effekti GAMKergik neyrotransmissiyaga asosiy ta’sirini 

ta’minlaydi. 

Rp:Carbamazepini 0,2 

Dtd №50 in tabul. 

S.ichishga. 

 

Valproatni  ta’sir 



mexanizmi 

Valproatni  bosh neyroximik ta’sir mexanizmi hisoblanadi GAMK 

metobolizmiga ta’sir qilib neyromediatorni asosiy markaziy 

tormozlanishiga olib keadi,pre- va postsinaptik razryadlarni 

pasaytirishi va postsinaptik membranani qo’zg’alishini 

kamaytiradi. 

Rp:Convultxi 0,3 


 

17 


Dtd №100 in tabul. 

S. ichishga. 

 

Lamotridjinni ta’sir 



mexanizmi 

Neyromediator aminokislotalar qo’zg’alishini markaziy bloklaydi 

(glutamat va apartat).Qisqa va generlashgan toniko-klonik 

epileptik xurujlarda asosiy davolashda qo’llaniladi,shu jumladan 

,boshqa tutqanoqqa qarshi preparatlarni effektivligi bo’lmaganda 

qo’llaniladi. 

Vibagatrinni ta’sir 

mexanizmi 

Strukturasi tomonidan GAMKka yaqin,GAMK-transferazani 

qaytarilmas ingibitori hisoblanadi.u miyada GAMK miqdorini 

uzoq vaqt ko’taradi,aminokislotalar (glutamat va apartat) 

qo’zg’alishini pasaytiradi;Gabapentin 

(Gabapentine),tsiklik,GAMKka qo’shilishi strukturasiga 

yaqinligi,gematoentsefalik to’siqdan o’tishi va markaziy GAMK-

retseptorlariga ta’siri. 

 

Mashg’ulotda qo’llaniladigan yangi pedagogik texnologiyalar: 

 

Talabalar  bilimini  tekshirish  uchun  yangi  pedagogik  texnologiyalar  asosidagi 



interfaol  usullar  bir  qancha  bolib,  shulardan  amaliy  mashgulotlar  uchun  quyidagi 

usullardan foydalanish orinli. 



Galereya  bo‘ylab  sayohat  usuli  -  bunda  talabalar  kichik  guruhga  bolinadi  va 

ruchkaning  rangiga  qarab  guruhga  rangli  ruchka  beriladi.  Masalan:  qizillar,  koklar, 

yashillar,  qoralar  guruhi.  Har  bir  guruhga  alohida  mavzu  boyicha  savol  beriladi. 

Masalan:  1)  epilepsiya  tasnifi;  2)  epilepsiyadagi  paroksizmal  ruhiy  buzilishlar;  3) 

epilepsiyadagi doimiy  ruhiy buzilishlar.   Kichik  guruhlar  javoblarni guruhi nomiga  mos 

bolgan  ruchka rangida  yozadi.  Bunda  vaqt chegaralangan boladi.  Masalan: 3-5 daqiqa 

vaqt  otgach  kichik  guruhlar  soat  strelkasi  boyicha  savollarga  javob  qogozlarni 

almashishadi.  Qogozlar  guruhlarda  toliq  aylantirilgach  yigib  olinadi  va  oqituvchi 

tomonidan  javoblar  oqiladi.  Bunda  har  bir  kichik  guruh  oz  javobini  togriligini 

asoslashga  harakat  qiladi.  Har  bir  toliq  togri  javoblar  uchun  ball  berib  asoslashga 

harakat qiladi. Har bir toliq togri  javoblar uchun ball berib boriladi. Oxirida eng ko

ball  toplagan  guruh  ragbatlantiriladi.  Qolgan  guruhlardan  ham  eng  faol  qatnashgan 

talabalarga qoshimcha ballar beriladi. 

Romashka  (moychechak)    usuli  –  bunda  qogozlardan  romashka  barglari 

tayyorlanadi. Har bir ramashka bargining orqa tomoniga raqamlar yozilgan bo lib, talaba 

xohlaganini oladi va qaysi raqam tushgan bolsa osha raqamda keltirilgan savolga javob 

beradi.  Savollar  royxati  esa  oldingi  darsda  uyda  mustaqil  tayyorlanish  uchun  berib 

yuborilgan bo’lishi kerak.  

 

 

 

6.2 Tahliliy qism 

 

 

Vaziyatli masala


 

18 


1. Bemor 25 yoshda. Yuk tashuvchi bo’lib ishlaydi. Ilgari davolanmagan.   Bemor 

yilda  1-2  marotaba  birdan  hushidan  ketadi,  chinqirib  yiqiladi,  so’ng  tonik-klonik 

talvasalar kuzatiladi, bu holat amneziya bilan tugaydi. 

 

Javob:  epilepsiya,  kamdan-kam  uchraydigan  generalizalashgan  tonik-klonik 



talvasalar. 

 

2.  Generalizalashgan  tonik-klonik  talvasalardan  so’ng  bemor  hushiga  kelmasdan 



yana  epileptik  tutqanoq  boshlandi,  so’ng  keyingisi.  Bu  holat  bir  necha  marotaba 

takrorlandi. 

 

Javob: Epileptik status. 



 

3.  Bemor  32  yoshda,  epilepsiya  bilan  8  yoshida  kasallangan.  Tonik-klonik 

talvasalar  kuzatiladi.  Bemorning  holati  birdaniga  o’zgarishi  mumkin.  Tashqi 

ko’rinishidan  tajang,  jahldor,  nimadandir  noligandek  bo’lib  ko’rinadi,  atrofdagilar  bilan 

janjallashib, xujum qilishi mumkin. 1-2 kundan keyin oddiy holatga tushadi.  

 

Javob: epilepsiya, generalizalashgan tonik-klonik talvasalar va disforiyalar bilan. 



 

6.3Amaliy qism 

Bemor shikoyatlarini, anamnestik ma’lumotlarni yig’ish; bemorni  klinik tekshiruvdan 

o’tkazish;  tahminiy  tashhis  qo’yish  uchun  asosiy  anamnestik  va  klinik  belgilarni 

ko’rsatish; shoshilinch holatlarda yordam ko’rsatish. 

 

1.EPILEPSIYa BILAN KASALLANGAN BEMORNING RUHIY HOLATINI 

TO’LIQ YoRITISh 

 

Maqsad: epilepsiya bilan kasallangan bemorni klinik, paraklinik va patopsixologik 

tekshiruvdan o’tkazib, ruhiy holatini to’liq yoritish. 

Bajaraladigan bosqichlar: 

1. 


Anamnestik 

ma’lumotlarni  yig’ishda  irsiyati,  homilalik  vaqti  va 

tug’ilishi,bolalik  chog’ida  respirator  epizodlar,  febril  talvasalar,  spazmofiliya 

bo’lganligini aniqlash. 

2. Talvasa hurujlari mavjudligini to’liq yoritish. 

3. Ilk bolalik davrlardagi jismoniy va ruhiy rivojlanish xususiyatlarini aniqlash. 

4.  Anamnestik  ma’lumotlarni  bayon  qilganda  bemorning  shaxsiy  xususiyatlarini, 

hurujsimon buzilishlarning dinamikasini yoritish. 

5.  Bemorning  ruhiy  holatini  to’liq  baholash  uchun  paraklinik,  patopsixologik 

tekshiruvlarni o’tkazish. 

 

 

 



2. ShOShILINCh HOLATLARDA YoRDAM KO’RSATISh. 

 

Maqsad: epileptik tutqanoqda yordam ko’rsatish. 

Bajaralidigan bosqichlar: 

 

1.

 



Bemor yoniga yaqinlashish 

2.

 



Boshi tagiga yumshoq narsa (kiyim, yostiq) qo’yish.  

 

19 


3.

 

Havoni etarli bo’lishi uchun bemor yoqasi, kamar, galstugini echish. 



4.

 

Aspiratsiyani oldini olish uchun bemor boshini yoniga o’girish. 



5.

 

Hurujdan so’ng bemorga seduksen 0,5% eritmasi 2ml yoki magneziya sulfati  25% 



10ml v/i yuboriladi. 

6.

 



Keyin  bemorga  laziks  eritmasi  1%  2ml  va  aminazin  2,5%  eritmasi  2ml  m/o 

yuboriladi. 

 

7.Malaka, ko’nikma va bilimlarni tekshirish usullari 

- og’zaki; 

- yozma; 

- test; 


- vaziyatli masalalar echish; 

-o’zlashtirilgan amaliy ko’nikmalarni namoyish etish. 



 

Testlar 

1. Qanday buzilish epilepsiyani  psixik ekvivalenti hisoblanadi? 

A) absans 

B) propulsiv xuruj 

V) retropulsiv xuruj 

 

G) disforik xuruj 



D) rotator xuruj 

2.  Epileptik kasallarga qaysi fikrlash tipi xos? 

A) maxmadonalik 

B) tutruqsizlik 

V) ambivalentlik 

 

G) quyushqoqlik 



D) simvollik 

3.Epileptik statusdan chiqazishda qaysi preparat effektiv? 

A) galoperidol 

B) triftazin 

V) amitriptilin 

 

G) seduksen 



D) insulin 

4.Tutqanoqsiz paroksizm qanday variantlarda bo’ladi? 

 

1.ambulator avtomatizm 



2.psixik avtomatizm 

 

3.shomsimon ong buzilishi 



 

4.disforiya 

5.saalamli xurujlar 

5.Epileptik kasallikni doimiy simptomlarini ko’rsating: 

 

1.epi-tip bo’yicha shaxs o’zgarishi 



 

tafakkurni o’zgarishi –patologik quyushqoqlik 

 

3.epileptik aqli zaiflik 



4.tutqanoq xurujlarini psixik ekvivalentlari 

5.ambulator avtomatizm 



 

20 


6.tutqanoq xurujlari 

6.Bemorda  epilepsiya  kayfiyati  2  kundan  beri  jahldor,  hafa,  qo’zg’aluvchan, 

yaqinlariga agressiv. Holatni va xatti-harakatingizni aniqlang: 

1.disforiya 

2.psixik shifoxonaga yuborish 

3.psixiatr konsultatsiyasi 

Javob: 1,3,2 

7.EEG olishga bemorni tayyorlash: 

1.Bemorga ko’zini ochish va tez yumish so’raladi yorug’likka reaktsiyani 

to’g’rlab,qog’ozga yoziladi 

2.EEG bosh kiyimi kiyg’iziladi.Fiz.eritmali paxta bilan elektrodlar shimdiriladi 

3.Boshdagi kerakli sohalarga elektrodlar qo’yiladi (12ta elektirod).EEGyoqiladi. 

4.Apparat o’chiriladi,3 minut davomida bemorga tez nafas olish so’raladi,bosh kiyim 

echiladi. 

5 .3 kunga tutqanoqqa qarshi preparatlar bermay turiladi,1kun uxlanmaydi. 

Javob: 5,2,3,1,4 

 8. Epileptik xuruj bosqichlarini ketma-ketligini to’g’ri joylashtiring: 

1.Klonik xurujlar 

2.Xabar beruvchi 

3.Tonik xurujlar 

4.Koma,chuqur uyqu 

5.To’liq amneziya 

Javob: 2,3,1,4,5 

9.Birlamchi epileptik xurujda taktika: 

1.bemorni boshini yonga burish 

2.boshini tagiga birorta yumshoqroq narsa qo’yish 

3.yoqasini bo’shatish 

4.galstukni echish 

Javob: 2,1,3,4 

 

10.Epilepsiyada epileptik xurujni psixik ekvivalentiga tegishli holatni ayting: 



 

1.disforiya 

 

shomsimon ong buzilishi 



3.epileptik dementsiya 

4.epileptik psixoz 

5.fikrlashni patologik quyushqoqligi 

11.Tutqanoqqa qarshi preparatlarni ko’rsating: 

1. Klozapin 

 

Karbamazepin 



3. Klonazepam 

4. Tizertsin 

5.Seduksen 

12.Epileptik kasallikdagi paroksizmal simptomlarni toping: 

 

1.tutqanoqli paroksizmalar 



2. tafakkurni o’zgarishi –patologik quyushqoqlik 

 

21 


3.epileptik aqli zaiflik 

 

shomsimon ong buzilishi 



 

5.disforiya 

13.Kichik epileptik xurujni va unga mos keladiganini toping: 

1. absans 

2.propulsiv xuruj 

3.Jekson xuruji 

4.Kojevnikov xuruji 

5.Saalamov xuruji 

A.qo’l  va  oyoq  mushaklarida  tonik  yoki  klonik  tutqanoqlar  tananing  yarmida 

kuzatiladi 

B.tutqanoq bo’lmagan qisqa muddatli hushidan ketish 

V.hushini yo’qotmasdan qo’l-oyoq mushaklarining klonik tutqanog’i 

G.birdaniga  tanani  egilishi,bosh  bo’shashgan,  qo’li 

musulmoncha  salom 

berayotgandek bo’lib qolishi 

D.turli xil oldinga harakatlar 

Javob: 1-B, 2-D, 3-A,4-V,5-G 

 

8.Joriy baholash mezonlari 

O’zlash-

tirish foiz  

(%) va 

ballda 

Baho 

Talabaning bilim darajasi 

96-100 


A’lo «5»  Epilepsiya  kasalligining  tasnifi,  etiopatogenezi,  epileptik 

tutqanoq  turlari,  yoshga  xos  xususiyatlari,  davolash 

printsiplari bo’yicha to’liq va to’g’ri javob berish. Mustaqil 

xulosa  va  qaror  qabul  qilish,  ijodiy  fikrlay  olish,  mustaqil 

mushohada yuritish. Vaziyatli masalalarni to’g’ri  va  ijodiy 

echish,  javoblarni  to’liq  asoslab  berish.  Interaktiv 

o’yinlarda  faol  va  ijodiy  qatnashish  va  ularni  echishda 

ijobiy  xulosalar  va  tahlil  qilish.  Shoshilinch  holatda 

terapevtik taktikani aniklash. Retseptlarni dori shakliga mos 

holda,  dozalari  va  qo’llash  uchun  ko’rsatmalarini  to’g’ri 

ko’rsatib yozish.   

91-95 


A’lo «5»  Epilepsiya  kasalligining  tasnifi,  etiopatogenezi,  epileptik 

tutqanoq  turlari,    yoshga  xos  xususiyatlari,  davolash 

printsiplari  bo’yicha  to’liq  va  to’g’ri  javob  berish.  Ijodiy 

fikrlay  olish,  mustaqil  mushohada  yuritish.  Vaziyatli 

masalalarni  to’g’ri  va  ijodiy  echish,  javoblarni  to’liq 

asoslab  berish.  Interaktiv  o’yinlarda  faol  va  ijodiy 

qatnashish  va  ularni  echishda  ijobiy  xulosalar  va  tahlil 

qilish.  Shoshilinch  holatda  terapevtik  taktikani  aniqlash. 

Retseptlar  dori  shakliga  mos  holda  dozalari  va  qo’llash 


 

22 


uchun ko’rsatmalar yozish.   

86- 90 


A’lo «5»  Epilepsiya  kasalligining  tasnifi,  etiopatogenezi,  epileptik 

tutqanoq  turlari,  yoshga  xos  xususiyatlari,  davolash 

printsiplari  bo’yicha  to’liq  yoritish,  lekin  1-2  ko’pol 

bo’lmagan xatoga yo’l qo’yilishi mumkin.   Mustaqil tahlil 

qilish.  Vaziyatli  masalalarni  to’g’ri  echish,  lekin  ayrim 

noaniqlarni  ko’rsatish.    Interaktiv  o’yinlarda  faol 

qatnashish,  to’g’ri  qaror  qabul  qilish.Retseptlar  dori 

shakliga mos holda dozalari va qo’llash uchun ko’rsatmalar 

yozish.   

81-85 


Yaxshi 

«4» 


Epilepsiya  kasalligining  tasnifi,  etiopatogenezi,  epileptik 

tutqanoq  turlari,  yoshga  xos  xususiyatlari,  davolash 

printsiplari  bo’yicha  to’liq  yoritish,  lekin  2-3  ko’pol 

bo’lmagan  xatoga  yo’l  qo’yish.  Amalda  qo’llay  olish, 

mohiyatini  tushunish,  bilish,  aytib  berish,  tasavvurga  ega 

bo’lish.Vaziyatli 

masalalarni 

to’g’ri  echish, 

lekin 

javoblarning  to’liq yoritilmasligi.  Interaktiv o’yinlarda faol 



qatnashish,  to’g’ri  qaror  qabul  qilish.Retseptlar  dori 

shakliga 

mos  holda,  dozalari  va  qo’llash  uchun 

ko’rsatmalarni to’g’ri ko’rsatib yozish. 

76-80 

Yaxshi 


«4» 

Talaba  epilepsiyaning  tasnifi,  epileptik  tutqanoq  turlari 

bilishi,  lekin  ularning  yoshga  xos  xususiyatlarini  yaxshi 

bila  olmasligi.  Mohiyatini  tushunish,  bilish,  aytib  berish, 

tasavvurga 

ega  bo’lish.  Interaktiv  o’yinlarda  faol 

qatnashish.  Vaziyatli    masalalarga  to’liq  javob  bermasligi 

mumkin.  Retseptlar  dori  shakliga  mos  holda,  dozalarini 

to’g’ri  ko’rsatib  yozish,  lekin  qo’llash  uchun  ko’rsatmalar 

to’liq ko’rsatilmasligi.    

71-75 

Yaxshi 


«4» 

Savollar    to’g’ri,  lekin  to’liq  yoritilmaydi.  Talaba  tasnifni 

biladi,  lekin  klinik  belgilarni,  yoshga  xos  xususiyatlarni 

to’liq  bila  olmasligi.  Mohiyatini  tushunish,  bilish,  aytib 

berish, tasavvurga ega bo’lish. Vaziyatli masalalarga  to’liq 

javob  bermasligi.  Retseptlar  dori  shakliga  mos  holda, 

dozalarini  to’g’ri  ko’rsatib  yozish,  lekin  qo’llash  uchun 

ko’rsatmalar to’liq ko’rsatilmagan.  

66-70 

Qoniqarl


      «3» 

 

Savollarning  yarmini  xatolarga  yo’l  qo’yilgan  holda 



yoritish.  Talaba  kasallik  tasnifini  bilishi,  lekin  klinik 

belgilarni,  yoshga  xos  xususiyatlarni  yaxshi  bilmasligi. 

Faqat  ba’zi  savollar  bo’yicha  mohiyatini  tushunish,  bilish, 

aytib  berish,  tasavvurga  ega  bo’lish.  Vaziyatli  masalalarni 

to’g’ri echish, lekin javoblar asoslab berilmagan. Retseptlar 

dozalarini  to’g’ri  ko’rsatib  yozish,  lekin  dorining  ishlab 

chiqarilgan shakllarini yozib berishda xatoga yo’l qo’yishi.  

61-65 


Qoniqarl Savollarning  yarmi  xatolarga  yo’l  qo’yilgan  holda 

yoritilishi.  Kasallik  tasnifini,  klinik  belgilarni  aytib 



 

23 


      «3» 

 

berishda  xatoga  yo’l  qo’yilishi.  Faqat  ba’zi  savollar 



bo’yicha  mohiyatini  tushunish,  javobi  to’liq  emas. 

Vaziyatli  masalalarni  to’g’ri  echish,  lekin  javoblar  asoslab 

berilmasligi,  xato  qo’yilishi.  Retseptlarning  shakli  to’g’ri, 

lekin  qo’llanilishi  ko’rsatmay  yozilishi  yoki  dozalarida 

xatoga yo’l qo’yilishi.  

55-60 


Qoniqarl

      «3» 



 

Savollarning  yarmi  xatolarga  yo’l  qo’yilgan  holda 

yoritilish. Kasallik tasnifini, klinik belgilarni aytib berishda 

xatoga  yo’l  qo’yish.  Javobi  noaniq,  mavzu  bo’yicha 

birmuncha  tasavvurga  ega  bo’lish.  Vaziyatli  masalalarni 

echishda  xatoga  yo’l  qo’yish.  Retseptlar  xato  yozilgan, 

qo’llanilishi ko’rsatmay yozilgan  va dozalarida xatoga yo’l 

qo’yish.  

54 va 

undan 


past 

Qoni-


qarsiz 

      «2» 

Javob  va  vazifalarni  bajarish  minimal  darajadan  past  va 

bahola olinmaydi. Amaliy  ko’nikmalarni o’zlashtirish past, 

to’liq xajmda emas. 

 

 



Yüklə 265,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin