O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 017 yil fevraldagi 4947-sonli



Yüklə 3,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/102
tarix07.07.2023
ölçüsü3,05 Mb.
#136078
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   102
Buxgalteriya hisobi nazariyasi



 



 
 





 
 
KIRISH 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi 4947-sonli 
Farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini 
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” 
jamiyat hayoti barcha sohalari uchun asosiy dasturamal bo‘lib hisoblanadi. 
Mamlakatni yanada rivojlantirish va rivojlangan davlatlar darajasiga 
yetkazish maqsadida qabul qilingan ushbu hujjatning uchinchi yo‘nalishida 
belgilangan iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari 
borasidagi vazifalar ijrosi tayyorlanayotgan kadrlar sifatiga ham bog‘liqdir. 
Bunday ustuvor vazifani bajarish iqtisodiyotning rivojlanishini zamon talablariga 
moslashtirib, takomillashtirib borishni taqozo etadi. Har bir xo‘jalik yurituvchi 
subyekt o‘z faoliyatining foydalilik darajasini doimo tahlil qilishga va amalga 
oshirilayotgan jarayonlarning hisobini to‘g‘ri tashkil qilishlari zarur. Bu sharoitda, 
buxgalteriya hisobi va tahlilning ahamiyati katta bo‘lib, ulardan yanada unumli 
foydalanish zaruriyati ortib boradi. Chunki, aynan shu sohalar iqtisodiyot 
subyektlarining aytib o‘tilgan talablarning bajarilishida muhim o‘rinni egallaydi. 
Boshqa fanlar kabi “Buxgalteriya hisobi nazariyasi” fani ham o‘z tarixi, 
vazifalari, predmeti, obyekti, usul va uslubiyati hamda tamoyillariga ega. Bugungi 
kunda O‘zbekiston Respublikasining hisob tizimidagi muammolardan biri 
an’anaviy “Buxgalteriya hisobi nazariyasi” fanini amaldagi taraqqiyotga mos holda 
qayta ko‘rib chiqish va zamon talablariga mos holda takomillashtirishdir. 
“Buxgalteriya hisobi nazariyasi” fani buxgalteriya hisobining asosiy nazariy 
qismi bo‘lib, unda buxgalteriya hisobining jamiyatdagi o‘rni, ahamiyati, vazifasi, 
predmeti, obyekti, tamoyillari, usullari va boshqa o‘ziga xos xususiyatlari 
o‘rganilsa, “Buxgalteriya hisob” va “Moliyaviy hisob” fanlarida buxgalteriya 
hisobining tamoyillari, usullari amaliyotda qanday qo‘llanishi o‘rganiladi. 
“Buxgalteriya hisobi nazariyasi” fani nafaqat buxgalteriya hisobi tizimi uchun 
balki, barcha iqtisodiy fanlar uchun ham nazariy manba hisoblanadi. Ayniqsa 
iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida barcha ma’muriy-boshqaruv xodimlari va 
ishchi-xizmatchilari iqtisodiy tushuncha hamda jarayonlar to‘g‘risida ma’lumotga 
ega bo‘lishi kerak. Bunday iqtisodiy tushuncha hamda jarayonlar mazmuni 
“Buxgalteriya hisobi nazariyasi” fanida ko‘rib o‘tiladigan usul va tamoyillar orqali 
ifodalanadi. 



Buxgalteriya hisobi fani aniq, qiziqarli, tortishuvli va muammoli fanlardan 
biri hisoblanadi. Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra buxgalteriya hisobini tashkil qilish 
va takomillashtirish borasida to‘rtta yirik davlat: italyan, fransuz, nemis va angliya-
amerika maktablari mavjuddir. Buxgalteriya hisobining tashkiliy jihatlari borasida 
bu maktablarning qarashlari bir-biriga o‘xshamaydi. Ularning ta’limotlariga ko‘ra 
buxgalteriya hisobi fanining asosi ham har xil talqin qilinadi. Masalan, italyan 
maktabi vakillari buxgalteriya hisobi fanining asosini algebra va huquq, fransuz 
maktabi vakillari siyosiy iqtisod, nemis maktabi vakillari matematika, angliya-
amerika maktabi vakillari psixologiya deb qaraydilar. Shu sababli buxgalteriya 
hisobi fanining vazifasi, predmeti, obyekti, usul va uslubiyoti, tamoyillari hamda 
tarkibiy tuzilishi borasidagi ularning qarashlari turlichadir. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 
tasdiqlangan fanninig o‘quv dasturi asosida talabalar uchun “Buxgalteriya hisobi 
nazariyasi” fani bo‘yicha nashr etilgan ushbu o‘quv adabiyoti xorijiy tajribalarni 
inobatga olib ilk marotaba tayyorlangan. Shu bois o‘quv qo‘llanmani mazmunan 
boyitish va sifatini oshirish bo‘yicha bildirilgan fikr, mulohaza va takliflar uchun 
oldindan minnatdormiz. 

Yüklə 3,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin