O‘quvchilar jamoasining shakllanish bosqichlari. Jamoaning vujudga kelishi uchun to‘rt bosqich zarur. Jamoaning shakllanish bosqichlarida dastlab o‘qituvchi butun
guruhga talab qo‘yadi, bu jarayonda jamoa faollarining shakllanishiga e’tibor qaratadi. Navbatdagi bosqichda muayyan darajada shakllangan jamoa faollari (aktivi) jamoa a’zolari oldiga ma’lum talablarni qo‘yadi. Uchinchi bosqichda esa jamoa har bir a’zosidan muayyan tarzdagi faoliyatni olib borishni talab qiladi. To‘rtinchi bosqichda esa jamoaning har bir a’zosi o‘z oldiga jamoa manfaatlarini ifoda etuvchi talabni qo‘yish layoqatiga ega bo‘ladi. Bu jarayon mohiyati qo‘yidagicha:
Jamoaga qo‘yilayotgan talablar mazmunidagi farq jamoa rivojlanishi bosqichini aniqlovchi yorqin tashkiliy ko‘rsatkich sanaladi. Jamoaning amaliy faoliyati mazmuni, jamoa a’zolarining jamoa oldidagi javobgarligi, ular o‘rtasidagi ijodiy hamkorlik, shuningdek, ularning xulq-atvori axloqiy kamolot darajalarini ko‘rsatuvchi muhim belgilar sifatida namoyon bo‘ladi. Jamoani shakllantirishda uning hayotini belgilovchi ichki jarayonining mohiyatini inobatga olish zarur.
Jamoaning shakllanish bosqichlarinibelgilash shartli sanaladi, zero, jamoaning shakllanishi muayyan chegara yoki oraliqqa ega emas. Shunga qaramay o‘qituvchiik nuqtai nazardan jamoaning shakllanishini muayyan bosqichlarga ajratish mumkin. O‘quvchilar jamoasini ma’lum rivojlanish bosqichlarga ajratish muhim ahamiyat kasb etadi. Jamoa rivojlanishining har bir bosqichi jamoa a’zolariga nisbatan samarali pedagogik ta’sir ko‘rsatishning maqbul shakl, metodini tanlash imkonini beradi.