8-mavzu. Estetika nazariyasi Reja: Estetik anglash tushunchasi va uning individual xarakteri



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/28
tarix01.12.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#170803
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
8-mavzu



8-mavzu. Estetika nazariyasi 
Reja: 
1. 
Estetik anglash tushunchasi va uning individual xarakteri.
 
2. “Estetika” kategoriyalarining falsafiy mazmuni va mohiyati. 
3. Pedagogik faoliyat estetik didni shakllantirishning muhim omili. 
4. Axborot estetikasining o’ziga xos xususiyatlari. 
1. Estetik anglash tushunchasi va uning individual xarakteri. 
 
Estetika yunoncha ektezikos so‘zidan olingan bo‘lib, – sezish, his qilish, idrok 
degan ma’noni anglatadi. Bu iborani ilm-fan estetikasi sifatida birinchi marta 
nemis faylasufi Aleksandr Baumgarten (1714-1772) o‘zining «Poetik asarning 
ba’zi bir masalalari to‘g‘risida» nomli asarida qo‘llagan. Biroq bu bilan uni 
estetika fanining asoschisi deb hisoblab bo‘lmaydi, chunki estetika fani ancha 
ilgariroq paydo bo‘lgan.
Dastlabki estetik ta’limotlar – Sharq mamlakatlarida (Misr, Bobil, Hindiston, 
Xitoy, eron, Turonda) vujudga kelib, qadimiy Yunonistonda ayniqsa, Platon, 
Arastu, Suqrot, Rimda Lukretsiy Kar, Goratsiy va boshqalarning asarlarida 
rivojlantirilgan.
Estetika fani XVIII asrning ikkinchi yarmida mustaqil fan sifatida shakllangan. 
Baumgartenning xizmati shundaki, u estetika nazariyasining filosofiyadan ajralib 
chiqish jarayonini sezdi. U go‘zallikni va uning san’atdagi turlarini tekshiradigan 
falsafa fanini «Estetika» deb atadi.
Kant va Gegel bir butun falsafiy fan sifatida estetik qarashlar sistemasini 
yaratishga urindi. Ular estetika faniga «estetik» degan tushunchani kiritdi. Bu 
tushuncha estetika fanini konkretlashtirdi va chuqurlashtirdi. Shundan buyon 
«go‘zal», «chiroyli», «oliyjanob», «fojeali», «hajviy», «satirik», «dramatik», «did» 
kabi kategoriyalar estetika degan umumiy asosga ega bo‘ldi.
Estetika fani taraqqiyotida turli davrlarda turli faylasuf olimlar o‘z qarashlarini 
bayon etdilar. Masalan, idealistlar san’atning estetik xossalarini «idea»lardan 
qidirgan bo‘lsalar, XVIII asr ma’rifatparvarlari «Estetik xossalar voqelikning 
o‘zida mujassam» deb ta’kidladilar. XIX asrda yashagan Belinskiy «Haqiqiy, 
amaliy jihatdan faol san’at - estetika predmetidir», «Estetika faqat san’atni 
yaratuvchilargagina emas, balki uni idrok qiluvchilarga ham kerak», «Estetika 
predmeti faqat san’atning o‘zinigina emas, balki insonning estetik tuyg‘usini ham 
o‘z ichiga oladi» deydi.
Chernishevskiy o‘zining «Estetika san’atning umumiy nazariyasi» nomli asarida 
«San’at asarlari va san’atkor amal qiladigan normalargina emas, balki real 
turmushdagi buyumlar, faktlar va qonunlar ham estetik muhokama predmetidir,- 
deb ta’kidlaydi. Uning xizmati shundaki, u fanga «Estetika» - degan mavhum 
terminga «hamma uchun qiziqarli» degan nom berdi.
Olamdagi maxluqotlar orasida aql-idrok sohibi bo‘lgan odamga, yorug‘likni, 
qorong‘ulikdan, (tunni kundan), turfa xil ranglarni bir-biridan farqlay olish, kulgili 
va fojiali holatlarni mushohada etish, go‘zallik, ezgulik, ulug‘vorlik, oliyjanoblik 


olamiga intilish bilan birga xunuklik, xudbinlik, loqaydlik, johillik pastkashlik 
illatlariga qarshi kurash olib borish qobiliyatini ham in’om etgan. 
Inson shu qobiliyati tufayli o‘zligini anglab komillik sari intilib kelmoqda. 
Insonning o‘ziga, o‘zi yashayotgan turli muhitga havodek zarur bo‘lgan go‘zallik, 
nafosat dunyosini yaratishdek mashaqqatli mehnati tufayli shu qadar ulug‘vor 
ahamiyatga molik bo‘lgan ma’naviy boylikni vujudga keltirdiki, ularga hayrat 
bilan boqib, insonning aql farosat qudratiga tahsinlar aytamiz.
Nafosat va go‘zallik olami shu qadar xilma-xil, rang-barang, jozibali, ehtirosli, 
mo‘‘jizali, sehrliki, unda moddiy go‘zallik bilan ma’naviy go‘zallik uyg‘un holda 
chiroy ochib turadi. Insonning nafosat olamini anglashga intilishi atrof voqelikni 
anglashga intilishi bilan chambarchas bog‘liqdir. Inson moddiy go‘zallik dunyosini 
bunyod etishi jarayonida ma’naviy go‘zallikni ham kashf eta borgan, ya’ni nafosat 
olamining yaratilishi jarayoni uni anglash, mushohada etish jarayoni bilan 
uyg‘unlikda sodir bo‘lgan. 

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin