O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi tibbiy ta’limni rivojlantirish markazi toshkent pediatriya tibbiyot instituti



Yüklə 265,43 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix01.01.2017
ölçüsü265,43 Kb.
#4233
  1   2   3

 

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI  

SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI 

 

TIBBIY TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH MARKAZI 

 

 

TOSHKENT PEDIATRIYA TIBBIYOT INSTITUTI 

 

 

      

     

 

 

 

 

 

 

 

EPILEPSIYA 

 

Tibbiyot oliy o’quv yurtlari 5- kurs talabalari uchun  



o’quv-uslubiy qo’llanma 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Toshkent – 2010 

 



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI  



SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI 

 

TIBBIY TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH MARKAZI 

 

 

TOSHKENT PEDIATRIYA TIBBIYOT INSTITUTI 

 

 

      

    «TASDIQLAYMAN» 

 

 

 

       «KELIShILDI» 

O’zR SSVning Fan va o’quv 

 

 

    

O’zR SSVning Tibbiy ta’limni 

yurtlari bosh boshqarmasi  

 

   

 rivojlantirish markazi 

boshlig’i prof. Sh.E.Ataxanov 

 

             direktori M.S.Yusupova 

 

_______________________________ 

       __________________________ 

 «___»_________________2010y   

          «___»_______________2010y 

№_________bayonnoma   

 

 

   №____________bayonnoma 

 

 

 

 

 

 

EPILEPSIYA 

 

Tibbiyot oliy o’quv yurtlari 5-kurs talabalari uchun  



o’quv-uslubiy qo’llanma 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Toshkent – 2010 



 

 



Tuzuvchilar:   

 

V.K.Talimbekova  – ToshPTI psixiatriya, narkologiya  va bolalar psixiatriyasi kafedrasi 

mudiri, t.f.n., dotsent 

 

A.N.Saxojko  -  ToshPTI  psixiatriya,  narkologiya  va  bolalar  psixiatriyasi  kafedrasi 

assistenti  

 

S.B.Babaraximova - ToshPTI psixiatriya,  narkologiya va bolalar psixiatriyasi kafedrasi 

assistenti  

 

 

 



 

 

Taqrizchilar:   



 

N.I. Xodjaeva– TTA psixiatriya kafedrasi mudirasi, t.f.d., professor 

 

Sh.R.  Suleymanov–  ToshPTI  psixiatriya,  narkologiya  va  bolalar  psixiatriyasi  kafedrasi 

katta assistenti, O’zR SSVning bosh mutaxassisi 

  



K.Sh.Turdieva - ToshPTI “O’zbek, rus, lotin tillari” kafedrasi mudiri, 

filologiya fanlari nomzodi                      

 

 

 



 

«Oligofreniyalar»  mavzusidagi  o’quv-uslubiy  qo’llanma  tibbiyot  oliy  o’quv  yurtlari  5 

kurs talabalari uchun mo’ljallangan. 

 

 



O’quv-uslubiy qo’llanma ToshPTI MUKda muhokama qilindi. 

2010 «    » ____________ №   bayonnoma  

 

O’quv-uslubiy qo’llanma ToshPTI Ilmiy Kengashida tasdiqlandi. 



2010  «    » _________________№     bayonnoma   

 

 



 

 

Ilmiy Kengash kotibi   



 

 

E.A.Shomansurova 



 



Mavzu: «Epilepsiya» 

 

1. Mashg’ulotni o’tkazish joyi, jihozlanishi 

-  Shahar  klinik  ruhiy  kasalliklar  shifoxonasi  psixiatriya,  narkologiya  va  bolalar 

psixiatriyasi kafedrasi 

-shahar bolalar asab-ruhiy kasalliklar markazi. 

-  ko’rgazmali  qurollar,  tarqatma  materiallar,  tashhis  va  davolash  standartlar, 

patopsixologik testlar, tematik bemorlar. 



2. Mashg’ulotning davomiyligi. 

- 4 soat 



3. Mashg’ulotning maqsadi 

- epilepsiya kasalligi, uning klinik ko’rinishi to’g’risida umumiy bilim berish; 

- epilepsiya kasalligining tasnifini berish; 

- epilepsiya kasalligini erta tashhislashni o’rgatish; 

-  epilepsiya  bilan  og’rigan  bemorlarni  davolashda  antiepileptik  preparatlarni  ta’sir 

mexanizmlari to’g’risida tushuncha berish; 

- epilepsiya bilan og’rigan bemorlar reabilitatsiya tamoyillarni bilishni o’rgatish. 

Vazifalari: 

Talabalar bilishi lozim:  

- epilepsiya kasalligini klinik tashhisini qo’yish;  

- boshqa ruxiy kasalliklar bilan qiyosiy tashhisot o’tkazish.  

Talaba bajara olishi lozim:  

Amaliy  ko’nikmalarni  bajarish  -  bemor  shikoyatlarini,  anamnestik  ma’lumotlarni 

yig’ish;  bemorni  klinik  tekshiruvdan  o’tkazish;  taxminiy  tashhis  qo’yish  uchun  asosiy 

anamnestik  va  klinik  belgilarni  ko’rsatish;  paraklinik  tekshirish  uchun  reja  tuzish; 

shoshilinch holatlarda yordam ko’rsatish. 

 

4. Mavzuni asoslash  

Epilepsiya  –  surunkali  polietiologik  asab-ruhiy  kasallik  bo’lib,  ko’pincha  bolalik 

va  o’smirlik  davrda  boshlanadi  va  paroksizmal  buzilishlar,  hissiy-irodaviy  doirasidagi 

shaxs  o’zgarishlari  bilan  ifodalanadi.  Shuning  uchun  epilepsiya  kasalligini  oldini  olish 

bolalik  davrdan  boshlanadi  va  bu  kasallik  nafaqat  tibbiy,  balki  muhim  ijtimoiy 

muammodir.

 

Epilepsiya  kasalligining  klinikasini  bilish,  ayniqsa  uning  boshlanish 



darajasini  aniqlash,  umumiy  amaliyot  shifokorlari  uchun  keraklidir,  chunki  epilepsiya 

bilan  kasallangan  bemorlar  ko’pincha  uning  dastlabki  belgilari  paydo  bo’lganida  ushbu 

shifokorlarga murojaat qiladilar.

 

5. Fanlararo va fan ichidagi bog’liqlik 



 Taqdim  etilayotgan  mavzuni  o’qitish  talabalarning  patologik  fiziologiya,  tibbiy 

genetika,    farmakologiya  bo’yicha  bilimlariga  asoslanadi.  Dars  davomida  olingan 

bilimlar,  yangiliklar  va  natijalar  nevrologiya,  ambulator  tibbiyot  yo’nalishida  kerak 

bo’ladi.  



 

 

6. Mashg’ulot mazmuni: 

6.1. Nazariy qismi 

 

 



Epilepsiya  –  surunkali,  ko’plab  etiologik,  asabiy-  ruhiyati  bilan  bog’lik  bo’lgan 

yagona patogenezi doirasidagi, ko’pincha bolalik va o’smirlik yoshida paydo bo’ladigan 

hamda paroksizmal talvasaga tushish, changak tortib qolish va ozmi – ko’pmi ko’rinishda 

shaxsda uchraydigan kasallikdir. 

MKB -10 - rozi – epilepsiyaG40-47.O’z ichiga oladi: 

G40 – Epilepsiya (MKB 10 -5-bob”Nerv tizimi kasalligi”); 

G41- Epileptik status(MKB 10 -6-bob) 

F02-F07-Epilepsiyada psixik buzilish(MKB 10 -5-bob”Psixik va xatti-harakat 

buzilishlari”); 

F80.3-Landau-Kleffner sindromi(MKB 10 -5-bob). 

 

 

Epilepsiya  bilan  kasallanishning  o’rtacha  darajasi  dunyoning  turli  mamlakatlari 



bo’yicha aniqlangan  hisob – kitoblarga  ko’ra aholi soniga  nisbatdan har 1000  kishiga 5 

holat  to’g’ri  keladi,  umumiy  bolalarga  nisbatdan  esa  qachondir  talvasaga  tushgan, 

tutqanoq  tutgan  bolalar  tahminan  4  marta  ko’pdir  (Kreyndler).  Bu  kasallikning 

boshlanishining 70-80 foizi bolalik  va o’smirlik  yoshiga to’g’ri keladi. Bolalikda paydo 

bo’lgan  epilepsiya  kattalarda  uchraydigan, epilepsiya kasalligining  kelib chikishiga asos 

bo’ladi.  Kattalarda  uchraydigan  epilepsiyaning  oldini  olish  bolalarda  uchraydigan 

epilepsiya kasalligining oldini olish va proffilaktik ishlarni olib borishdan boshlanadi. 

 

Bolalikda  uchraydigan  epilepsiyani  davolash  kattalardagi  epilepsiyani  to’la 



yo’qotolmasa ham, har holda ma’lum darajada chastotasini kamaytiradi, umumiy ma’lum 

bo’lganidek, epilepsiyani keltirib chiqarish holatlari kattalarda kamroq bo’ladi. 

 

Shunday  ekan,  bolalardagi  epilepsiya  faqat  tibbiyotdagina  emas,  balki  ijtimoyi 



sohadagi muhim muomalardan hisoblanadi. 

 

Epilepsiya klinikasini bilish, ayniqsa uning boshlanish darajasini  aniqlash, nafaqat 



nevropatolog va psixiatr vrachlar, balki poliklinikada  ishlovchi barcha vrachlar bilishlari 

kerak,  chunki  epilepsiya  bilan  kasallangan  bemorlar  ko’pincha  uning  boshlanishi 

dastlabki ko’rinishi paydo bo’lganida uchastka vrachiga murojaat qiladilar. 

 

Epilepsiyaning har xil ko’rinishlari masalasida turlicha fikrlar mavjud. 



 

Ko’plar gendan, ya’ni avloddan, yoki essentsial epilepsiya, bunga tashqi holatning 

ta’siri  bo’lmasa  ham  rivojlanadi,  deyishadi.  Demak,  bunday  ko’rinishda  avloddan 

avlodga o’tishi mumkin, deb xisoblanadi. 

 

Shu  bilan  bir  qatorda  etiologik  faktorlarga  bog’liq  bo’lmagan  holda  miya 



faoliyatining  buzilishi,  meningit-entsefalit  asorati  va  shikastlanish  oqibatida  va  boshqa 

sabablarga    ko’ra  paydo  bo’lishi  mumkin.  Xozirgi  paytda  avloddan-  avlodga  o’tish 

epilepsiyasi  bilan  simptomatik  fokal  epilepsiyani  bir-biriga  qat’iy  qarama-qarshi 

quyishdagi tizim yo’qolib, ma’lum bir ko’rinish aniqlandi. 

 

Bu 


ko’rinish  S.N.Davidenkoning  ta’riflashicha:  “epilepsiyaning  hamma 

ko’rinishlarini  bir  qatorga  qo’yish  mumkin,  bir  tomonidan  faqat  avloddan-  avlodga 

o’tishdan  paydo  bo’lgan  holatda,  ikkinchi  tomonda  ommaviy,  aniq  ko’rinishdagi 

ekzogeniy  holatdagini.  Epilepsiya  tushunchasi  alohida  kasallik  sifatida  o’z  kuchida 

qoladi,  klinik  aniqlashning  vazifasi  esa  generalizovan  epileptsiyani  fokal  epilepsiyadan 

qat’iy ajratish  emas, balki  epilepsiyani ozmi- ko’pmi  miqdordagi boshqa kasalliklardan, 

miyaning  shishishi  yoki  qorin  bo’shlig’idagi  infektsiyalar  va  hokozalar  ham  tutqanoq 

tutishiga sabab bo’lishi mumkin.” 



 

 



Epilepsiya  nomi  grekchadan  olingan  so’z  bo’lib  “  epilepsus”  ya’ni  “qamrab 

olaman”, - degani. Bu  kasallikning  asosiy belgisi tutqanoq tutish eski ruscha nomlanishi 

”yiqilayotgan kasallik”. 

 

Tutqanoq tutishi, talvasaga tushish epilepsiyaning patologik ko’rinishi bo’lsa ham , 



u  birdan  bir  ko’rinishi  emas,  hatto  u  bu  kasallikning  shart  yoki  albatta  bo’lishi  lozim 

bo’lgan ko’rinishi emas. 

Epilepsiyaning  klinik  paydo  bo’lishini,  davomiyligini  xarakteriga  ko’ra  ikki 

guruhga ajratish mumkin. 

Birinchi guruh – ayni bir vaqtda keskin paydo bo’lib, qisqa vaqt ichida bo’ladigan 

tutqanoq, ya’ni epileptik paroksizmlar. 

Ikkinchi  guruh  –  doimiy,  ta’sirlaganda,  zehn  –  farosat,  kasalning  shaxsiy 

holatlarida o’zgarish bo’lganida. 

Har bir guruhni kasallik belgilariga ko’ra alohida ko’rib chiqamiz. Hozirgi paytda 

epileptik paroksizmning umumqabul qilingan klassifikatsiyasi yo’q. 



Epilepsiya va epileptik sindromlarni xalqaro 

 tasnifi (1989,Nyu-Deli)  

1.

 



Maxsus ixtisoslashgan shakllari (o’choqli,fokal,lokal,partsial) 

 

Idiopatik (yoshga bog’liq bo’lgan debyutlar); 



 

Simptomatik (tanish etiologiyali va verifitsirlangan morfologik buzilishlar); 

 

Kriptogenli. 



2.

 

Epilepsiyani generallashgan shakllari 



2.1. Idiopatik (yoshga bog’liq bo’lgan debyutlar); 

 2.2. Kriptogen va/yoki simptomatik; 

2.3. Simptomatik. 

3.Epilepsiya shakllari,aniq tasnif kerak bo’lmagan xuddi partsial yoki  

 generalashgan. 

4. Maxsus sindromlar. 

 

Xalqaro epilepsiya birlashmasida qabul qilingan Vena klassifikatsiyasini ko’pgina 



olimlar  e’tiroz  qiladi.  Biz  hisoblaymizki,  Lennoks  (1960)  tomonidan  ishlab  chiqilgan 

klassifikatsiya tajribada qo’llashda eng o’ng’ay va omadlisidir.  

Hamma  turli  ko’rinishdagi  epilepsiya  orasida  ta’sirchan  yirik  tutqanoq  tutish 

(grandmal).  Oldindan  xabar  berilish    belgilari.  Yirik  tutqanoq  tutishdan  oldin  bir  necha 

soat yoki kun oldin har xil ko’rinishda funktsional buzilish holatlari ko’rinishida oldindan 

xabar  beriladi.  Qon  aylanish,  nafas  olish,  uyqu,  tanadagi  moddalar  almashuv  yuqori 

bo’lishi, oshqozon buzilishi va oligouriya. 

Ayniqsa, ruhiy holatdagi o’zgarishlarda ko’rinadi: kuchli bezovtalanish yoki hech 

narsaga  aralashmaslik,  qaltirash  kayfiyati,  ta’sirlanishning  kuchayishi,  hayratlanish, 

eksploziv va shiddatlilik. 

Aura – epileptik yiqilishning boshlang’ich fazasi, hushdan ketish, bu haqda kasalda 

xotira  qolishi  mumkin  va  ta’riflay  oladi.  Bu  faza  juda  qisqa  vaqt  ichida  bo’ladi.  Aura 

majburiy  emas,  lekin  60-70%  holatda  kuzatiladi.  Auraning  hamma  aniq  ko’rinishlarini 

birga-bir ko’rsatib o’tish imkoni  yo’q.. Ba’zi kasallar qorinda paydo bo’lgan kuchlanish, 

boshqalari  hech  qachon  his  kilmagan  huzur  –  halovat  (Dostoevskiyning,  “Idiot”idagi 

ko’rsatilganidek).  Aura  murakkab  ko’z,  eshitish  va  boshqa  gallyutsianator  kechinmalar, 



 

gavdaning  tuzilishidagi  asabiylashish  (favqulodda  engillik  yoki  oriqlash  va  hokozalarga 



ko’ra).  Aura  sifatida  murakkab  ruhiy  zo’riqish  holatida,  ya’ni  avvaldan  ko’ringandan 

hayajonlanish  yoki  “hech  qachon  ko’rinmaganning  takrorlanishidan  tashvishlanib 

takrorlanish  mumkin.  Aura  tutqanoq  tutib  yiqilish  darajasida  kuzatiladi,  uning 

simptomlari  tutqanoqning  keingi  bosqichlarida  rivojlanmasligi  mumkin.  Aura  epileptik 

o’choqni aniqlashda va tashhis qo’yishda ahamiyatga ega. 

Auradan  keyin  tutqanoqning  tonik  fazasi  keladi.  U  to’liq  hushidan  ketish, 

boshlang’ich  qichqiriq,  ya’ni  tutqanoq  tutishdan  oldin  havo  nafas  yo’lini  qisqatiradi. 

Kasal odatda, oldingi tomonga yiqiladi, ko’pincha jarohatlanadi, biron a’zosi sinadi yoki 

chiqadi.  Bosh  orqaga  qayriladi  ,  ko’z  katta  ochilgan,  nazari  harakatsiz.  Gavdasi 

kuchlanishli,  qo’l  barmoqlari  mushti  tugilgan  bo’ladi.  Dastlabki  oqarish  tsianoz  bilan 

almashadi. 

Tonik faza 10-30 sekund davom etganidan keyin 1-2 minut  klonik faza keladi. U 

gavda qismi va a’zolarining ketma-ket bukilib yoki yozilib turishi, nafas yo’lida xirillash 

va boshqa ko’rinishlarda bo’ladi. 

Harakatdagi kuchlanish ko’pincha chuqur va og’ir nafas olish bilan yakunlanadi. 

Tutqanoqli  yiqilishdan  keyin  kasal  odamda  yana  bir  necha  minut  es-hushi  tiniq 

bo’lmagan  holatda  bo’ladi.  Ba’zi  kasallar  yiqilganidan  so’ng  o’ziga  kelganidan  keyin 

darhol  turib  o’zining  ishini  davom  ettiradi,  boshqalar  esa  10-20  minut  chuqur  uyquga 

ketadi. Tutqanoq tutib yiqilgandan so’ng  uning to’liq amneziyasi boshlanadi. 

Bolalarda generalizovan yirik tutqanoq epilepsiya formasida tez-tez  uchrab turadi. 

Uch  yoshgacha  bo’lgan  davrida  huruj  xarakterlikdir,  gavdaning  yarmini  qamrab  oladi, 

tonik fazani qamrab olgan holatda. Alohida ko’rinishdagi yana bir holati, bolaning  boshi 

bir tomonga buriladi yoki butun gavdasi o’ng yoki chap tomonga qaragan bo’ladi. 

Uch  yoshdan  katta  bolalarda  esa  yirik  qaltiroq  kattalarda  bo’ladigan  hurujni 

eslatadi.  Aura  kattalarga  qaraganda  bolalarda  kamroq  bo’ladi.  Bolalarda  qaltiroq 

qichqirish bilan emas, ingranish, va  hushdan ketishi bilan boshlanadi, undan keyin tonik 

faza  keladi.  Bu  faza  (odatda,  uzoq  davom  etadi)  tomirlarning  intensiv  tonik  qisqarishi 

bilan  xarakterlanadi.  Bolalarda  tonik  fazadan  klonik  fazaga  o’tish  jarayoni  aniq 

ifodalanmaydi.  Klonik  fazada    tutqanoq  tutishi  generalizovan  holatida  va  ritmik 

xarakterda,  ko’pincha  lokalizatsiya  boshlanishi  ko’rinishiga  ega.  Epileptik    huruj  bir 

necha sekundga cho’ziladi, kamdan-kam bir necha minut bo’ladi. 

Kichik  tutqanoq  (petit  mal)  katta  tutqanoqqa  o’xshagan  tipik  holatlardan  ajratib 

turadi, lekin bunda simptomatlik polimorfizm ko’pdir. 

Absans  tutqanoq  hurujining  oddiyroq  ko’rinishdir.  U  birdaniga  qisqa  vaqtda 

ko’rinadi (bir necha sekundgacha) va to’liq hushdan ketishiga olib keladi. Kasal soviydi, 

lekin  yiqilmaydi,  gavdani  tutqanoq  huruji  boshlanishidan  oldingi  holatda  tutib  turadi. 

Huruj  ba’zida  avtomatik  xususiyatda  ojiz  ko’rinishda  (masalan,  kasal  barmoqlarini 

harakatga keltiradi va labini qimirlatadi). 

Absans  huruji  qanday  tez  boshlangan  bo’lsa, shunday  tez  tuxtaydi.  Kasal  esa  o’z 

faoliyatini hech narsa bo’lmagandek davom etiradi, u nima yuz berganini bilmaydi.  

Absanslarning  bunday  ko’rinishi  bolalar  yoshida  kichik  hurujning  tez 

takrorlanadigan  ko’rinishi  emas.  Ko’pincha  bolalarda  kichik  hurujlar  guruhiga  kiruvchi 

triada, deb nomlangan hurujlar uchraydi. 

Bunga qo’yidagilar kiradi: 



 

a)  Propulsiv  kichik  hurujlar.  Absanslarga  o’xshagan  qisqa  muddatli,  xotirani 



butunlay  yo’qotadi,  ular  turli  harakatlanish  ko’rinishida,  gavdaning  butunligicha  yoki 

qisman  olg’a    intilishga  olib  keladi.  Propulsiv  hurujlar  guruhini  “salaamov”,  “yashin 

tezligida”, “kivatel”, va “astatik”ga ajratiladi. Salaamov huruji oldidan bolaning boshi va 

gavdaning yuqori qismi sekin tonik hurujdek oldinga egiladi, tomirlar atrofga va yuqoriga 

harakatlanadi,  yashin  tezligidagi  hurujdan  intensivligi  bilan  farqlanadi.  Shunday  vaqtda 

harakatlanish  tez  va  birdaniga  yuz  beradi.  Yotganda  bosh  ko’tariladi,  o’tirganda  esa 

kutilmagan paytida oldinga egiladi. 

Astatik yoki akinetik huruj oldidan kasal bir necha daqiqaga xushidan ketar ekan , 

tomirlari bo’shashadi, lekin tezlikda yana ko’tariladi. 

Yuqorida  ko’rsatib  o’tilgan  hurujlar  bolalik  yoshining  ilk  davriga  to’g’ri  keladi, 

ko’pincha bir yoshlarda yuz beradi. U yuqori chastotada xarakterlanadi. 

b)  Retropulsiv  kichik  hurujlar  ko’pincha  6-7  yoshlarda  bo’ladi,  16-17  yoshdan 

keyin ham uchraydi. Umumiy ko’rinishlari: yuqori chastotali (20 dan 100 gacha va undan 

ham yuqori, davomiyligi (2-4 daqiqa), asosiy belgilari (ko’z olmasi yuqoriga qaraydi, shu 

holatda  ba’zan  ritmik  harakati  vertikal  yo’nalishida  bo’ladi).  Bosh  tez-tez  orqaga 

tashlanadi, gavda orqa tomonidan, yoki butun gavda orqadan harakatlanib, egiladi. 

Hozirgi  paytda  ko’pgina  mualliflar  bunga  piknolepsiyani  qo’shadilar,  absans 

hurujlar  tipini,  epileptik  kasallikka  qarshi  davolashda  o’zgarish  yo’qligi,  samara 

bermaganligi uchun ba’zan bemor tuzalishiga olib keladi. 

v)  Impulsiv  (yoki  mioklonik)  kichik  hurujlar  asosan  bolalik  va  o’smirlik 

rivojlanish davrida bo’ladi. Impulsiv huruj tashqi tomondan qaraganda kuchli qo’rquvdan 

birdaniga  qaltirashni  eslatadi.  Bunday  holatda  qo’llar  tez  harakat  bilan  ochilib  yopiladi, 

unda  mavjud  bo’lgan  narsalar  otilib  ketadi.  Agar  kasal  yiqilsa,  yashin  tezligida 

yiqilganidek,  ko’pincha  shu  zahoti  o’rnidan  turadi.  Odatda  qator  itarishlar  ketma-  ket 

keladi, ba’zan yangi holatda bo’ladi. 

Mayda hurujlarning hamma ko’rinishlari og’riq qo’shilishi bilan murakkablashadi 

yoki  kichikroq  holatda  (chaynalish,  yutinish,  ovoz  chiqarish  va  boshqa  oddiy 

harakatlarda). 

Kichik  hurujlar  triadasining  har  bir  shakli  klinik  ko’rinishda  va  oqimda  o’z 

xususiyatiga  ega.  Propulsiv  shaklda  ko’proq  qo’pol  nevrologik  buzilish  va  qisman 

psixikaning  to’liq  rivojlanmaganidan bo’ladi. 

Mioklonik  hurujda  qo’pol  asabiylik  uchramaydi,  lekin  epilepsiya  uchun  xos 

bo’lgan xotirani yo’qotish va boshqalar yuzaga keladi. 

Retropulsiv shakldagi kichik huruj ruhiyatdagi nohushlik ta’siri bilan ajralib turadi, 

bunda  uzoq  davom  etgan  kasallik  natijasida  shaxsning  holatida  o’zgarish  bo’lishi 

mumkin. Qattiqroq  chastota razryadlari, yuqorida ko’rsatib o’tilganidek, keng miqyosda 

bo’lishi mumkin. 

Qattiqroq  huruji  ketma-ket  kelgan  paytda,  hatto  kichik  to’xtashi  bo’lganida  ham 

hotirani  yo’qotish  to’xtamaydi.  Epileptik  status  ko’p    soatda, ba’zan  esa  bir  necha  kun 

davom  etishi  mumkin.  Og’ir  komatoz  holati  rivojlanadi,  gavda  harorati  ko’tarilib  40 

darajagacha etadi, siydikda oqsil paydo bo’ladi, yurak faoliyati buziladi. 

Status  davomida  miyaning  o’tkir  shishi  bo’ladi.  Bo’larning  barchasi  bemor  o’z 

vaqtida  davolanmasa,  hayoti  uchun  havflidir.  Statusdan  so’ng  davolanish  jarayoni  og’ir 

kechadi, terapiya uncha samara bermaydi, ba’zan asablarning buzilishiga olib keladi. 



 

Kichik hurujlar ham status shaklida bo’lishi mumkin. 



Paroksizmal  qaltiroqqa  psixomotor  va  psixosensor  hurujlar  ham  kiradi.  Ular 

ososan  lokalizatsiya  epilpeptiyagen  o’choqda  aniqlanadi.  Odatda  psixomotor  huruji 

xotiraning  qorong’lashishi  va  keynchalik  amneziyaga  olib  kelish  xususiyatiga  ega. 

Hulqning  buzilish  hech  bir  maqsadsiz  harakatlanish  stereotip  xatti-harakat,  masalan, 

kiyimlarni taxlab qo’yish, qo’lni artish, atrofdagi  jihozlarini maqsadsiz tartibga keltirish. 

Boshqa hollarda bolalar chapak chaladi, turli so’zlar  aytadi, maqsadsiz kuladi, qaergadir 

borishni, yugurishni istaydi. Hurujning davomiyligi 1-3 minut. 

Psixomotorli  hurujda  bemor  gavdasini  vertikal  holatda  aylantiradi.  Vaqtincha 

chaynaladi,  so’lak  chiqishi,  tamshanish,  yutinish    yuz  beradi.  Tashqaridan  qaraganda, 

bemor  ovqatning  ta’mini  tatib  ko’rgandek  ko’rinadi.  Huruj  hotiraning  qorong’ilashishi 

ko’rinishida bo’ladi. Psixomotor huruji bolalarda tez-tez uchrab turadi. 

Psixosensor  huruj  esa  bolalarda  kattalarga  qaraganda  kam  uchraydi.  Psixosensor 

paroksizm  klinik  ko’rinishiga aura,  epigastral, kardinal va vistseral  xususiyatlarda ruhiy 

kechinmalar kiradi. 

Shuningdek,  ba’zan  bolalarda  uchraydigan  dientsefal  epilepsiyani  eslatib  o’tmoq 

lozim.  Dientsefal  epileptik  huruj  vositalari  avvalo  turli  hayajonlanish,  yurak  va  nafas 

yo’llarining ritmi buzilishi, termoregulyatsiya, gipergidrozom, poliuriya va boshqalarning 

buzilishidan  paydo  bo’ladi.  Huruj  harakatdagi  hayajonlaning  majburiy  qilish,  yig’lash 

hamroxligida  bulish  mumkin.  Bunday  paytida  xotira  chukur  buzilmaydi  yoki  umuman 

buzilmaydi.  Epilepsiya  bilan  og’rigan  bemorlarda  aytib  o’tilgan  paroksizmal 

hayajonlanish  bilan  bir  qatorda  ruhiy  ekvivalentlar  ham  kuzatilish  mumkin.  Bu  turli 

jihatdan ruhiyatning  hayajonga tushishi  natijasida hurujlar o’rtalig’ida yuz beradi. Huruj 

ekvivalenti,  deb  shunga  aytadilarki,  u  o’zining  kutilmaganda  tezligi,  epizodikligi 

jihatidan qattiqroq hurujni eslatadi, ba’zan uni almashtirilgandek bo’ladi. Yosh bolalarda 

ular  kattalarga  qaraganda  kam  uchraydi.  Psixik  ekvivalentlarga  disforiya,  xotiraning 

......holatni keradi. 

Disforiya-xotiraning  epileptik  hayajonlanishi,  u  bir  necha  soatdan  bir  necha 

kungacha  davom  etadi.  Bemor  qo’pol,  jirkanch,  hayajonli,  havotirli,    kamdan  -kam 

xafaqon , ipoxondrik shikoyatli va o’z joyiga qasd qilishga  urinish  holatlari kam bo’lsa, 

ham  uchraydi.  Gohida  kayfiyati  yuqori  bo’lgan  holda  uchraydi.  Ba’zida  epilepsiya 

qo’rqish  holatida  xush  o’zgargan  tusda  bo’ladi  (o’jarlik  qilish,  surbetlik,  qahrlilik, 

odatdan  tashqari  harakatlanish,  uyatsizlik).  Epilepsiya  bilan  kasallangan  bemorlarda 

xotiraning  xiralanishi  holati  turlicha  bo’ladi.  Bolalarga  va  o’smirlarda  xotiraning 

xiralashishi uyquda yurish va fug holatida tez-tez uchraydi. 

Somnambulizmda  (uyquda  yurish)  bemor  tunda  turadi  va  uyg’onmasdan  xonada 

yuradi,  ba’zan  xonadan  chiqadi.  Bir  necha  minutdan  keyin  bemor  qaytib  o’z  o’ringa 

yotadi. Bemor o’zining holati harakatlarini boshqalardan eshitib bilib oladi. 

Epileptik  fug  jarayonida  bolalar  birdaniga  uydan  chiqib  ketadilar  va  tentirab 

yuradilar. 

Tartibga  solingan  xiralashish  holatida-transda  bemorlar  murakkab  harakatlarni 

bajaradilar,  tashqaridan  qaraganda  tartibli  ko’rinadi,  zarur  bo’lmagan  tomonga  ketish, 

biron erga, ba’zan uzoq sayohatga jo’nab qaytish. Bemorlar ba’zi darajada atrofga qarab, 

qaerdanligini  belgilab  oladi,  shuning  uchun  ular  atrofdagilarning  diqqatini  tortmaydilar. 

Xotira xiralashishi holatining boshqa va  klinik ko’rinishda ruhiy hayajonlanish egallaydi. 



 

10 


Gallyutsinatsiya  xususiyatlari:  o’t, qo’rqish, birovga  tashlanish,  qo’rqinichli  ko’rinishda 

bo’ladi.  Bemorlar  ba’zida  favqulodda  havfli  ko’rinishda  bo’lishi  mumkin,  gohida 

epilepsiya bilan kasallangan bemorlar xuddi shunday holatida eng og’ir jinoyatlarni sodir 

qiladilar.  O’ldirish,  yirtish  va  boshqa  harakatlarga  ingtiladilar.  Bemorlar  duch  kelgan 

narsalar  bilan  himoyalanadilar,  eshiklarni  to’sadilar,  stul  bilan  siltanadilar,  derazaga 

chiqib  oladilar.  O’z  joniga  qasd  qilishga  harakat  qilish  hollari  uchraydi.  Ruhiy 

kechinmalarda vaqtida xususiyatlidir. 

Paroksizmal, shuningdek, qisqa va o’tib ketadigan ruhiy holatda epilepsiya barcha 

ruhiy  kechikmalarni  chiqarib  tashlamaydi.  Bu  kasallik  ko’pincha  hollarda  ruhiy 

buzilishni rivojlanitiradi. 

Bu epilepsiya progredient kasallanish sifatida o’rganishga asos bo’ladi. 

Epileptik  jarayon  dastlab  xarakter  yadrosiga  tegmasligi  mumkin,  ruhiy  holatlarini 

o’zgartiradi,  qayg’urish  va  intilish  reaktsiya  va  xulq-atvorning  o’zgarishida  sekinlik  va 

boshqalar.  Bemorlar  asta-sekin  harakatlanish  qobiliyatini  yo’qotadi,  yuqoriga 

ko’tarilishda  qiynaladi,  oshirib  gapirishga  moyillik  paydo  bo’ladi,  maydachi,  pedantlik 

xususiyatga  ega  bo’ladi.  Hayajonlanish  oqibatida  muloqatda  egoizm,  o’zining  haq 

ekanligiga  ishonch  hosil  qilish,  yuqori  taassurat  va  hayajonlanish,  o’ch  olish  hamda 

shijoatlanish o’zining sog’ligi uchun ko’proq qayg’urish va umuman shaxsiy farovonlikni 

o’ylashi.  Ko’pgina  bemorlar  kasallikning  keyingi  bosqichlarida  o’zlarining  yaqin 

qarindosh    urug’larining  vafotiga  ajablanarli  darajada  unga  qayg’urmaydilar.  Bemorlar 

bunday paytda o’zlarining sog’ligiga diqqat bilan qarasalar ham. 

Bemorlik  jarayonida  payda  bo’lgan  alomatlar  asta-sekinlik  bilan  avvalgi  ruhiy 

kechinmalarni  siqib  chiqara  boshlaydi.  Bemorlar  xarakteriga  qarama  -qarshilik  xos,  shu 

zahoti  hisoblashish  va  g’azabga  kelib,  qo’pollik  qilish  hamda  foydalanish.  Epilepsiya 

bilan  kasallangan  bemorlar  mayda-chuydaga  katta  e’tibor  beradi.  Bemorlar  ko’pincha 

yovuz  xotirali,  shu  bilan  birga  ozodalikni  yaxshi  ko’radilar,  o’z  jihozlariga  o’rganib 

qolgan  bo’ladilar.  Ko’pincha,  ular  mehnatsevar  bo’lishadi,  ko’p  vaqlarini  bironta 

murakkab bo’lmagan  ishga sarflaydilar, hamma narsaning  mayda-chuydasigacha  e’tibor 

berishadi.  Ayniqsa,  epilepsiya  vaqtida  o’y-fikrlashdagi  buzilishlar  xususiyatlidir. 

Bemorning   o’y-fikrlashdagi sekinlashadi, tor doirada bo’ladi.  Epilepsiya bilan og’rigan  

bemor  ko’p  so’zlaydi,  kerak  bo’lmagan  so’zlarni  gapiradi,  mayda-chuydaga  to’xtaladi. 

Fikrlash  tor  doirada  bo’lib,  yangi  fikrga  o’tishi  qiyin  kechadi.  Epileptiklarining  nutq 

darajasi  sekin,  bir  xil  ba’zida  tiniq,  erkalovchi  tusda  bo’ladi.  Bemor  vrach  bilan    uzoq 

vaqt  axamiyatsiz  hodisalar  to’g’risida  suhbatlashadi,  o’z  fikr  mulohazasini  keyinchalik 

ifodalay  olmaydi.  Uy-fikri  bo’yicha  suhbat  boshlasa,  boshqa  tomonga  o’y-fikrini 

o’zgartirish qiyinroq bo’ladi. Affekt kumulyatsiyasiga moyillik seziladi. 

Bemorlik  davrida  ko’rib  o’tilgan  xususiyatlar  kuchayadi,  unga  xotiraning 

ojizlanish  qo’shiladi.  U  xotira  yomonlashganligi,  intellektual  qobiliyatlilik  kamayishda 

ifodalanadi. 

Logik fikrlash qobiliyati kamayadi,  fikrlash konkretlanadi. Professional  tajriba va 

qiziqish kamayadi. 

Epilepsiya  bilan  og’rigan  bolalarda  hamisha  ham  aytib  o’tilgan  xususiyati, 

individual  o’zgarishlar  bo’lavermaydi.  Bunday  bolalarga  3-4  yoshda  ko’prok  yuqori 

motorik  xususiyatlidir.  Bolalarning  ota-onasi  so’ziga  qaraganda  “bir  minut  ham  bir 



 

11 


paytda  o’tirolmaydi”,  intilish,  qo’liga  tushgan    hamma  narsani  olishga  urinish,  ularga 

qiziqmaslik va faoliyatning natijasiga e’tiborsizlik ularning xususiyatiga xosdir. 

Epileptik  boladagi  hayajonlanish  tez  xafa  bo’lishida  ko’rinadi,  agressiv,  o’ch 

oluvchanlik oddiy sabablardan kelib chikadi. Sabr qilmaslik, ozgina kechikish  yuzasidan 

uning  talabini  qanoatlantirmaslik,  agarda    u  keyinchalik  amalga  oshsa  ham  epileptik 

bolalarda ko’p uchraydi, natijada azoblanishiga, asossiz ravishda atrofdagilar bilan  janjal 

chiqarishiga sabab bo’ladi. 

Uning  diqqatini  boshqa  tomonga  yo’naltirish  qiyin  kechadi,  bola  uzoq  vaqt  bir 

nuqtaga tikilib qoladi, bir xil mashg’ulot bilan shug’ullanadi, muntazam gavdasini silkitib 

turadi. 


Alohida  ta’kidlash  kerakki,  epilepsiya  bilan  kasallangan  bolalarning  ba’zilarida 

asabiylashish  oshgan,  egoizm  kuchaygan,  atrofdagilarni  ta’siriga    beriluvchan, 

erkalanuvchan yoki ortiqcha hotamtoylik xususiyatlari bo’ladi. Ba’zi bolalarda xulq-atvor 

belgilari  kasallik  davomida  bir  xil,  ayrimlarida  esa  qarama-qarshi,  biridan  ikkinchisiga 

tez o’tishi kuzatiladi. Xulq-atvordagi buzilish bir xilda bo’lmasligi xarakterning epileptik 

tizimidagi rang-baranglikni o’z ichiga oladi. 

Epilepsiya  oldidan  bo’ladigan  simptomlarning  xususiyatini  ko’rib  chiqamiz. 

Odatda,  epilepsiyaning  dastlabki  simptomi  qaltirash  huruji.  Bu  fakat  bolalarning 

dastlabki  yoshiga  nisbatdan  to’g’ridir,  chunki  bu  yoshda  epilepsiyani  aniqlash  qiyin, 

sub’ektiv shikoyat bo’lmaydi. 

Maktab  yoshidagi  va  maktab  yoshigacha  bo’lgan  bolalarda  epilepsiyanikng 

boshlanish alomatlari o’rganilganida, epilepsiya qaltiroq huruji boshlanmasidan  oldinroq 

paydo bo’ladi. Epilepsiyaning tutqanoqsiz boshlang’ich davri bir  necha oydan bir necha 

yilgacha cho’ziladi. 

Kasallikni  rivojlanishi  jarayonidagi  dastlabki  bilinadi.  Epilepsiyadan  oldin  uyqu 

buzilishi jihatlari shundan iboratki: 

a) odatdan tashqari yorug’lik 

b) qo’rqish affekti namoyon bo’lishi 

v) uyqu davomiyligning buzilishi, bezovtalanish  

g) tush ko’rishning cho’zilib ketishi 

d) ba’zida uyquni muddatidan o’tkazib yuborishga o’tish, xiralashish holati 

e) ko’rgan tushlari mazmuni xotirasida saqlanib qolishi  

j) shu va boshqa tushlari muntazam takrorlanaverishi. 

Ko’rilgan  tushlari  boshqa  hayajonli  tushlar  simptomi  bilan  uyg’unlashishi 

xarakterli  belgilari  (tushda  gapirish,  tushda  yurish,  yig’lash,  kulish,  tushda  qichqirish) 

umumiy  qaltirash,  bosh  aylanish,  ayniqsa  xotiraning  o’zgarishi.  Bularning  har  biri 

alohida  holatda  epilepsiya  uchun  o’ziga  xos  xususiyati  emas,  ammo  ularning  uygunligi 

epilepsiyaning  dastlabki  alomatlarini  aniqlashga  imkon  beradi.  Epilepsiyaning  dastlabki 

davrida  bosh  og’rigi  ko’pgina  kasallarda  paydo  bo’ladi.  Biroq,  ko’pchilik  kasallarda  u 

intensiv  emas  va  klinik  ko’rinishda  etakchi  o’rin  egallamaydi.  Epilepsiya  oldidan  bosh 

og’rishining  asosiy  farqlanishi  shundaki,  progredientlik  ko’rinishdagi  belgilar 

aniqlanmaydi,  umumiy  jarayonda  o’rin  topgandek.  Shuningdek,  tungi  bosh  og’rig’i 

bo’lmaydi.  Ba’zi  bemorlarda  bosh  og’rig’i  keyinchalik  epileptik  hurujdan  xabar 

beruvchiga aylanadi. 



 

12 


Bolalarda  epilepsiyaning  boshlang’ich  darajasi  kattalarga  qaraganda  ikki  martda 

ko’proq  bo’ladi,  vistsero-vegetativ  paroksizm  kuzatiladi,  qisqa  muddatli  va  ojiz  klinik 

holatda  ajralib  turadi.  Gohida  esa  ular  faqat  vistseral  simptom  bilan  chegaralanadi. 

Masalan, xotirada saqlanib qolgan umumiy muhitda birdaniga qayd qilish ehitiyoji paydo 

bo’ladi va shu zahoti yo’qoladi. Boshqa xolatlarda paroksizm xotiraning o’zgarishi bilan, 

qator vegetativ simptomlardan iborat bo’lib, gohida turli hayajonlanishdan: tonik qaltiroq 

yoki  tomirlarning  bo’shatib  qolishi,  bilmagan  holda  siyib  qo’yish  va  boshqa  holatlar. 

Bolalarda vistsero-vegetativ paroksizmning turli ko’rinishlari shundaki, abdominal xuruj-

qorinda og’riq paydo bo’lishi ba’zida opekular fenomen bilan bog’liq bo’ladi. Bu gohida 

nevropatiya,  glistnoy  invaziya,  ovqat  toksikoinfektsiyasi,  deb  yanglishiladi.  Ajralib 

turadigan belgilari: 

a) ular paydo bo’lishida paroksizmal xarakter 

b) ovqatlanishi va psixogen payti bilan bog’liq emasligi, yo’qligi 

v) qisqa muddatlik (bir necha daqiqa 1-2 minut) 

Kattalarga qaraganda bolalarda generalizovan qaltiroq xuruji, tutqanoq ikki martda 

kam  uchraydi  va  avval    aytib  o’tilgan  holatlarda  kechadi  (tonik  xarakterda,  qisqa 

muddatli). 

Kasallikning  rivojlantirishini  kuzatib,  og’irlashish  chastotasi  va  hurujlarning 

polimorfizmini  aniqlash  mumkin.  Kasallik  hamisha  ham  progredient  holatda 

bo’lavermaydi. Ba’zi hollarda davolanish oqibatida tuzalib ketish mumkin. 

Klinik  xaritada  oldingi  o’rinda  polimorfizm  turadi.  Boshlang’ich  darajasida 

xurujning engil shakllari taqqoslanadi: uyquda paroksizmal hayajonlanish, bosh og’rig’i 

va boshqalar epilepsiya xuruji uchun katta tutqanoqlar oldida xarakterlik emas. 

Kattalarda  uchramaydigan  tonik  qaltirash  va  vistsero-vegetativ  paroksizm, 

bolalardagi  propulsiv  retropulsiv  xurujlar  bosh  miyasining  tula  shakllanmaganligi 

sabablidir. 

Epilepsiya-jiddiy kasallik va tashxos hamisha gumanlidir. Epilepsiya vaqtida o’lim 

ko’pincha  epileptik  status  jarayonida  sodir  bo’ladi,  ayrish  hollarda  bemorlar  hurujning 

o’zida  bug’ilish  va  boshqa  baxtsiz  hodisalarda  halok  bo’lishadi.  Kayfiyatning  og’ir 

buzilishi,  suitsidal  urinishlarga  olib  kelishi  ahamiyat  kasb  etadi.  Kasallik  oqibati  va 

epileptik aqliy zaiflik ko’pgina mualliflar fikriga ko’ra 50% holatda kuzatiladi. Bolalikda 

boshlangan kasallik ko’pincha og’ir aqliy zaiflikka olib keladi. 

Epilepsiyaning  rivojlanishida  alohida  holatda  qanday  faktorlar  ahamiyatli? 

Hozircha bu savolga to’liq javob berish qiyinroq. 

Bolalarda turli paroksizmal holatlar kuzatiladi, qaysiki, ular epileptik xuruj sifatida 

xato tushunish  mumkin. Ikkinchi tomondan epileptik xuruj tabiatan epileptik bo’lmagan 

paroksizm  bilan  anglashilmasligi  mumkin.  Epileptik  xurujni  shunday  qilib  quyiidagi 

paroksizmal turlarga ajratishga to’g’ri keladi. 

Spazmofiliya  xuruji.  Spazmofiliya  mineral  almashinishi  buzilishi  bilan  bog’liq 

holda yuz beradi. Bolalarda 1,5 yoshdan 3 yoshgacha kuzatiladi. Asab tomirlari o’ynashi 

kuchayishi bilan xarakterlidir. Xuruj paytida qo’l panjalari “akusher qo’li” holatida, bosh 

egilgan, yuz tomirlari qimirlab turadi, og’izdan ko’pik keladi. Tajriba ko’rsatdiki, birinchi 

qaltiroq  xuruji  maktaboldi  yoshida  yuz  beradi,  keyinchalik  epilepsiya  xususiyati  borligi 

bilinadi.  Shu  sababli  ko’pincha  uni  spazmofil  yanglishadilar.  Spazmofil  bilan  epileptik 



 

13 


xurujni  ajraytib  olishda  esdan  chiqarmaslik  kerakki,  birinchi  marta  xotirani  yo’qotish 

uncha chuqur bo’lmaydi, yirik xurujga nisbatdan. 

Spazmofil  xuruj  ayniqsa,  ko’pincha  qishning  oxirida  va  bahorda  uchraydi. 

Epileptik xuruj esa yil davomida  yuz beradi. 

Lixoradik qaltirash tana haroratining infektsion kasallik oqibatida tez ko’tarishidan 

paydo bo’ladi. Bu ba’zi qaltirashga moyillik bo’lgan bemor bolalarda uchraydi. Lixoradik 

xuruj  ko’pincha  hayotning  birinchi  yilida  bo’ladi,  ammo  maktaboldi,  gohida  maktab 

yoshida ham yuz beradi. Bunday paytlarda epilepsiya tashhisini qo’yishga shoshilmaslik 

kerak. 

Shuningdek,  alimentar  xurujni  ham  baholash  lozim,  u  emizikli  yoshdan  keyingi 



bosqichgacha  (4-5  yoshgacha)  ichak  infektsiyasi  kasalligi  bo’yicha  davom  etadi.  Miya 

meningiti,  meningoentsefalit,  entsefalitlar  ko’pincha  simptomatlik  qaltirash  xurujini 

keltirib chiqaradi, albatta buni epilepsiya, deb tushunmaslik kerak. 

Boshini sarak-sarak qilish epileptik xuruj sifatida xato tushunilishi mumkin. Ushbu 

spazm bola boshini  ko’tara boshlaganda sodir bo’ladi, shuningdek, boshini qimirlashish 

harakati, ko’z olmasi nistagmoid harakatlanishda bo’ladi. Bunday buzilish boshi vertikal 

holatda  tutish  jarayonida  ushlanib  qolishda,  deb  e’tirof  etiladi.  Harakatlanishdan  xotira 

buzilishi sodir bo’lmaydi, 2-3 yilgacha izsiz yo’qoladi. 

Affektiv  respirator  qaltirash  bolalarda  maktabgacha  bo’lgan  yoshda  uchraydi. 

Affektiv  respirator qaltirash hayajonga tushish ta’sirida paydo bo’ladi, qandaydir qanoat 

hosil  qilmasdan  g’azablanish,  qichqirish,  yig’lashdan  iborat  bo’ladi.  Bolaning  nafasi 

to’xtaydi,  yuzi  oqaradi,  muskullari  tonik  kuchlanadi,  undan  keyin  harakatsizlanish, 

muskullar bo’shashishi yuz beradi, bu holat   

1  minutgacha,  ba’zida  ko’prok  davom  etadi.  Shundan  keyin  bemor  bolaning  xotirasi 

to’liq o’z holatiga qaytadi. 

Epilepsiyaga  qaraganda  obmorok  (behush  bo’lish)  uncha  tez  bo’lmaydi.  Uning 

xarakterli tomoni yuz oqaradi, ter bosadi, tomirlar bo’shashadi. 

Isterik  behushlikda  quyidagi  belgilar  ahamiyatga  ega,  atrofdagilarning  diqqatini 

o’ziga  tortadi.  Ko’z  yoshi,  ingranish,  teatral  ko’rinish,  kulish  isterik  jazava  xarakterli, 

ammo  epileptik  ko’rinish  emas.  Tilni  tishlash,  isterik  xurujda  siydikni  ushlab  qola 

olmaslik  holatlari  bo’ladi.  Xotirani  to’liq    yo’qotish  bo’lmaydi.  Isterik  xuruj  epileptik 

xurujga qaraganda davomiydir. 

Simptomatik  epilepsiya.  Qaltirash  va  qaltirashsiz  epileptiformdagi  xuruj  ko’pgina 

organik  miya  buzilishi  kasalligidan  bo’ladi.  Ular  ko’pgina  bosh  miyaning  shishishi, 

tug’ma  va  nasldan-nasliga  o’tish,  asab  tizimining  buzilishi  kongenital  sifilis  oqibatida, 

gipoglikemik krizis, uremiyadan bo’ladi. 

Miyaning  chegaralangan  organik  buzilishida  xurujni  aniqlash  oddiy  vazifa  emas, 

hamma  holatda  ham  vrach  to’g’ri  tashhis  qo’yishi,  ularning  uyg’unligini  aniqlash, 

anamnezi  chuqur  tahlil  qilish,  psixopatologik,  nevrologik  va  somatik  izlanishlar  qilish 

hamda kasallik yo’nalishini hisobga olib borishi lozim. Shuni ham aytish lozimki, hozirgi 

paytda  paraklinik  usularni  izlanish  epilepsiyaning  maxsus  tomonlari  to’g’risida  bir 

muncha ma’lumot beradi. Shu bilan birga ba’zi kasalliklarni baholashda, epilepsiya bilan 

klinik o’xshashlikni aniqlashda qiyinchilik tug’iladi. 

 


Yüklə 265,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin