O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 017 yil fevraldagi 4947-sonli



Yüklə 3,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/102
tarix07.07.2023
ölçüsü3,05 Mb.
#136078
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   102
Buxgalteriya hisobi nazariyasi

 
 



I-BOB. BUXGALTERIYA HISOBI NAZARIYASI FANIGA KIRISH 
 
1.1.Buxgalteriya hisobining paydo bo‘lishi va rivojlanishi 
Buxgalteriya bu ancha yillardan beri mavjud bo‘lgan tushuncha hisoblanadi. 
Buxgalteriya hisobi nazariyasi izchil o‘zgarishlarni, tafakkur qilinish mavhum 
bo‘lgan tushunchalarni o‘rganadi. Shunday qilib, Buxgalteriya hisobi nazariyasi 
ko‘proq buxgalteriya usullari axborotlarni taqdim etish ko‘lami kabi 
tushunchalarni o‘rganadi. Shuninngdek, buxgalteriya nazariyasi oldindan sezish 
uchun ham xosdir. Bu bobda biz buxgalteriya hisobi nazariyasi fanini tarixiy 
ildizini bilishga harakat qilamiz. Buxgalteriya hisobi rivojlanishi AQShga borib 
tarqaladi. Eramizdan oldingi arxeologlar tomonidan o‘tkazilgan arxeologik 
qazishmalar har doim muvozanat dalillarni topishga harakat qilishgan. Bu esa erta 
sivilizatsiyalarning ochib berishiga harakat qilgan. Arxeologik qazishmalardan shu 
narsa aniq bo‘lganki, yozish, taxmin va arifmetik hisob-kitob oldindan mavjud 
bo‘lgan. Dehqonga ham ovchiga ham buxgalteriya muhim ahamiyat kasb etadi.
Arxeolog o‘rganishlar natijasida qariyb besh ming yil oldin pul muomalasi 
yuzaga kelgani va shoh savdogar Ea-Nosir hisobni “yo‘qolgan savdo” deya ta’rif 
bergani xabar berilgan. Yevropada 2000 yil oldin pul joriy bo‘lgan, Xitoyda 
davlatni mansabdor shaxslari byudjet nazoratini amalga oshirganlar va u bilan bir 
qatorda audit ham rivojlangan.
1
Buxgalteriya hisobi fan sifatida qachon shakllanganligi shu soha vakillarini 
qiziqtirishi tayin. Odatda bu borada uchta javobni uchratishimiz mumkin. 
Birinchisi: buxgalteriya hisobi 3000 yil oldin odamlar jarayonlarni ro‘yxatga 
olishni (natural shaklda) boshlagan paytdan boshlab; 
Ikkinchisi: 500 yil oldin italyan matematigi Luka Pacholining (1445-1515 
y.) “Schyotlar va yozuvlar haqida traktat” kitobining nashrdan chiqishi bilan 
yuzaga kelgan; 
Uchinchisi: 100 yil oldin, buxgalteriya hisobi sohasida birinchi nazariy 
qarashlar paydo bo‘lgan davrdan yuzaga kelgan. 
Shu sababli, bu tortishuvlar haligacha yakuniga yetmagan. Biz uning ilk 
ko‘rinishlari qachon yuzaga kelganligi haqida taxminlar asosidagina xulosa 
chiqarishimiz mumkin. 
Buxgalteriya hisobi fan sifatida shakllanishidagi evolyutsion jarayonning 
sistematik tuzilishini quyida ko‘rishimiz mumkin: 
1
“Accounting Theory” Paper-8 M. Com. (Final)Directorate of Distance EducationMaharshi Dayanand University, 
2004. 23-26 b. 



1-davr.
Naturalistik davr (ushbu davr eramizdan oldingi 4000 yildan bizning 
eraning 500 yiliga qadar bo‘lgan davrni o‘z ichiga olishi olimlar tomonidan 
belgilangan). Ya’ni, bu ilk xo‘jalik jarayonlarining ro‘yxatga olinishi bilan 
xarakterlanadi. Xo‘jalik jarayonlarining ro‘yxatga olinishi esa yangi bir jarayonni 
yuzaga keltirganki bu jarayon qiymat davriga o‘tishni belgilab bergan. 
2-davr.
Qiymat davri. (bizning eraning 500 yilidan 1300 yiliga qadar 
bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi). Ushbu davr pulni o‘ylab topilishi va muomala 
vositasiga aylanishi bilan belgilanadi. Shu paytga qadar xo‘jalik jarayonlari 
naturada o‘lchangan bo‘lsa endilikda unga parallel ravishda qiymatda ham 
baholashga o‘tildi. Qiymat ifodasini yuzaga chiqishi buxgalteriya hisobida 
patrimonal va kameral hisobni shakllantirdi. Patrimonal hisobda mulkka egalik 
birinchi o‘ringa qo‘yilsa, kameral hisobda uning kirimga olinishi yoki hisobdan 
chiqarilishi xarakterlangan. 
Pul patrimonal hisobda qiymat o‘lchovi vositasi sifatida, komeral hisobda
to‘lov vositasi sifatida qaraladigan bo‘ldi. 

Yüklə 3,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin