O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus


Mustaqil Oʼzbekistonda hokimiyatlar boʼlinishi



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə16/79
tarix02.01.2022
ölçüsü0,63 Mb.
#43284
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   79
МАЖМУА O'zbekistoning eng yangi tarixi 2020 2021 2

Mustaqil Oʼzbekistonda hokimiyatlar boʼlinishi. Jahon davlatchilik va demokratik taraqqiyoti tajribasidan maʼlumki, huquqiydavlat qurishni maqsad qilib qoʼygan har bir jamiyatda davlat hokimiyatinitashkil etish hokimiyatlar boʼlinishi nazariyasiga asoslanishi kerak. Chunkibunday printsip yuz berishi mumkin boʼlgan suisteʼmollikni oldiniolishning ishonchli vositasi sifatida namoyon boʼladi. Huquqiy davlat vaerkin fuqarolik jamiyati qurayotgan Oʼzbekiston ham oʼz davlat organlariidoralari tizimini hokimiyatlar boʼlinishi asosida tashkil etgan.

Huquqiy davlatning muhim tamoyillaridan boʼlgan hokimiyatlarboʼlinishi nazariyasi Oʼzbekiston Konstitutsiyasining 11 moddasida“Oʼzbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi – hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga boʼlinishprintsiplariga asoslanadi”, deb mustahkamlab qoʼyilgan. Hokimiyatlargaboʼlinish printsipining amalga oshirilishida “bir-birini tiyib turish vaoʼzaro muvozanatda ushlash” tizimining samarali ishlashi juda muhim boʼlib,bu tizimning xuquqiy asoslari Аsosiy Qonunda mustahkamlangan. Undahokimiyatning har bir tarmogʼi vakolatiga kiruvchi masalalar doirasi aniqchegaralanib, koʼrsatib berilgan. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni – Oliy majlis, ijro etuvchi hokimiyatni – Vazirlar mahkamasi, sud hokimiyatini –sudlar amalga oshiradi.

Taʼkidlash lozimki, ilmiy doiralar va kundalik hayotda ommaviyaxborot vositalari haqida baʼzan mustaqil toʼrtinchi hokimiyat tarmogʼisifatida fikr yuritiladi. Аmmo, ommaviy axborot vositalarini bundayifoda etish qandaydir rasmiy hokimiyatni bildirmaydi. Shunga qaramasdan,ommaviy axborot vositalari jamoatchilik fikrini shakllantirishda oʼtamuhim rol oʼynaydi va ulkan ahamiyat kasb etadi.

Oʼzbekiston Respublikasidagi davlat idoralari davlat hokimiyatiniamalga oshirishning yagona tizimini tashkil etadi. Oʼzbekiston fuqarolaridavlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish huquqini amalga oshirar ekan,saylovlar va oʼz vakillari orqali davlat organlarini shakllantirishgataʼsir koʼrsatishi mumkin. Konstitutsiyaga muvofiq (99 modda), “Viloyatlar,tumanlar va shaharlar(tumanga boʼysunuvchi shaharlar, shuningdek, shahartarkibiga kiruvchi tumanlardan tashqari) hokimlar boshchilik qiladigan xalqdeputatlari kengashlari hokimiyatning vakillik organlari boʼlib, ulardavlat va fuqarolarning manfaatlarini koʼzlab oʼz vakolatlariga taalluqlimasalalarni hal etadilar”.




Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin