O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus


Tо‘qqizinchi Konstitusiyaviy tamoyil



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə12/79
tarix02.01.2022
ölçüsü0,63 Mb.
#43284
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   79
МАЖМУА O'zbekistoning eng yangi tarixi 2020 2021 2

Tо‘qqizinchi Konstitusiyaviy tamoyil — mahalliy о‘zini – о‘zi boshqarishdir. О‘zbekistonda о‘zbek davlatchiligi rivojining tarixiy tajribasiga tayangan holda mahalliy hokimiyat boshlig‘i bо‘lgan hokim instituti joriy etildi. Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda hokimiyatning vakillik organlari xalq deputatlari kengashlari bо‘lib, ularga viloyat, tuman va shahar hokimlari boshchilik qiladilar. Konstitusiyaning 99 – 104 – moddalarida mahalliy davlat hokimiyati asoslari, hokimlarni tayinlash va tasdiqlash tartiblari, ularning vazifalari belgilab berilgan.

О‘zbekiston Konstitusiyasining barqarorligini va uzoq muddat amal qilishini ta’minlash maqsadida unga о‘zgartishlar va qо‘shimchalar kiritish nazarda tutilgan. Bu jarayon tabiiy va о‘tish davriga xos hodisadir. Mamlakatimizda islohotlar chuqurlashib, jamiyatni modernizatsiyalash, butun ijtimoiy hayotni yangilash jarayoni kо‘lami va miqyosi kengaygani sayin, ular butun salmog‘i bilan Konstitusiyada о‘z ifodasini topishi va huquqiy asosga ega bо‘lishi lozim.

Ma’lumki, 2002 yil 27 yanvarda umumxalq referendumi о‘tkazildi. Referendum О‘zbekiston Respublikasining ikki palatali parlamentini saylash va О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Konstitusiyaviy vakolat muddatini 5 yildan 7 yillik qilib о‘zgartish tо‘g‘risidagi masalalarga bag‘ishlangan edi. Referendum qarorlariga kо‘ra, «Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari tо‘g‘risida»gi, «О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tо‘g‘risida»gi, «О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunchilik palatasi tо‘g‘risida»gi Konstitusiyaviy qonunlar 2002 yil 12 dekabrda qabul qilingan bо‘lib, ular О‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga tegishli о‘zgartirishlar va qо‘shimchalar kiritish uchun asos bо‘lib hisoblandi.

Referendum yakunlariga kо‘ra 2003 yil 24 aprelda ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning XI sessiyasi «О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga о‘zgartirishlar va qо‘shimchalar kiritish tо‘g‘risida»gi Qonun qabul qildi. Qonunga muvofiq О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining XVIII (О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi), XIX (О‘zbekiston Respublikasining Prezidenti), XX (Vazirlar Mahkamasi), XXIII (Saylov tizimi) boblariga о‘zgartishlar va qо‘shimchalar kiritilgan.

О‘zbekiston Respublikasining 2007 yil 11 aprelda qabul qilingan Qonuni bilan О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi 89 – moddasiga, 93 – moddasining 15-bandiga, 102-moddasining ikkinchi qismiga tuzatishlar kiritilgan. О‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 25 dekabrida qabul qilingan Qonuni bilan О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi 77- moddasining birinchi qismiga o’zgartirish kiritilgan. О‘zbekiston Respublikasining 2011 yil 18 aprelda qabul qilingan Qonuni bilan О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi 78, 80, 93, 96 va 98-moddalariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilgan. О‘zbekiston Respublikasining 2011 yil 12 dekabrda qabul qilingan Qonuni bilan О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi 90-moddasining ikkinchi qismiga tuzatish kiritilgan. О‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 16 aprelda qabul qilingan Qonuni bilan О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi 32, 78, 93, 98, 103 va 117- moddalariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilgan. О‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 6 aprelda qabul qilingan Qonuni bilan О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi 80, 81, 83, 93, 107, 110 va 111- moddalariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilgan. О‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 31 mayda qabul qilingan Qonuni bilan О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi 80, 93, 108 va 109- moddalariga o’zgartirish kiritilgan. О‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 29 avgustda qabul qilingan Qonuni bilan О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi 99 va 102- moddalariga o’zgartirish kiritilgan. О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga kiritilgan bu о‘zgartirishlar va qо‘shimchalar О‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining, hukumatning mas’uliyatini kuchaytirishga, jamiyat siyosiy hayotining faollashuviga, saylov tizimining yanada takomillashuviga xizmat qilmoqda



Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin