O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘limi vazirligi



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/20
tarix12.06.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#129094
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
O zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta‘limi vazirligi



O‗ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY VA O‗RTA MAXSUS TA‘LIMI VAZIRLIGI 
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI 
Maktabgacha ta‘lim kafedrasi 
ONA TILI VA ADABIYOT 
fanining 
ONA TILI qismidan 
ma‘ruzalar matni 
BUXORO – 2018 


1-mavzu. Tilshunoslik va til haqida umumiy ma’lumot 
Reja: 
1. Tilshunoslik fani haqida. 
2.Tilning tabiati va vazifalari. 
3.Til va jamiyat. 
4.Til va tafakkur. 
5.Til – ramziy tizim.
Tilshunoslik fani haqida 
Ma‘lumki, hozirgi zamon fanlari tizimi quyidagi asosiy yo‗nalishlardan 
tarkib topgan: 
1. Tabiiy fanlar.
2. Texnika fanlari. 
3. Ijtimoiy-gumanitar fanlar. 
4. Matematika fanlari.1 
Tilshunoslik fani kishilar tili haqidagi fan sifatida ijtimoiy-gumanitar fanlar 
guruhiga kiradi. ―Tilshunoslik til haqidagi, uning ijtimoiy tabiati, vazifasi, ichki 
tuzilishi, tasnifi haqidagi; muayyan tillarning ish ko‗rish (faoliyat) qonunlari va 
tarixiy taraqqiyoti haqidagi fan‖ 2. Tilshunoslik fani hozirgi zamon fanining 
barcha asosiy turlari bilan bog‗liq. 
Tilshunoslik – ko‗p qirrali fan. U fan sifatida umumiy va xususiy, nazariy va 
amaliy tilshunoslikka ajratiladi. 
Umumiy tilshunoslik barcha tillar bo‗yicha to‗plangan ma‘lumotlarni 
umumlashtiradi va turli tillarga tatbiq etiladigan nazariyani yaratadi. Umumiy 
tilshunoslikning maqsadi: 1) tilning tabiatini, mohiyatini aniqlash; 2) til haqidagi 
fanning sathlarini va ularni o‗rganuvchi sohalarni belgilash; 3) tillarning tasnifini 
yaratish; 4) lingvistik tahlil metodikasini ishlab chiqish va boshqalar. 
1 1. A.Nurmonov, B. Yo‗ldoshev. Tilshunoslik va tabiiy fanlar. ―Sharq‖ nashriyot-matbaa aksiyadorlik 
kompaniyasi bosh tahririyati. –T.: 2001, 11-bet.
2 A.Hojiyev. Tilshunoslik terminlarining izohli lug`ati. O‗zbekiston Milliy ensiklopediyasi davlat ilmiy 
nashriyoti. –T.: 2002, 107-bet. 


Xususiy tilshunoslik – alohida, ayrim til haqidagi fan; jumladan, o‗zbek 
tilshunosligi - o‗zbek tili haqidagi fan, qozoq tilshunosligi - qozoq tili haqidagi fan, 
rus tilshunosligi – rus tili haqidagi fan va h.k.
O‗z-o‗zidan ayonki, har bir xususiy tilshunoslik ma‘lum bir konkret tilga xos 
bo‗lgan ma‘lumotlarni o‗z ichiga oladi. 
Nazariy tilshunoslik til haqidagi nazariyani o‗rgansa, amaliy tilshunoslik lingvistik 
bilimlarni amalda qo‗llash bilan shug‗ullanadi.
Bugungi kunda o‗zbek tilshunosligi «nutq-lison» tamoyilidan «lison-nutq» 
tamoyili asosida ish ko‗rishga jadal o‗tmoqda. Boshqacha aytganda, o‗zbek 
substantsial tilshunosligi aniqlagan lisoniy umumiyliklarning nutqiy voqelanishini 
tekshirishga jiddiy kirishmoqda. Lisonning amaliy voqelanishi, undan amaliy 
foydalanish masalalari bilan shug‗ullanuvchi quyidagi zamonaviy yo‗nalishlar ish 
boshlamoqda: 
1. Sotsiolingvistika. 
2. Psixolingvistika. 
3. Pragmalingvistika. 
4. Lingvokognitologiya. 
5. Lingvokul‘turologiya. 
6. Neyrolingvistika. 
7. Kompyuter lingvistikasi. 
8. Korpus lingvistikasi. 
Tilning tabiati va vazifalari 
Til kishilarning o‗zaro muloqotga kirishuvi va fikr almashuviga bo‗lgan ehtiyoj
natijasida paydo bo‗lgan ijtimoiy hodisadir.
Til paydo bo‗lgandan keyin (bu, olimlarning taxminicha, ibtidoiy jamoa tuzumi 
davrida yuz bergan) jamiyat tez rivojlana boshlagan. Til jamiyat uchun, uning 
a‘zolari bo‗lmish insonlar uchun xizmat qiladi, shuning uchun til ijtimoiy hodisa 


hisoblanadi, ya‘ni til yakka odamga emas, balki butun jamiyatga daxldor bo‗lib, 
shu jamiyat a‘zolari yordamida shakllantirilib, rivojlanib boradi.
Shu tufayli ham tilning taqdiri jamiyatning taqdiri bilan chambarchas bog‗liq. 
Til bo‗lmasa, jamiyatning bo‗lishi mumkin emas, ya‘ni til odamlarni jamiyat 
sifatida jipslashtirib turuvchi buyuk ne‘matdir. Jamiyatsiz tilning mavjud
bo‗lshi mumkin emas. Jamiyat a‘zolari ham tilning yashashi, rivojlanishiga o‗z 
hissalarini qo‗shadi. Shu munosabat bilan o‗tgan asrning 80-90-yillaridagi o‗zbek 
tilining ahvolini eslash o‗rinlidir. Bu davrda o‗zbek tilining faoliyat ko‗rsatish 
doirasi juda torayib, uning yo‗q bo‗lib ketish xavfi paydo bo‗ldi.
Ana shunda jamiyatimizning ilg‗ or vakillari ona tilimizni himoya qilib, uning 
taqdiri uchun qayg‗urib, amaliy harakatlarni boshlashdi va buning natijasida 1989-
yil 21-oktabrda o‗zbek tiliga davlat tili maqomi berish haqidagi Qonun qabul 
qilindi. Aytish mumkinki, bu Qonunning qabul qilinishi istiqlol tomon qo‗yilgan 
dastlabki qadamlardan biridir. 
Til jamiyatda quyidagi vazifalarni bajaradi: 
1. Kommunikativ vazifa – axborotni uzatish va qabul qilish vazifasi. Bu tilning eng 
muhim vazifasidir. 
2. Ma‘rifiy vazifa – insonga bilim berish vositasi bo‗lib xizmat qilish. 
Mavjudotning mohiyatini, haqiqatini bilish ―ma‘rifat‖ deyiladi. Tilning ta‘limiy 
ahamiyati oddiy bilim bilan cheklanmay, ma‘rifatni, ya‘ni bilishning eng oliy 
martabasini ham o‗z ichiga oladi.
Dunyoga kelgan har bir bola haqiqiy inson bo‗lib yetishishi uchun juda ko‗p 
narsani bilishi kerak. U o‗ziga kerakli bilimni ko‗rib, eshitib va o‗qib o‗rganadi. 
Eshitib va o‗qib o‗rganish til vositasida amalga oshadi va uning imkoniyati 
cheksizdir. Shuning uchun biz ta‘limni tilsiz tasavvur ham qila olmaymiz.
Tilning ma‘rifiy ahamiyati quyidagilardan iborat : 
1. Til tufayli jamiyat a‘zolarining har birida hosil bo‗lgan bilim ommalashib, 
uning ko‗pchilik tomonidan rivojlantirilishiga imkon tug‗iladi. Undan tashqari til 
tufayli bilim avloddan avlodga og‗zaki va yozma tarzda qoldiriladi, natijada yangi 
avlod o‗tgan av-lodning ishini yangidan boshlamasdan, uni davom ettiradi. Bu 
bilan taraqqiyot ta‘min-lanadi. 
2. Til ilm olishda zamon va makon g‗ovini o‗rtadan ko‗taradi. Til tufayli eng 
qadimgi ma‘lumotlarga ega bo‗lamiz, hatto kelgusiga oid ma‘lumotlarni ham 


olamiz. Koinotning hamma yeridagi ma‘lumotni so‗z bilan ifodalab, bilmaganga 
bildirish mumkin. 
3. Har bir o‗quvchi maktabda qanchadan qancha bilim oladi. Shu bilimlarni 
olishga til tufayli muyassar bo‗ladi. Aks holda har bir o‗rgatilayotgan narsani, hech 
bo‗lmaganda uning suratini o‗quvchiga ko‗rsatish kerak bo‗lar edi. Bu albatta juda 
ko‗p vaqt va joyni talab qilar edi. 
4. Biz til tufayli sezgi a‘zolari bilan bilib bo‗lmaydigan narsalarni ham 
o‗rganamiz. Ko‗rinishi, shakli bor narsalarning aksi ongimizga o‗rnashishi 
mumkin, lekin shaklsiz narsalarni biz faqat so‗z shaklida o‗zlashtiramiz. Xuddi 
shuningdek, mavjudotning ko‗rinmas ichki jihatlarini ham so‗z shaklida 
o‗zlashtiramiz va til vositasi bilan o‗zgalarga tushuntiramiz. 
5. Tilni o‗rganish va o‗rgatishni osonlashtiradigan yana bir jihati shundaki, u 
umumlashtirish xususiyatiga ega. So‗z yordamida biz mavjudotni o‗rganib 
umumiy tushunchalar hosil qilamiz va bu tushunchalar mavjudotning umumiy 
xossalarini o‗rganishga, hatto ularning haqiqatini idrok etishga imkoniyat 
tug‗diradi.
6. Til tufayli biz haq bilan nohaqni, yaxshi bilan yomonni bir-biridan farqlashni 
o‗rganamiz. 
3. Badiiy vazifa. Badiiylik go‗zallikning nutqiy ko‗rinishidir. Borliqda 
go‗zallikning ko‗rinishlari juda ko‗p. Butun mavjudotning, xususan insonning 
tuzilishi, yurish-turishida qanchadan qancha yetuklik, jumladan go‗zallik bor. 
Ammo tabiiy go‗zallikdan tashqari yana inson vujudga keltiradigan sun‘iy 
go‗zallik ham bor. Hunarmand-u san‘atkorlar buyumlarga, inshootlarga go‗zal tus 
beradilar. Usta dehqonlar go‗zal bog‗-u rog‗larni vujudaga keltiradilar. Kuychilar 
kuy, ashulachilar ashula, rassomlar rasm, haykaltaroshlar haykal yaratadilar. Mana 
shularning hammasi va ularning go‗zalligi til vositasida aks ettiriladi. Bu tilning 
go‗zallikni aks ettirishdagi xizmatidir. Ammo tilning o‗zi ham go‗zallik moddasi 
sifatida so‗z ustalari tomonidan va umuman xalq tarafidan foydalaniladi. Chunki til 
yetuk hodisalardan bo‗lib, unda go‗zallik uchun zarur bo‗lgan hamma sifatlar 
mavjuddir.
Demak, tilning badiiy vazifasi ikki ko‗rinishda namoyon bo‗ladi: 
1. Til tabiat va insondagi mavjud go‗zallikni aks ettirish vositasi bo‗lib xizmat 
qiladi. 


2. Tilning o‗zi go‗zallikni vujudga keltiradi. Badiiylik deb ataluvchi nutq husni 
so‗zlarning bir-biriga tovush yo ma‘no jihatidan yoxud har ikki jihatdan 
munosibligidan vujudga keladi. 
Shoir va yozuvchilar hamda oddiy xalq orasidagi millionlab so‗zga chechan 
kishilar tilning badiiy imkoniyatining mazkur har ikki jihatining biridan yoki har 
ikkisidan birdan foydalanadilar va shu bilan o‗quvchi yoki tinglovchiga ham lazzat 
bag‗ishlaydilar. 
Badiiylikning ikkinchi ko‗rinishiga misol keltiramiz. Hammamizga ma‘lumki,
bir fikrni juda ko‗p variantda aytish mumkin. Shulardan birini olaylik, ―Qalovini 
topsang o‗tin yaxshi yonadi‖ deyish mumkin, ko‗p martalab shunday deyilgan ham 
bo‗lishi kerak. Bu gapda hech qanday kamchilik yo‗q, chunki u til qoidalariga 
muvofiq tuzilgan va o‗z vazifasini to‗la ado etadigan shakldadir. Biroq inson ta‘bi 
bu bilan to‗la ravishda qoniqmaydi. Uning ta‘bidagi go‗zallikka bo‗lgan ehtiyoj 
shu gapni go‗zallashtirishni talab qila boshlaydi. Shu talab bilan o‗tin so‗zini qor 
so‗zi bilan almashtiradi-da, ―Qalovini topsang qor ham yonadi‖ deydi. Shu bilan u 
mazkur gapga go‗zal tus beradi. Eshitganlarga bu yoqadi. Kishi o‗ziga yoqqan 
narsani yo‗qotmaslikka harakat qiladi xalq buni maqol qilib asrab yuradi. Bu 
jumlani yoqimli, go‗zal qilgan narsa, birinchidan qor so‗zining qalov so‗ziga 
uyg‗unligi, ya‘ni tovushdoshligi, ikkinchidan qorning olovga zidligi, uchinchidan 
bo‗rttirish, ya‘ni mubolag‗a borligidir. 
4. Inson hayotini dasturlash va boshqarish vazifasi. Til olamni tartibga soluvchi 
va boshqaruvchi kibernetik3 tizimdir. Til olamni tartibga soladi va uni to‗la 
boshqaradi. U faqat insonni emas, hatto hayotni ham boshqaradi. Inson hayotida 
yuz beradigan voqealar uning ongidagi fikr va obrazlarga hamda odam ularni qaysi 
so‗zlar bilan ifodalashiga to‗la muvofiq keladi. Tilmiz voqeligimizni belgilaydi, 
shakllantiradi, undan keyin tasvirlaydi. So‗zlarimiz atrof olamni tasvirlabgina 
qolmay, balki avvalo uni yozadi. Boshqacha qilib aytganda, biz til yordamida 
o‗zimiz yashayotgan olamni yaratamiz.
Xo‗sh, qanday qilib nutqimiz va fikrlarimiz o‗zimiz va atrof olamga ta‘sir 
qiladi? So‗z hayotga obrazni chorlaydi. Obraz o‗z navbatida insonning his-
tuyg‗ulari bilan bog‗liq. His-tuyg‗ular esa hayotda voqelanadigan harakatni 
vujudga keltiradi. Shunday zanjir hosil bo‗ladi: 
So‗z obraz his-tuyg‗u harakat hayot 
3 Kibernetik – kibernetikakaga oid. Kibernetika axborotni qabul qilish, saqlash, qayta ishlash va undan 
turli jarayonlarni boshqarishda foydalanish bilan shug‗ullanadigan fan. Kibernetik tizimlarga kompyuter, 
inson miyasi, kishilik jamiyati misol bo‗la oladi. 


Insonning ongi va qalbida so‗zlar bilan ifodalangan ijobiy yoki salbiy dasturlar 
bo‗ladi. Ijobiy dasturlarga misol: 
– Olam adolatli. 
– Koinot to‗kin-sochin. 
– Odamlar mehribon. 
– Men ota-onamdan minnatdorman. 
– Men o‗zimga ishonaman. 
– Men kuchliman. 
– Hamma kishi menga yordam beradi. 
Salbiy dasturlarga misol: 
– Olam adolatsiz. 
– Hamma yoqda firibgarlar. 
– Hamma odam dushman. 
– Hamma narsa pulga bog‗liq. 
– Vaqtim yo‗q. 
– Pulim yo‗q. 
– Men buni hazm qilolmayman. 
Salbiy dasturlar inson hayotiga o‗z mazmuniga muvofiq noxush voqealarni jalb 
qiladi va turli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Ijobiy dasturlar esa baxt-saodat va 
salomatlik garovidir. Shuning uchun har bir odam ongidagi salbiy dasturlarni 
aniqlab, ularni ijobiy dasturga aylantirishi lozim. 
Tilning tuzilishi 
Til tuzilishiga ko‗ra murakkab hodisa bo‗lib, u bir-biri bilan uzviy bog‗langan 
quyidagi qismlardan iborat: 
1. Tovushlar tizimi. 
2. Lug‗at boyligi yoki leksika. 
3. Grammatik qurilishi. 


Ma‘lumki, inson tili tovush tilidir. Har bir tilning o‗z tovushlar tizimi mavjud. 
Tovushlar so‗zlarni, iboralarni, grammatik shakl va ko‗rsatkichlarni shakllantiradi. 
Tovushlardan iborat bo‗lgan so‗z va iboralar yig‗indisi tilning lug‗at boyligini 
tashkil qiladi. 
Lug‗at boyligidagi so‗z va iboralar fikrni ifodalovchi gap uchun qurilish 
materiali bo‗lib xizmat qiladi. Gap, uni qurish qonun-qoidalarini tilning 
grammatik qurilishi belgilaydi. 
Demak, tilning tarkibiy qismlari sanalmish tovushlar tizimi, lug‗at boyligi, 
grammatik qurilishi o‗zaro chambarchas bog‗langan bo‗lib, biri ikkinchisining 
bo‗lishini talab qiladi. Har bir konkret til o‗zining ana shu uzvlari bilan bir butun 
tizimni, sistemani, til tizimini tashkil etadi. 
Til va jamiyat 
Jamiyat kishilarning tarixan qaror topgan hamkorlik faoliyatlari majmuidir.
Bu hamkorlik kishilarning iqtisodiy, siyosiy, ma‘naviy, ma‘daniy sohalarda, 
moddiy ishlab va mehnat jarayonidagi uzviy birligidan iboratdir. Inson jamiyatdan 
tashqarida yashayolmaydi, balki jamiyatda tug‗iladi, kamol topadi, yashaydi va 
rivoj topadi. Umuman inson tushunchasi jamiyat tushunchasi bilan uzviy bog‗liq 
dir. Shuning uchun sotsiologiya va iqtisodiyotda insonning ta‘riflansa, jamiyat 
inson orqali ta‘riflanadi – bu ikki tushuncha bir-biridan ajralmasdir. Inson va 
jamiyat oʻzaro dialeklik butun boʻlak munosabatlarida turgan butunliklardir- 
inson jamiyatning bir boʻlagi, tarkibiy qism boʻlganligi uchun ham insondir. Oʻz 
navbatida jamiyat insonlarni xilma-xil munosabatlar bilan birlashtirilganligi
sababli jamiyatdir: biz turnalar va boʻrilar toʻdasini jamiyat deb ayta olmaymiz. 
Jamiyatning muhim tarkibiy qismlaridan biri tildir. Til jamiyat a‘zolarini 
birlashtiruvchi eng muhim omillardan biridir. Tilshunoslik boʻyicha fanlardan 
sizga ma‘lumki, tilning oʻzi murakkab hodisa boʻlib, u: 
a) ma‘lum jamiyat a‘zolari uchun tayyor , umumiy va majburiy boʻlgan UMIS 
tabiatli imkoniyatlar majmuasidan iborat boʻlgan lison, 
b) bu imkoniyatlarning bevosita voqealanishini tashkil etadigan AHVO tabiatli 
nutq, 
d) shu imkoniyatlarning yuzaga chiqish shart-sharoitlari va shakllarini 
belgilovchi me‘yor kabi tomonlarning dialektik birligidir. Kishi oʻz tafakkur 
tarziga, farqlash qobiliyati va imkoniyatlariga qarab soʻzlaydi-lisoniy 
imkoniyatlaridan foydalanadi. Bu uning bilim va ma‘naviy saviyasiga hayotiy 


koʻnikma va tajriba, dunyoqarashlariga bog‗liq. Qolaversa, har bir inson xarakteri 
va didi, ma‘naviy olami, tafakkur koʻlami-yu madaniy saviyasi, ichki ruhiy 
dunyosi va iste‘dodi, yashash muhiti, jamiyatning taraqqiyot darajasi kabi yuzlab 
omillar ta‘sirida turlicha nutqqa ega dir, ya‘ni linoniy imkoniyatlardan turli daraja, 
saviya va maqsadlarda foydalanadilar va soʻzlovchining nutqidan uning madaniy 
saviyasi, ijtimoiy mavqei ,tafakkur tarzini sezish qiyin emas. Bu omilni alisher 
navoiy «Muhokamatul lug‗atayn»da alohida ta‘kidlab oʻtadi. Xalqi-miz ham 
«Suratiga emas, siyratiga boq» maqolida insonning tashqi qiyofasiga emas, ichki 
olamiga e‘tibor berishi lozimligini ta‘kidlaydi. Yus Hos Hojib «Qutadg‗u bilig»da 
tilning mohiyatiga bag‗ishlangan boblarida soʻz insonning ichki olamini – 
saviyasi va ruhiyatini, tafakkur tarzini yuzaga chiqaruvchi eng muhim vosita deb 
baholaydi. Xuddi shunday ta‘rifni til va nutqqa – faqat XVIII va undan keyingi 
asrlarda Yevropaning buyuk olimlari Frans Bopp, Avgust Shleyxer, Yakob
Grimm, German Paul, Vilgelm Gulboldt, Karl Marks, Ferdinand de Sossur kabilar 
ham takrorlashdi. Inson va til (nutq qobiliyati) qanday bir-biridan ajralmas boʻlsa, 
til va jamiyat ham shundaydir. 
Til – ijtimoiy hodisa ekan, hamisha jamiyat bilan birga rivojlanishdadir. Tilning 
davriy va mintaqaviy boʻlinishi va oʻzgarishi sizga dialektologiya, arxeologiya, til 
tarixi oʻquv fanlaridan ma‘lum.Lekin bir jamiyatning oʻzidagi har qanday holat – 
hatto bir hudud va davrda jins, yosh, kasb-korga koʻra boʻlinishlar ham tilda oʻzini 
namoyon qiladi. 
V. Zveginsevning fikricha, jamiyatning ijtimoiy tafovutiga ko‗ra til hodisalari 
3 guruhga boʻlinadi: 
1.Tilning ijtimoiy va maxsus ishlatilishi. 
2. Maxsus tillarning yaratilishi. 
3. Ommaviy (milliy) tilning ijtimoiy va kasbiy faqlanishi
A.Samoylovich esa oltoy turklari tilidagi ayol leksikasi va erkak leksikasi 
paralle-lizmi haqida shunday qiziqarli ma‘lumot keltiradi: 
Umumiy shakl 
Ayollar nutqida 
Erkaklar nutqida 
Boʻri 
uluchi 
poro 


Bola 
Tovuq 
Tish 
Ot 
uran 
uchar 
azu 
unaa 
bola 
qush 
tish 
at 
Tilda sinonimiyani vujudga keltiruvchi va ijtimoiy hodisalar ta‘sirida roʻy 
beradigan hodisalardan yana biri argo, jargo, iboralar, tabu va evfemizmlardir. 
Tilimizda koʻkidan, kabutar, malax, soqqa kabi soʻzlar jargonlar boʻlib muayyan
ijtimoiy qatlam nutqiga xosdir. Kishilar dunyoqarashi, tushuncha va e‘tiqodlariga 
koʻra soʻz va tushunchalarga yangi ma‘no berish hodisasi uchraydi. Masalan: ilon 
‒ arg‗amchi; oʻlmoq ‒ vafot etmoq, dunyodan koʻz yummoq, olamdan oʻtmoq, 
dunyodan rixlat qilmoq, fano boʻlmoq, foniy dunyodan boqiyga safar qilmoq v.h.; 
pes boʻlmoq-oqarmoq; tug‗moq ‒ yengil boʻlmoq, xlos boʻlmoq, ko‗zi yorimoq 
v.h. Bu tarzda qoʻllanishlarning ba‘zilari etika, madaniyat bilan bog‗liq boʻlsa, 
ba‘zilari qoʻrquv, irim (goʻyoki ilonning nomini yoki pes kasalini (narsa nomini) 
atash shu narsani chaqirish bilan bilan teng kabi shomoniy qarash)larga
asoslanadi. 
Tilning ijtimoiy oʻziga xos koʻrinishlari haqida gapirganda, bunday xoslanish
avvalo leksikada ‒ semantika, frazelogiya va stilistikada sodir boʻlishini 
unutmaslik kerak. Bunday xoslanish leksikada shu darajada kuchliki, ayni bir 
jamiyatning nafaqat erkag-u ayollari, balki yosh-u keksalarning, avom va 
zodagonlarning soʻzlari, uslublari farqlidir. 
Jamiyatning tarkibiy qismi, oʻziga xos subutiy belgilardan biri madaniyatdir. 
Mada-niyat muayyan tarixiy davrda xalq va millatning mehnat, turmush va badiiy 
sohalarni oʻziga qamrab oluvchi ma‘naviy tushunchadir. Til ‒ madaniyat belgisi. 
Tilsiz madaniyat bo‗lmaydi. Til va madaniyat oʻzaro uyg‗unlikda rivojlanadi. 
Koʻpgina olimlar jamiyatning madaniyat darajasi bilan uning tilini baholasa, 
boshqa bir guruh til orqali ijtimoiy madaniyatni belgilaydi. Har ikkala guruh ham 
oʻzicha haqdir, zeroki tarixiy, tugab ketgan, lekin tili va yodgorliklari saqlab 
qolingan jamiyatning madaniyatini, ruhiyatini, olamni tushinish tarzini biz uning 
til vositasida bemalol tiklay olganimizdek, yuksak madaniyatga ega jamiyat tili 
haqida ham madaniyati orqali aniq efifmmgk hosil qilamiz. Bu haqda V. 
Zveginsev shunday yozadi: ―Tilshunoslik qoloq madaniyatli xalqlarning tilida jins 
(umumiy) tushunchasini ifodalovchi so‗zlar yo‗qligi (masalan, umuman daraxt 
yoki hayvonni bildiruvchi so‗zlar yo‗q lekin ularning tur va zotlarini ifodalavchi 


keng tarmoqlangan nomlar majmui mavjud) va sozlarni o‗ta xususiy belgilariga 
ko‗ra tasniflovchi formantlar mavjudligi haqida boy material to‗plagan‖.
Tilimiz, nutqimiz ‒ madaniyatimiz, ma‘naviy olamimiz ko‗zgusi. Shuning 
uchun tili-miz qanchalik go‗zal, be takror, samimiy bo‗lsa, madaniy saviyamiz 
ham shunga ko‗ra anglashiladi. Har bir xalqning o‗z madaniy muhiti va 
tafakkuriga mos ravishda lisoniy imkoniyatlari mavjud. 
Fan taraqqiyoti, siyosiy va iqtisodiy sharoit ham tilda namoyon bo‗ladi. Kundan-
kunga yangi so‗z va tushunchalar paydo bo‗lmoqda, maxsus va sun‘iy tillar yaratil-
moqda, sohaviy va ilmiy stilistika rivojlanmoqda. Madaniyat ‒ insoniy ong 
mahsuli ekan, u til bilan dialektik aloqada, birlikdadir.
Til rivojlanishining tashqi (ekstralingvistik) omillari deganda tilning jamiyat ‒ 
birinchi navbatda uning madaniyati bilan bog‗liq ravishda taraqqiyoti tushuniladi. 
Jamiyat va uning madaniyati rivojlangan bo‗lsa unda so‗z san‘atkorlari tomonidan 
ishlangan, pardoz va jilo berilgan adabiy til ham ustuvor bo‗ladi.
Jamiyatda fanlarning taraqqiyoti uning tilida ilmiy atamalarning, murakkab 
ilmiy tushunchalarni, jarayon va tavsiflarni ifodalovchi so‗zlar va uslubning 
shakllanishi va rivojlanishiga olib keladi. Tilning qo‗llanish sohasi keskin 
kengayadi, u uzluksiz rivoj-lanadi, yangi-yangi so‗z va tushunchalar bilan boyiydi. 
Jamiyatning siyosiy tuzumi, ishlab chiqarishning yetakchi usuli ham tilning 
taraqqiyotiga kuchli ta‘sir ko‗rsatadi. Chunonchi, ibtidoiy tabiiy-ovchilik va 
ko‗chmanchi chorvachilik xo‗jalik usuli yetakchilik qilgan davrda tillarning 
qorishuvi, o‗zaro yaqinlashuvi kuchli bo‗ladi, keskin shevaviy farqlar sezilmaydi. 
Aksincha, uzoq shahar madaniyati, o‗troq dehqonchilik xo‗jalik tarzi mahalliy 
shevalardagi farqlarni chuqur-lashtiradi. Bu shu darajaga borib yetishi mumkinki 
bir tilning ikki shevasi vakili bir-birini tushuna olmasligi mumkin. Xitoy tili 
shevalarida xuddi shu holatni kuzatish mumkin. O‗zbek, ozarbayjon, turk, uyg‗ur 
kabi turkiy tillarning sershevaligi, sheva-lararo kuchli farqlarning mav judligi ayni 
shu hodisa bilan bog‗liq. 
Bozor iqtisodiyoti, sanoat ishlab chiqarish usuli, fan va taraqqiyoti, ta‘lim 
va madaniyat rivoji, matbuotning xilma-xil vositalarning ommalashuvi ma‘lum 
bir xalq-ning turli mintaqa va hududllarini, demak, tillarini ham yaqinlashtiradi;
jamiyatda me‘yorlashtirilgan, san‘atkor va olimlar tomonidan ishlangan 
shevalardan yuqori turadigan koyne – adabiy tilning keng ommalashivuga sabab 
bo‗ldi. Shuning uchun sersheva bo‗lganiga qaramay fransuz, nemis, ingiliz 
tillarida axborot vositalarida so‗zlashuv nutqida ham, jonli muloqot va suhbatlarda 
ham shevaviy fonetik va leksik farqlar sezilmaydi – ommaning madaniy saviyasi 


yuksak va hamma adabiy me‘yor-larga rioya qilish ko‗nikmasiga ega. Bu davrda 
adabiy til maktab, matbuot, ta‘lim-tarbiya, targ‗ibot-tashviqot, ishlab chiqarish 
orqali sheva farqlarining yo‗qolishiga, adabiy tilning keng ommalashishi va 
me‘yorlashishiga olib keladi. 
Jamiyat tilning rivojlanishiga salbiy ta‘sir etishi ham mumkin. Bu holat ko‗pincha 
jamiyatda nomilliy mafkura hukmronligi davrda yuz berdi. Bunday davrlarni 
xalqimiz IX‒XI, XII‒XV asrlarda, XX asrning 40‒80-yillarda boshidan o‗tkazdi. 
Malumki, turkiy xalqlarning islom dinining qabul qilinishida somiy(arab) eroniy 
xalqlarning ta‘sir va tayziqi kuchlidir. Shu sababli IX-X asrlarda hukmron doira
orasida arab va fors tilida so‗zlash, ilmiy-badiiy asarlarni ham shu tillarda yozish 
avj oldi. Turkiy til qo‗pol deb tahqirlandi. Bu davrlarda turkiy til ko‗chmanchi-
sahroiylarning so‗zlashuv tili, o‗choqboshi tili bo‗lib qoladi. XI asrda qoraxoniylar 
davlatining yuksalishi bilan maydonga turkiy til bahodiri ‒ Mahmud Qoshg‗ariy 
chiqadi. Olim ―Devonu lug‗otit turk‖ asarida turkiy tilning arab tili bilan poygada 
chopayotganda arab tilidan o‗zib ketayotgan uloqchi otga qiyoslaydi. XI‒XII
asrlarda turkiy adabiy tilning mavqeyi tiklandi. U davrdan bizgacha shoh asarlar 
yetib keldi. XIII‒XV asrlarda turkiy til tazyiqqa uchraydi va XV asrda yana bir 
turkiy bahodir ‒ Alisher Navoiy maydonga chiqadi-yu, qalami bilan jahonni zabt 
etib, XIX asrning o‗rtalarigacha hukmronligini davom ettiradi. 
XX asrning 40-yillarida o‗lkamizda rus tilining tazyiqi kuchaydi. Bu ta‘sir 
yildan-yilga oshib , 80-yillarda ―zamonaviy va madaniyatli‖ o‗zbeklar o‗z ona
tillarida gapi-rishga uyaladigan bo‗lishdi. Tilimiz yana o‗choqboshi tilga 
aylanishiga sal qoldi. 1988-1989-yillarda o‗zbek milliy tili haq-huquqlarini tiklash 
uchun rosmana kurash boshladi. Bu harakat 1989-yilning 21-oktabrida davlat 
tilidagi qonunning qabul qilinishi va tilimiz taraqqiyotiga yangi taraqqiyot davri ‒ 
milliy istiqlol davrining boshlanishi bilan amalga oshdi.
Til – taraqqiy qilib, o‗zgarib boruvchi hodisa 
Til to‗xtovsiz ravishda o‗zgarib turuvchi, taraqqiy etib boruvchi ijtimoiy 
hodisadir. Til taraqqiyoti jamiyat taraqqiyoti bilan bevosita bog‗liq. Tilning 
taraqqiyoti birinchi navbatda uning lug‗at boyligida o‗z aksini topadi. Kishilar 
hayotidagi o‗zgarishlar, ilm-fan va madaniyatning taraqqiyoti leksikani boyitib 
boradi. Tilning tovushlar tizimi va grammatik qurilishi esa juda sekinlik bilan 
o‗zgaradi. Buni til tarixini o‗rganish orqaligina sezish mumkin. 
O‗zbek tili - o‗zbek millatining tili, o‗zbek tili - O‗zbekiston Respublikasining 
davlat tili. Davlat tili sifatida o‗zbek adabiy tilining mavqei beqiyos darajada o‗sdi, 


xizmat doirasi kengaydi, lug‗at tarkibi boyidi, fonetik tizimi, grammatik 
qurilishning takomillashuvida katta o‗zgarishlar yuz berdi. 
O‗zbek milliy tili hozirgi o‗zbek millatiga mansub bo‗lgan barcha kishilarning 
umumiy va yagona tilidir. U o‗zbek millatining shakllanishi bilan bevosita bog‗liq. 
O‗zbek millati shakllangunga qadar u urug‗ tili, qabila tili va xalq (elat) tili tarzida 
yashab, rivojlanib keldi. 
O‗zbek adabiy tili ijtimoiy vazifasining kengayishi natijasida uning lug‗at 
tarkibida jiddiy o‗zgarishlar ro‗y berdi. Tilning leksikasi ichki imkoniyatlar bilan 
yangi yasalgan so‗zlar va boshqa tillardan qabul qilingan so‗zlar hisobiga boyib 
borishi ko‗zga tashlanmoqda. Kishilar ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi, xalq 
xo‗jaligidagi, madaniyat, fan-texnika sohasidagi ko‗pgina o‗zgarishlar yangi 
tushunchalarni, yangicha munosabatlarni keltirib chiqardi. Bularning hammasi 
o‗zbek tili leksikasining ko‗pgina yangi so‗zlar hisobiga hamda boshqa tillardan 
o‗zlashtirilgan so‗zlar hisobiga boyishiga sabab bo‗ldi. Masalan: broker, diler, 
makler, kompyuter, menejer, fermer, biznes va h. Ayrim o‗zbekcha so‗zlarning 
ma‘nosida o‗zgarishlar ro‗y berib, ular boshqa ma‘nolarda qo‗llana boshladi. 
Masalan: ishbilarmon va tadbirkor so‗zlari ilgari sifat turkumiga mansub bo‗lib, 
belgi ifodalagan bo‗lsa, hozirgi paytda bu so‗zlar ot turkumiga o‗tdi va shaxs 
ma‘nosini ifodalaydigan bo‗ldi. Bu jarayonlarning barchasi o‗zbek tili lug‗at 
boyligini yangi pog‗ onaga ko‗tardi. 
O‗zbek tilining fonetik tizimida, grammatik qurilishida ham ma‘lum o‗zgarishlar 
sodir bo‗ldi. 
Jumladan, fonetik tizimda, o‗zlashma so‗zlarda o‗zbek tiliga xos bo‗lmagan 
bo‗g‗inning yangi turlari (so‗z boshida va so‗z oxirida ikki yoki undan ortiq 
undoshning qator kelishi) paydo bo‗ldi: sport, stol, traktor, shkaf, magistr, 
kongress kabi. Shuningdek, o‗zlashma so‗zlarda ikki unlining o‗zbek tili uchun 
xos bo‗lmagan ketma-ket kelish holatlari kuzatiladi: aeroport, bionika, geologiya, 
teatr, poema kabi. 
Grammatik qurilishda kelishik shakllari, ayrim ko‗makchilarning ma‘nosi va 
vazifasi kengaydi, kelishikli boshqaruv va ko‗makchili boshqaruv me‘yorlari 
belgilandi. Ot boshqaruvi asosida tuzilgan so‗z birikmalari ko‗proq qo‗llana 
boshladi.
O‗zbek tilining bundan keyingi taraqqiyoti leksikaning yana ham boyishi, 
grammatik qurilishning ichki qonuniyatlar asosida takomillasha borishi bilan 
bog‗liq ravishda davom etadi. 


Til va tafakkur 
«Tafakkur-obyektiv voqelikning tasavvur, tushuncha va muhokamadagi faol 
in‘ikosi jarayoni,insonning fikrlash qobiliyati»(OʻTIL)boʻlib fikrlash jarayonida 
egallagan bilim , koʻnikma va tushunchalarga asoslanadi.Tafakkur inson sezgi 
organlari va hislari yordamida aniqlangan belgilarni idrokda yanada 
mustahkamlabgina 
qolmay,ularning 
ichki 
xusisiyatlarini,qonuniyatlarini, 
mohiyatini anglashga xizmat qiladi.Muayyan mantiqiy bilish-voqelikni inson 
ongida haqqoniy (adekvat) va puxta tasavvur etilishida asosiy roʻl oʻynaydi. 
«Tafakkur yordami bilan voqelikning
umumiy tomonlarini aks ettirish orqali biz yakka, konkret predmetlar mohiyatini 
ham bilib olamiz.Tafakkur orqali biror narsani bilish uchun avvalo u haqda
tushuncha hosil qilish zarur. Ongimizda predmet haqida tushuncha hosil qilishda 
umumiy qonun va tushunchalardan foydalaniladi. Masalan ,suv molekulasi 
vodorod va kislorod atomlaridan iborat boʻlgan murakkab kimyoviy modda 
ekanligini bilamiz.Bu oʻrinda «murakkab kimyoviy modda», «vodorod»va boshqa 
shu 
kabi 
tushunchalardan 
foydalanib, 
hodisani 
umumiy 
qonunlarga 
moslashtiramiz.» 
Tafakkur va fikrlash jarayoni bilish nazaryasi, psixologiya va nevrofziologiya, 
shuningdek kibernetikada aqliy amaliyotlarni texnik modellashtirish masalalari 
bilan boʻgʻliq shakllarda oʻrganiladi.Tafakkur individual (subyektiv) va ijtimoiy 
boʻlishi mumkin.Har bir inson oʻziga xos fikrlash qobiliyatiga ega, lekin u hech 
qachon jamiyat ongi, qoidalari va tafakkuridan ayri holda yashay olmaydi. 
Biz tafakkurning til bilan zich alaqadorligi xususidagi ta‘kidni takror va takror 
eslatib oʻtishimiz zarur.Tafakkur til shaklida voqelanadi,tilning oʻzi tafakkur 
hamdir . Aniqki, hech birimiz oʻz fikrlash qobiliyatimizni tilsiz tasavvur
etolmaymiz - til vositasida biz oʻylaymiz, fikrlaymiz. Biologik nuqtai nazardan 
odam fikrlovchi hay-von, ya‘ni tafakkur qobiliyati insonni hayvondan 
ajratadi.Tafakkur esa til, soʻz orqali yuzaga chiqadi. Shu bois Mir Alisher: 
Insonni soʻz ayladi judo hayvondin, 
Bilkim, guhari sharifroq yoʻq ondin. 
deb soʻzni shuncha ulugʻlaydilar. 
OʻTILda «til»tushunchasiga quyidagi izoh keltiriladi:»Fikr ifodalash va oʻzaro 
aloqa quroli boʻlib xizmat qiladigan tovushlar, soʻzlar va grammatik vositalar 
sistemasi.» Bu ta‘rifda tilning komunakativ vazifasiga urgʻu beriladi.Boshqa 
manbalarda esa tilning abstratik, umumlashgan gnoseologik munosabati ham 


e‘tiborga olinadi.»YAzik nerazrivno lsvyazan s mishleniem sotsial‘nim sredstvom 
xraneniya i peredachi informatsiib odnim iz sredstv upravleniya chelovecheskim 
povedeniem(SES) Umuman olganda, til va tafukkur muammosi juda keng 
qamrovli masala hisoblanadi, bu boradi yaratilgan koʻplab tadqiqotlar yorqin 
dalildir. 
Tilsiz tafakkur boʻlmaydi. Biz istagan predmet, voqea yo hodisa haqida til 
vositasisiz, hech boʻlmaganda undovlarsiz oʻz fikrimizni , tushunchalarimizni 
ifodalay olmaymiz. Obyektiv voqelik inson ongida aks etar ekan, u soʻzlar orqali 
belgilanadi, soʻzlarda shakllantiriladi va til-ong xazinasining boʻlim va 
boʻlimchalarida istagan vaqtda osonlikcha topish va foydalanish uchun eng qulay 
tarzda joylashtiriladi, muhrlanadi. Misol uchun yogʻayotgan qorga qarab:Qor 
yogʻyapti yoki Qor singari birikmalar tasavvurimizdan oʻtadi. Demak, til birliklari 
nafaqat « Qor yogʻyapti.» kabi fikrni yetkazish, uzatish uchun, balki uni tafakkurda 
aks ettirish, qabul qilish shakllantirish va xotirada saqlashga xizmat qilmoqda. 
Bizning tafakkurimiz shu darajada til bilan birikib, bir-biriga singib, omuxtalashib 
ketganki, ularni ajratishga, ya‘ni fikrlash , soʻzlash jarayonlarin, shuningdek ichki 
nutq imkoniyatlarini farqlashga, ularni tildan ajratishga hojat sezilmaydi . 
Insonning goʻdaklik umrining oxirgi kunigacha oladigan ta‘limi soʻz va til 
vositasida amalgam oshadi. Shuning uchun olimlar tilning ma‘rifiy va ta‘limiy – 
inson tafakkuri mahsulining avloddan-avlodga yetkazish vazifasini alohida 
ajratadilar. Haqiqatdan ham, biz ta‘limni tilsiz tasavvur eta olmaymiz. Demak, til 
bilish jarayoning muhim sharti. 
Diqqatga sazovor yana bir jihat borki, tafakkursiz til ham mavjud emas. Agar 
biz oʻylamay ogʻzimizga kelgan soʻzlarni tizaversak (masalan: gʻadur , gadur, 
bubak, baban v.h), bu biz uchun ham, hech qanday ma‘no kasb etmaydi, ya‘ni 
muayyan tushunchani , tasavvurni hosil qila olmaydi. Hatto, valdirash, 
alahsirashday tuyiladi, xolos. Demak, bu til ham nutq ham emas! Shuning uchun 
Alisher Navoiy bundan qaryib olti yuz yil muqaddam «Muhokamatul lugʻatayn» 
asarida: «alfoz iborotdin murod ma‘nidur»,-deb tildan ma‘no tafakkur ekanligini
qisqa va purma‘no darj etgan edilar. Til va tafakkur ajralmas ekanligini oddiygina 
bir misolda koʻrsatish mumkin. Biror tanishingizni ismi esingizdan chiqsa , uni 
atashga qiynalasiz , har xil belgilarni sanaysiz (Zilola-oppoq, kulcha yuzli, koʻk 
koftali, tilla sirgʻasi bor v.h), baribir ismini eslamaguncha aniq ifodalay olmaysiz. 
Yoki aksincha ma‘nosini bilmaydigan soʻzni bemalol oʻqiysiz, lekin ma‘nosini 
tushunmaysiz. Xuddi shunday bilmagan tilda (xorijiy , notanish tilda) xatni oʻqish 
(yoki nutqni eshitish ham).Siz oʻqiy olasiz ,lekin mutlaqo hech narsani 
tushunmaysiz. Bu til siz uchun na tafakkurga ta‘sir etishi, na axborot uzatish, fikr 
bildirish, ilgʻash funksiyasini bajara oladi. Demak, bu notanish til siz uchun til 


ham, tafakkur ham boʻla olmaydi. Mana shuning uchun , oʻzga bir tilni egallash 
boshqa xalqning tafakkur tarzini oʻzlashtirish demakdir. 
Til va tafakkurning ajralmasligi , lekin bir narsa emasligi, har bir xalqning 
tafakkur tarzining oʻziga xosligi va bu uning tilida oʻzining yorqin aksini topishini
Mir Alisher mazkur asarida turkiy va forsiy tillarning leksikasi va grammatik 
tizimini taqqoslash orqali isbotlab bergan edi. Turkiy til leksik va grammatik 
boyliklarining zamiri sifatida Mir Alisher «turk sortdan tezfahmroq va baland 
idrokroq va xilqati sofroq va pokroq «lik asosini koʻradi, buni turkiy tilda mavjud 
boʻlib forsiy tilda oʻzining muqobillariga ega boʻlmagan yuzlab soʻzlar va qator 
grammatik shakllarning ma‘no va vazifalarini qiyoslash bilan isbotlaydi. Bunndan 
biz til va tafakkur ajralmas boʻlsa-da, bir narsa emasligiga qanoat hosil qilamiz. 
Xullas, til va tafakkur munosabati oʻzaro dialektik munosabatda boʻlib, 
birgalikda 
rivojlanish 
qonuniyatlariga 
amal 
qiladi. 
Demak, 
dialektik 
aloqadorlikdagi bu ikki hodisa ajralmas, bir-birini taqozo etuvchi murakkab 
butunlikdir, shuning uchun ularni oʻrganuvchi fan sohalari ham zich aloqador, 
lekin 
bir 
emas. 
Tafakkur 
tarzini 
mantiq 
fani, 
tilni 
esa 
tilshunoslik(lingvistika)oʻrganadi. Siz bu fanlarning har birini alohida-alohida 
oʻrganasiz.
Til ‒ ramziy tizim 
Ramz tushunchasi keng ma‘noli boʻlib, turli ma‘nolarda qoʻllaniladi. Olimlar 
tomo-nidan ramz atamasiga ta‘rif berish har xildir Ba‘zi bir olimlar ramz – kim 
uchundir nimanidir (xususiyat yoki munosabatni ) almashtira oluvchi, biror 
nimaning qulaylik uchun oʻrnini egallovchi narsa deb hisoblasa (masalan, J.Birs), 
boshqa bir nuqtayi nazar egalari ―boshqa bir narsalarni oʻzining tabiiy 
xususiyatlari orqali emas, balki insonlar tomonidan kelishilganlik, qabul 
qilinganlik asosida anglatish uchun yaratilgan mod-diylik‖ sifatida talqin qiladilar. 
Qomusiy adabiyotlarda esa ramz (rus znak,.ingilizcha-singe, nem.-Ziechen) 
tushunchasiga quyidagicha ta‘rif beriladi: 
1. Ramz (znak) ‒ moddiy (material) qabul qilinadigan narsa boʻlib, hissiy bilish 
jarayonida va odamlar orasidagi munosabatda biror bir predmet yoki predmetning 
muayyan xususiyati, munosabatini ifodalash hamda axborot saqlash va uning 
ma‘lum bir komponentini uzatish uchun xizmat qiladi. 
2. Ramz (znak)-boshqa bir predmetning, belgi yoki munosabatning vakili sifatida 
namoyon boʻluvchi va axborot (informatsiya, bilim)ga ega boʻlish, saqlash, qayta 
ish-lash va uzatish uchun ishlatiladigan moddiy predmet (hodisa)». 


3. Ramz (znak) boshqa bir narsa, voqea hodisa harakatni atash, ifodalash, undan
xabar berishga xizmat etuvchi va bevosita kuzatishda berilgan (sezgi organlariga 
ta‘sir etadigan) moddiylik. 
Odatda ramz ishora, belgi va timsol (simvol) tushunchalariga sinonim tarzida 
ishla-tiladi. Ammo ular orasida ma‘lum farqlar mavjud. Belgi asosan predmetning 
ma‘lum xususiyati, muhim, ajralib turuvchi sifatida boʻlsa, timsol muayyan bir 
g‗oyaning, ideal hodisaning moddiylashtirilgan ifodalanishi, narsaning oʻzi emas, 
balki uni eslatib turuvchi, koʻz oldimizda gavdalantiruvchi ma‘nosiga ega boʻlib,
unda koʻpincha koʻta-rinkilik, tantanavorlik boʻyog‗i, qoʻshimcha ma‘nosi xosdir: 
Kabutar ‒ tinchlik timsoli. Ramz esa biror bir predmet, voqea hodisa va 
xususiyatga ishora qiluvchi, anglatuvchi, uning oʻrnida kela oluvchi, uni muloqot 
jarayonida almashtira oluvchi moddiylik boʻlib, timsol atamasiga xos boʻlgan 
boʻyoqlardan xolidir.
Fanda, jumladan tilshunoslikda yana bitta atama - ishora soʻzi ham, ba‘zan
shartli belgi soʻz birikmasi ham shu ma‘noda qoʻllaniladi Bu atamalarning 
qoʻllanishidagi farq keskin emas, bib-birini bemalol almashtira oladi. Biz asosan 
ramz atamasidan foydalanamiz. Chunki bu soʻzda biz uchun ifodalanishi zarur 
boʻlgan ma‘no- ―narsaning (ataluvchi, nomlanuvchining) oʻzi emas, balki boshqa, 
lekin uni eslatuvchi moddiylik‖ tushunchasi boshqa atamalardan koʻra 
yorqinroqdir. Ramz muayyan mazmunni, g‗oyani boshqalarga yetkazish vazifasini 
bajaradi. Chunonchi, yoʻl chetidagi qoshiq, vilka tasvirli ramz yaqin yerda 
oshxona, tamaddi qilish imkoniyatini mavjud joyni bildiradi – oshxona ramzidir. 
Ramz uchun umumiy ontologik (tabiiy, zotiy) xususiyat oʻzi sezilib boshqa narsa 
haqida axborot (diqqat: narsaning oʻzini emas!) berishdir. Ana shunday ikki 
tomonli moddiylik ramz sanaladi. Ramzning ikki tomonliligi uning -a)moddiy 
(material), tashqi, zohiriy, ochiq darakchi (ifodalovchi) tomon va b)ma‘noviy 
(mazmuniy, ideal), ichki, botiniy – xabar (ifodalanmish) tomonlardan iborat 
boʻlishida namoyon boʻladi. 
Darhaqiqat, istagan ism, nom shartli belgi, u ixtiyoriy shu bilan birga jamiyat
uchun majburiydir. Bunda istalgan predmet yoki xususiyat istalgan predmet, 
hodisaning ramzi boʻlib kelishi mumkin. Misol uchun, svetofor chiroqlari ma‘lum 
vazifani bajaradi. Qizil chiroq toʻxtash, yoʻlning berkligi ma‘nosini bildiradi. 
Ammo bu qizil rang «toʻxtamoq» ma‘nosini ifodalaydi degani emas. Qizil 
rangning oʻzi toʻxtash ma‘nosi bilan hech qanday zotiy, tabiiy aloqada emas. 
Bizda qizil rang kishilar ongida turlicha g‗oyalarni-joʻshqinlik, qon, yoshlik, sevgi 
v.h. bildira olishi mumkin. Bundan tashqari, semaforning «toʻxtash» ma‘nosini 
anglatuvchi chirog‗i sifatida istalgan rang olinishi mumkin edi, lekin 


jamiyatimizda shu rang mana shu ma‘noda qoʻllaniladi, ijtimoiy kelishilgan va 
yoʻlovchilar uchun majburiy, qat‘iydir. Bu yerda darakchi va xabar orasida 
boʻg‗lanishning ixtiyorligi va ijtimoiy majburligi yorqin namoyon boʻladi.
Yoki yana bir misol. Yoʻtal, odatda shamollash yoki tumovning belgisi. Bu
tabiiy, biologik ramz. Yoʻtalni shartli-ijtimoiy ramzga aylantirish mumkin. 
Masalan ikki kishi (Rahimjon, Salimjon) oʻzaro kelishib, shartlashmoqda. 
Rahimjon: 
– Quyosh botishi bilan boraman. 
– Xonamga kirayotganda, yoningda hech kim boʻlmasa, 3 marta yoʻtalib kir. 
Sen ekanligingni bilaman va oʻrnimdan turaman. 
Bu holda kasallikning tabiiy ramz-belgisi boʻlgan yoʻtal tamoman boshqa 
ijtimoiy vazifada – ma‘lum bir kishi uchun ma‘lum bir kishi kelayotganligini 
ifodalash uchun sun‘iy ijtimoiy ramziy qoʻllanilmoqda. 
Istagan sun‘iy ijtimoiy ramz ma‘lum bir jamiyatdagina (yuqoridagi misolda 
ikki oʻzaro shartlashgan kishilar Rahimjon va Karimjon orasida) va faqat boshqa
bir ramz bilan bog‗lanib butunlik-sistema tuzgandagina belgilangan belgilangan bir 
vazifani bajara oladi va yashay oladi. Yuqoridagi misolda ham yoʻtal ramzi
yoʻtalning eshitil-masligi ham bir xil ahamiyatga ega. Shuning uchun sun‘iy 
ijtimoiy ramzlarning ya-shash tarzi ma‘lum bir butunliklarda, sistemalarda 
birlashishdir. Bunday sistemalar – ramziy sistema deyiladi. 
Demak, istalgan narsa yoki harakat ma‘lum bir ramziy tizimda sun‘iy ijtimoiy
ramz sifatida istagan turdagi voqea-hodisa, g‗oyaning darakchisi, xabarchisi 
sifatida voqealanishi mumkin. Bu esa jamiyat uchun juda ulkan va qulay 
imkoniyatlar yaratib beradi – bitta oddiygina ramzda juda katta miqdordagi 
axborotni hech qanday zid-diyatsiz mujassamlashtirish-kodlashtirish, turli tuman 
shakllada unga ishlov berish, saqlash, qabul qilishga yoʻl ochadi. Jamiyatimizda 
bu masalalar bilan shug‗ullanuvchi va ommaviy yutug‗i zamonaviy kompyuterlar 
boʻlgan maxsus fan – semiotika fani mavjuddir. Sizga maktabdanoq tanish 
boʻlgan informatika fani mana shu semiotikaning bir tarmog‗idir. 
Faqat matematika fani doirasida yana oʻndan ortiq ramziy tizimlarni sanash 
mum-kin. Shuning uchun ayta olamizki, ramziy tizimlar har qadamda uchraydi va 
bu tizimlar ichida eng ommaviy , eng kengtarqalgan va eng kattasi tilimizdir.
Tilimiz ham ramziy sistema boʻlib, shu tizim qonuniyatlari asosida yashaydi, 
ishlaydi va rivojlanadi. Shu sababli tilni oʻrganuvchi fan – tilshunoslikni Ferdinant 


de Sossur semiotikaning bir tarmog‗i deb tasniflangan edi. Endi shu masalaga 
toʻxtalamiz. 
―Til g‗oyalarni ifodalovchi ramzlar sistemasi, nutqiy qobiliyatning ijtimoiy 
mahsuli, ijtimoiy jamoa tomonidan hosil qilingan zaruriy ramzlar majmuidir‖, –
degan edi tilshunos Ferdinand de Sossur. Haqiqatan ham, mohiyatga e‘tibor tabiiy 
til oʻzining xususiyatlari bilan ramzlar tizimini eslatadi. Chunonchi, voqelikdagi
bitta predmetni, masalan, har kim va har kun foydalanadigan suyuqlik - suvni 
olaylik. Oʻzbek bu suyuqlikni suv deb, tojik ob deb, rus voda deb, arab moʻ deb, 
ingliz watter deb v.h. ataydi. Nega bir xil suyuqlikni besh xalq besh xil nomlaydi? 
Buning sababi shuki, narsaning nomi bilan narsaning oʻzi orasida hech qanday 
tabiiy-ontologik bog‗lanish yoʻq. Aks holda, bir denotatning nomi turli tilda bir
xil boʻlardi. 
Til har bir jamiyat uchun «azaldan tayyor», qabul qilinishi umumiy, majburiy 
boʻlgan avlodlar merosi hisoblanadi. Jamiyat a‘zolari tilning qanday paydo 
boʻlganini,uni kim yaratgan-u, kim tuzganini, undagi ramzlarni kim hosil qilganini 
kabi 
masalalar 
bilan, 
tabiiyki, 
qiziqmaydi. 
Kundalik 
hayotimizda,
jamoadoshlarimizga: «Nega bu predmet nomi shunday(masalan, kitob)?» degan 
savolni hech kim bermaydi. Jamiyat a‘zolari tilni «qanday boʻlsa, shundayligicha» 
qabul qilb koʻnikishgan. Ular ramzlarning ichki xususiyati, tarixi v.h. bilan 
qiziqishqishga yoki bir ramz oʻrnida boshqa ramzni qoʻllashga ehtiyoj sezmaydi. 
Hatto oʻzgartirmoqchi boʻlsa ham, oʻzgartira olmaydilar:til alhida kishilarning
farmoni va xoxishiga bo;ysunmaydi. 
Tilning qurilish birliklari boʻlmish fonema, morfema, leksema va qoliplarning
fone-madan tashqari barchasi ramzdir. Chunonchi, -lar unsurining tashqi darakchi 
tomoni tilda ma‘lum fonemalarning barqaror butunligi bolsa, uning ichki – xabar 
tomoni oʻzbek tili uchun xos boʻlgan son kategoryasining koʻplik shakli uchun xos 
boʻlgan ma‘nolarni ifodalash va vazifalarni bajarishdir. -lar unsurida bu ikki 
tomonning bog‗lanishi zotiy va tabiiy emas; jamiyatdan bu bog‗lanishni tayyor 
holda qabul qildik va unga rioya qilamiz. Demak, bu unsurda tomonlarning 
bog‗lanishi shartli, konvensionaldir va -lar ramz mohiyatiga ega. 
Leksemaning ramziy tabiati yuqorida koʻrib suv soʻzi misolida koʻrsatiladi.
Qolip-lar (qurilmalar) esa tilda morfema va leksemalar asosida tuziladi va qurilish 
materiali ramziy mohiyatga ega boʻlgach, qurilmalar ham shunday mohiyatga 
ega boʻlishi shart. 
Inson insonligining muhim belgilaridan boʻlgan til mohiyat va qurilish jihatdan 
ramziy tizim. Lekin u boshqa ramziy tizimlardan keskin farq qiladi. Oʻtgan asrning 


bosh va oʻrtalarida (Sossur va ilk sutruktalizm davrida ) tilning ramziy tizim 
ekanligiga alohida urg‗u berilar-bu oʻsha davrda tub yangilik edi. Hozir esa tilning 
boshqa ramziy tizimlardan farqiga urg‗u berish asridir. Shuni alohida ta‘kidlash 
lozimki, tabiiy til barcha ramziy tizimlardan ustun, chunki u istalgan sun‘iy ramziy 
tizimni almashtira olishi mumkin. Aslida barcha ramziy tizimlar lisoniy tizim 
asosida shakllanadi, ular-ning asosida tabiiy til yotadi. Tabiiy tizimlar birlamchi-
ikkilamchilik asosida tasnif etishda til birlamchi, qolgan barcha sun‘iy ramziy 
tizimlar uchun asos ularni almashtira oladigan tizim sifatida tasnif etiladi, 
ikkilamchi ramziy tizimlar qulaylik uchun sof pragmatik maqsadlarni koʻzlab 
tuziladi. Chunonchi: 2a2 + b2 – c3 = 0 tenglamasida 2a2 xonasini lisoniy 
ifodalaydigan boʻlsak, u quyidagi shaklga ega boʻladi: ―ma‘lum bir sonning oʻzini 
oʻziga koʻpaytmasining ikki baravari‖. 
Bu sakkiz soʻzli ibora oldida 2a2 afzalligini isbotlash kerak bo‗lmas? 
Til istagan sun‘iy ramziy tizimni almashtira oladi, lekin biror bir boshqa ramziy 
tizim, qanchalik mukammal boʻlmasin, tilni almashtira olmaydi. 
Til shunday ramziy tizimki, ma‘lum bir jamiyatning barcha-barcha a‘zolarining 
bar-cha faoliyat turlari uchun umumiy va majburiydir. Qolgan ramziy tizimlar 
jamiyatning alohida guruhlari uchun, ayrim faoliyat turlari uchun xoslangandir. 
Til oʻz-oʻzidan rivojlanish, oʻzgarish, ta‘sirga berilish, jamiyat talablari asosida 
yangilanish, biologik organik sistemalar singari ehtiyojlarga moslashish, 
zaruriyatni qondirish, yetishmaydiganni toʻldirish xususiyatlariga ega, boshqa 
ramziy tizimlarda esa muqimlik xos, ular faqat tabiiy til asosida, ya‘ni inson ongi 
va faoliyati orqali yangilanishi, oʻzgarishi, rivojlanishi mumkin. 
Til shunday ramziy tizimki, uning birliklariga darakchi va xabar nomutanosibligi
(asimmetrik dualizm) xususiyati xosdir. 
Tilshunoslikda lisoniy ramz tomonlari darakchi (ifodalovchi) va ifodalanmish 
unsurlardan iborat deb sanaladi. Chunonchi, darakchi: k-i-t-o-b (harf yoki 
tovushlar tizmasi, uning ruhiy obrazi), xabar: «kitob» tushunchasi , tushuncha-
borliqdagi voqelik «kitob» predmeti bilan aloqadorligi sababli lisoniy ramz, uning 
tomonlarining borliq va ong birliklari bilan bog‗lanishlarini quyidagicha koʻrsatish 
mumkin: 
Lisoniy ramz
/ \ 


Darakchi Xabar 
(Ifodalovchi) (Ifodalanmish) 
borliqdagi voqelik tushuncha
Bunday bog‗lanish nafaqat lisonoy, balki istagan turdagi semiotik sistemalar 
uchun xosdir. Faqat nolisoniy ramziy tizimlarda ramzning ong va borliq birliklari
bilan bog‗lanishi tushuncha orqali emas, balki til orqalidir – bu tizimlarda 
chizmzdagi tu-shuncha oʻrnini til vositasida ifodalanishi mumkin boʻlgan ma‘lum 
bir axborot egallaydi. Shuning uchun til birlamchi, qolgan barcha ramziy 
sistemalar ikkilamchi sana-ladi: istagan tizim ramzlari bilan ifodalanadigan 
axborot til vositalari bilan ifodalash mumkin, lekin tilni hech bir boshqa tizim
toʻla-to‗kis almashti a olmaydi. 
Til ramzlarining boshqa semiotik belgilardan yana bir qator farqlari mavjud 
.Bular ichida quyidagi jihatlarni alohida koʻrsatish mumkin: 
Til ramzlari uchun ommaviylik xos; ular shu tilda soʻzlovchi barcha kishilar 
uchun umumiydir. Boshqa ramziy tizimlar shu jamiyatning ma‘lumbir guruhlari 
uchun xizmat qiladi. 
Istalgan ramziy tizimning oʻrnini bosa oladi, zero ramziy tizimlar tilga tayanib 
yaratiladi. 
Lisoniy ramz uchun assimmetrik dualism hodisasi xos boʻlib, u boshqa tizimlarda 
uchramaydi. 
Lisoniy ramz oʻ z-oʻzidan rivojlana boradi boshqa ramzlar oʻzgarishi insoning 
bevosita faol ishtiroki natijasida amalga oshadi. 
Lisoniy ramzda barqarorlik va oʻzgaruvchanlik oʻzaro muvozanatda turadi. 
Milliy (umumxalq) til va adabiy til 
Qayerda yashashidan qat‘i nazar o‗zbek millatiga mansub barcha odamlar 
tomonidan ishlatiladigan til milliy (umumxalq) o‗zbek tili deb yuritiladi. Milliy til 
o‗z tarkibiga sheva, so‗zlashuv nutqi, jargonlar, vulgarizm (so‗kish, qarg‗ish 
so‗zlari), varvarizm (tilda o‗rinsiz ishlatilgan chet so‗zlar) kabi guruh so‗zlarni 
qamrab 
oladi.
Milliy tilning ma‘lum qoidalariga bo‗ysundirilgan, muayyan qolipga solingan, 


olimlar, san‘atkorlar, mutaxassislar tomonidan ishlov berilgan, doim 
silliqlashtirilib, mukammallashtirilib boriladigan shakli adabiy til deb ataladi. 
Adabiy til shu tilda gaplashuvchilarning barchasi uchun tushunarli bo‗lish zarurati 
adabiy tilning yaratilishiga sabab bo‗lgan. Milliy o‗zbek tilida shevalarning 
ko‗pligi adabiy tilga bo‗lgan ehtiyojni yuzaga keltirgan. Ayrim tillarda (misol 
uchun, fin tilida) shevalar kam bo‗lgani uchun adabiy tilga ehtiyoj yo‗q. 
Rasmiy hujjatlar, badiiy va ilmiy adabiyot, vaqtli matbuot adabiy tilda yaratiladi, 
ommaviy axborot vositalari adabiy tilda ish ko‗radi. Adabiy tilning og‗zaki va 
yozma shakllari mavjud. 
Sheva bir millatga mansub bo‗lib, lekin turli hududlarda yashaydigan odamlar 
tomonidan ishlatiladigan milliy til ko‗rinishidir. Sheva adabiy tildan fonetik (ya‘ni 
tovush), leksik (ya‘ni so‗z) va grammatik (ya‘ni qo‗shimchalar va gap qurilishi) 
jihatdan farq qiladi. Xalq shevalarining faqat og‗zaki shakli mavjud. Shevalarning 
bir-biriga yaqin bo‗lgan guruhlari lahja deb ataladi (dialekt so‗zi sheva va lahja 
tushunchalarini birgalikda ifodalaydi). 
Adabiy tilning belgilari 
Til ijtimoiy-ruhiy hodisa bo‗lib adabiy til uning tarixiy-madaniy ko‗rinishidir. 
Adabiy til millatning barcha vakiliga xizmat qilishi va ijtimoiy hayotning barcha 
sohasida qo‗llanishi bilan lahja va shevalardan ustun turadi. 
Adabiy tilning muhim belgilari quyidagilardan iborat: 
1. Me‘yoriylik. Til me‘yori til vositalarini qo‗llash qoidalari tizimidir. Til 
me‘yori til tizimining barcha sathini qamrab oladi. Shunga ko‗ra to‗g‗ri talaffuz 
me‘yori, to‗g‗ri yozish me‘yori, leksik me‘yor va grammatik me‘yor kabilar 
farqlanadi. 
2. Umummajburiylik. Umummajburiylik deganda jamiyatning barcha a‘zosi 
tomo-nidan adabiy til qo‗llanishining majburiyligi, adabiy til me‘yorlariga 
hammaning barobar rioya qilishi tushuniladi. 
3. Kodifikatsiya. Bu til me‘yorlarining ilmiy tavsifi bo‗lib, amalga oshirilgan ish 
lug‗at, qo‗llanma va darsliklarda qayd qilinadi. 
4. Og‗zaki va yozma shaklning mavjudligi. Sheva va lahjadan farqli ravishda 
adabiy til og‗zaki shakldan tashqari yozma shaklga ham ega bo‗ladi. 
5. Ko‗pvazifalilik. Adabiy til istalgan faoliyat sohasining kommunikativ 
ehtiyojlarini qondirishga qodir.


6. Uslubiylik. Adabiy til til tarmoqlangan vazifafiy uslublarga ega bo‗ladi. 
O‗zbek tili - Davlat tili 
Davlat tili – har qanday davlatning tarixiy taraqqiyoti negizida vujudga 
kelgan, o‗zini anglash, milliy ong va tafakkurning in‘ikosi, avlodlar o‗rtasidagi 
ruhiy – ma‘naviy bog‗liqlik vositasi, mamlakatda istiqomat qilayotgan turli millat 
va elatlar yakdilligini ifoda etadigan, davlat doirasida va davlatlararo 
munosabatlarda o‗zaro muloqot vositasi hisoblangan, qonuniy maqomga ega 
bo‗lgan hamda qonun bilan himoyalangan rasmiy til. 
Davlat tili odatda uch yo‗l bilan belgilanadi: 
1.Tarixiy an‘ana asosida muayyan davlat hududida istiqomat qiluvchi barcha 
xalqlar mavjud tillaridan birini umum til deb tan oladi.U, ko‗pincha, shu davlatdagi 
eng ko‗psonli millatning tili bo‗ladi. 
2.Hukumat,prezident, parlament yoki rahbar organlar tomonidan xalqaro yoki 
jahon tillaridan biri davlatning rasmiy tili deb e‘lon qilinadi.Davlat 
organlari,hukumat idoralari va rasmiy tashkilotlarda yozishmalar faqat shu tilda 
qabul qilinadi yoki jo‗natiladi, shuningdek, barcha muzokara, muhokama, majlis, 
sessiya, konferensiya, congress va shu kabi yig‗inlar ana shu rasmiy tilda 
o‗tkaziladi. 
3.Davlatning qonun chiqaruvchi organi yoki mamlakat prezidenti tomonidan 
jamiyat hayotining barcha sohalarida qollanilishi shart deb e‘lon qilingan til. 
Angliya , Kanada, Yaponiya, Xitoy,AQSh, Shetsiya, Norvegiya davlatlarida hech 
qaysi til davlat tili deb e‘lon qilinmagan bo‗lsada, lekin ularda azaldan mamlakat 
aholisining ko‗p qismini tashkil qilgan xalqning tili davlat tili, rasmiy til sifatida 
tan olingan.Gvineya,Gana, Kongo kabi sobiq mustamlaka davlatlarida rasmiy til 
sifatida sobiq mustamlakachilar tili, masalan, ingliz yoki fransuz tili qabul 
qilingan. 
Har qanday mamlakatda bo‗lgani kabi O‗zbekistonda ham o‗zbek tiliga davlat 
maqomi berilishi jarayoni oson kechmagan. Prezidentimizning qat‘iyati va oqilona 
sa‘y-harakatlari tufayli 1989-yil 21-oktabrda mamlakatimizda o‗zbek tili Davlat tili 
deb e‘lon qilindi. 
Shu tariqa ,xalqimizning muqaddas qadriyatlaridan biri bo‗lmish ona tilimiz 
o‗zining qonuniy maqomi va himoyasiga ega bo‗ldi. Konstitutsiyamizda Davlat 
tilining maqomi huquqiy jihatdan aniq belgilanib, mustahkamlab qo‗yilgan. Shu 
tariqa o‗zbek tili mustaqil davlatimizning bayrog‗I, gerbi, madhiyasi, 


Konstitutsiyasi qatorida turadigan, qonun yo‗li bilan himoya qilinadigan muqaddas 
timsollardan biriga aylandi. 
Yer yuzida qancha millat, xalq, elat, qabila bo‗lsa, shuncha til bor. Tilsiz xalq 
yo‗q. Xalqsiz esa til ham bo‗lmaydi. Bular egizak tushuncha bo‗lib, biridan birini 
ayirib bo‗lmaydi, ular ayirib qo‗yilsa, ikkisi ham o‗zligini yo‗qotadi. Xalq boshqa 
bir xalqqa qo‗shilib ketsada, uning tili o‗lik tilga aylanadi. Kezi kelganda shuni 
aytib o‗tish lozimki, birgina ―til‖ so‗zi misolida ham tilimizning naqadar boy va 
serjilo ekanini yaqqol ko‗rish mumkin. Til rivojining hozirgi holati o‗z sohibi 
bo‗lgan millat yoki elatning tadrijiy ravnaqi, bosib o‗tgan tarixiy yo‗li, jamiyatning 
qaysi bir taraqqiyot bosqichida ekani, iqtisodi, madaniyati, fani va ma‘naviyati 
kabi omillarga bog‗liq. 
Biz uchun esa o‗z ona tilimiz bo‗lmish o‗zbek tili azizu mo‗tabar ekani 
shubhasiz. Bu esa barchamizning tilimiz sofligi, uni asrab-avaylash va 
takomillashtirish uchun mas‘ul ekanimizni anglatadi. 
O‗zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida Prezident Islom Karimov 
tashabbusi va rahnamoligida davlat tiliga huquqiy maqom berish masalasi kun 
tartibiga qo‗yildi va 1989-yil 21-oktabr kuni «O‗zbekiston Respublikasining 
Davlat tili to‗g‗risida»gi alohida qonuni qabul qilindi. 
Har yili 21-oktabr yurtimizda o‗zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun 
sifatida keng nishonlanadi. Bu yil ham turli jamoat muassasalarida, maktablarda, 
kutub-xonalarda, klinikalarda tegishlicha tadbirlar o‗tkazilmoqda. 
Qonunga asosan eng muhim qadriyatlardan biri hisoblangan til qonun 
darajasida huquqiy asosga ega bo‗ldi. Bu qonun bilan o‗zbek millatining 
ma‘naviyatini, ruhiyatini, qadrini ko‗rsatadigan muhim omil, ya‘ni tilning maqomi 
huquqiy mustahkamlandi. Mazkur huquqiy asos orqali yangi shakllanayotgan 
davlatning, hukumatning, uning yangi rahbarining elga, yurtga nisbatan e‘tibori, 
ehtiromi namoyon etildi. 
Til har bir millatning ulkan boyligi, benazir qadriyati va bebaho mulki 
hisoblanadi. Har bir xalq, har bir elat, o‗zi hurmat va ehtirom qiladigan tilga ega. 
Tilda ana shu tilning ijodkori bo‗lgan xalq, elatning tarixi va madaniyati aks etadi. 
Ayni zamonda til ijtimoiy taraqqiyotda ulug‗vor ahamiyat kasb etadi. Til – har bir 
millat o‗zligining ajralmas belgisidir. 
O‗zbek tili – O‗zbekiston Respublikasi aholisining mutlaq ko‗pchiligi bo‗lmish 
o‗zbek xalqining ona tilidir. U O‗zbekiston birligi va yaxlitligi, jamiyat jipsligining 
muhim omili hisoblanadi. O‗zbek xalqining milliy madaniyati va o‗ziga xosligini 


ifoda etuvchi vosita bo‗lmish o‗zbek tilining har tomonlama rivojlanishini 
ta‘minlash, mazkur tilning davlat tili maqomidek salohiyatini izchil va to‗liq 
ro‗yobga chiqarish muhim vazifadir. 
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda o‗zbek adabiy tilini rivojlantirish 
masalalariga alohida e‘tibor qaratilmoqda. Buning natijasida o‗zbek tili davlat tili, 
davlat ramzi, milliy madaniyat va ma‘naviyatni ifodalovchi hamda ularni kelajak 
avlodga yetkazuvchi muhim muloqot vositasi darajasiga ko‗tarildi. O‗zbek tilining 
xalqaro miqyosdagi nufuzi oshib, faol muloqot vositasiga aylanib bormoqda. Turli 
darajadagi rasmiy uchrashuvlar, muzokaralarda tilimiz keng qo‗llanilayotgani, 
xorijdagi ko‗plab universitetlar, ilmiy muassasalarda o‗zbek tili markazlari tashkil 
etilib, ularda ona tilimizni o‗rganishga qiziquvchilar safi tobora ortib bormoqda. 
O‗zbekistonda nafaqat o‗zbek tili, balki boshqa millat va elatlarning tillari, urf-
odatlari hurmat qilinishi milliy qonunchiligimizda aks etgan. Uning amaliy isbotini 
O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasidagi quyidagi norma 
misolida ko‗rish mumkin: «O‗zbekiston Respublikasining davlat tili o‗zbek tilidir. 
O‗zbekiston Respublikasi o‗z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va 
elatlarning tillari, urf-odatlari va an`analari hurmat qilinishini ta‘minlaydi, ularning 
rivojlanishi uchun sharoit yaratadi». 
«O‗zbekiston Respublikasining Davlat tili to‗g‗risida»gi qonunning 7-
moddasida qayd etilishicha, davlat tili rasmiy amal qiladigan doiralarda o‗zbek 
adabiy tilining amaldagi ilmiy qoidalari va normalariga rioya etiladi. Davlat o‗zbek 
tilining boyitilishi va takomillashtirilishini ta‘minlaydi, shu jumladan, unga hamma 
e‘tirof qilgan ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy-siyosiy atamalarni joriy etish hisobiga 
ta‘minlaydi. Bu orqali davlat o‗zbek tilini asrash, boyitish va rivojlantirishda 
mas`ullikni o‗z zimmasiga olgan. Shu asosda yurtimizda o‗zbek tilining boyitish 
va takomillashtirishga doir ko‗plab ilmiy izlanishlar, loyihalar olib borilmoqda, 
turli sohalarga oid lug‗atlar, ilmiy risolalar muntazam nashr etilmoqda. Ayni 
paytda mamlakatimizdagi barcha nashriyot matbaa-ijodiy uylari tomonidan ona 
tilimizning jozibasini bor bo‗y-basti bilan namoyon etishga doir nashrlar chop 
etilib, kitobxonlar e‘tiboriga havola etilayotganini alohida qayd etish lozim. 
Shuningdek, 
yuqoridagi 
Qonunning 
8-moddasida 
O‗zbekiston 
Respublikasining qonunlari, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining boshqa 
hujjatlari davlat tilida qabul qilinishi va e‘lon qilinishi belgilangan. Mazkur norma 
«Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‗g‗risida»gi Qonun 26-moddasining 
to‗rtinchi qismida yanada aniqlashtirilgan. Unga asosan, «qonun loyihasi va unga 
ilova qilinadigan hujjatlar qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari tomonidan 


Qonunchilik palatasiga davlat tilida kiritiladi». Ushbu normalarning ijrosi amalda 
ta‘minlanayotganini hozirgi kunda Qonunchilik palatasiga kirtitilayotgan qonun 
loyihalari misolida yoki Oliy Majlisda qabul qilinayotgan qonunlar o‗zbek tilida 
qizg‗in muhokama etilayotganligida ko‗rish mumkin 
O‗zbek adabiy tili va shevalari 
Sheva bir millatga mansub bo‗lib, lekin turli hududlarda yashaydigan odamlar 
tomonidan ishlatiladigan milliy til ko‗rinishidir. Shevalarning bir-biriga yaqin 
bo‗l-gan guruhlari lahja deb ataladi (dialekt so‗zi sheva va lahja tushunchalarini 
birgalikda ifodalaydi.). Jumladan, o‗zbek milliy tilining uchta lahjalar (dialektlar) 
guruhi mavjud:
1. Qarluq lahjasi (janubiy-sharqiy guruh). 
2. Qipchoq lahjasi (janubiy-g‗arbiy guruh). 
3. O‗g‗uz lahjasi (shimoliy-g‗arbiy guruh). 
Qarluq lahjasi asosan shahar shevalarini o‗z ichiga oladi (Toshkent, Andijon, 
Farg‗ ona, Samarqand, Buxoro). Bu shevalarning muhim fonetik va morfologik 
belgilari quyidagilar: 
1) so‗z oxiridagi k tovushi y tarzida aytiladi: elak - elay, terak - teray
2) o lashish yuz beradi: aka - oka, nahor – nohor. 
3) Bu lahjada qaratqich kelishigining qo‗shimchasi yo‗q bo‗lib, uning o‗rniga 
ham tushum kelishigi qo‗shimchasi -ni ishlatiladi: ukamni(ng) daftari. 
Qipchoq lahjasi shevalari O‗zbekistonning hamma viloyatlarida mavjud, ular 
asosan qishloqlarda tarqalgan (Samarqand, Jizzax, Surxondaryo, Qoraqalpog‗iston, 
Shimoliy Xorazm viloyatlari, Turkmanistonning Toshovuz viloyati shevalari). 
Belgilari quyidagilar: 
1) y o‗rnida j ishlatiladi: yo‗l - jo‗l, yo‗q - jo‗q. 
2) g‗ o‗rnida v ishlatiladi: tog‗ - tov, sog‗ - sov va b. 
3) so‗z oxirida k, q tovushlari tushiriladi: quru(q), sari(q). 
O‗g‗uz lahjasi Janubiy Xorazmdagi (Urganch, Xiva, Xonqa, Hazorasp, 
Qo‗shko‗pir, Shovot tumanlari) bir qancha shevalarni o‗z ichiga oladi. Belgilari: 
1) unlilar qisqa va cho‗ziq aytiladi: at (hayvon), aad (ism). 


2) t tovushi d, k esa g tarzida aytiladi: tog‗ - dog‗ , keldi - galdi.
3) -ning qo‗shimchasi –ing tarzida, -ga qo‗shimchasi esa -a, -na tarzida 
aytiladi: yorimga – yorima, alina (qo‗liga).
O‗zbek milliy tilining lahjalari orasida, odatda, qarluq-chigil-uyg‗ur lahjasi hozirgi 
o‗zbek milliy adabiy tilining me'yorlarini belgilashda muhim ahamiyat kasb etgan 
deb, odatda, alohida ajratiladi. Buning boisi shundaki, o‗zbek xalqining 
shakllanishida qarluq etnik tarkibi Qoraxoniylar davridan boshlab alohida mavqega 
ega edi. 
O‗zbek tili bu lahjasining nomlanishida (qarluq-chigil-uyg‗ur lahjasi) bir muncha 
anglashilmovchilik mavjud. Birinchidan, bu atamadagi [chigil] so‗zi ortiqcha, 
chunki chigillar qarluqlarning bir bo‗g‗ini, xolos. Bu bo‗g‗in qanchalik katta va, 
Koshg‗ariy so‗ziga ko‗ra, ahamiyatli bo‗lmasin, qarluq toifasiga mansub. 
Ikkinchidan, atama tarkibidagi [uyg‗ur] so‗zining ham qadimgi uyg‗urlarga hech 
qanday aloqasi yo‗q. Bu atama o‗zbek tili bilan birgalikda turkiy tillar g‗arbiy hun 
tarmog‗ining qarluq guruhiga mansub bo‗lgan hozirgi uyg‗ur tiliga ishora qiladi, 
xolos. Shuning uchun hozirgi o‗zbek milliy adabiy tili me'yorlarining bu lahja 
xususiyati bilan yaqinligi bejiz emas. Lahjaning qayta nomlanishida tarixchi va 
shevashunoslarning xulosasi zarur. 
A.K.Borovkov qayd qilib o‗tganidek, o‗zbek tilining birorta shevasini ham adabiy 
tilga hamma jihatdan asos bo‗lgan deb aytib bo‗lmaydi. Buning bosh sababi 
shundaki, hozirgi o‗zbek milliy adabiy tili uzoq adabiy ishlov an'anasining 
(jumladan, eski turkiy, eski o‗zbek, yangi o‗zbek adabiy tillarining) bevosita 
davomi va XX asrda u (yozuv va adabiy ishlov an'anasiga ega bo‗lmagan xalqlarda 
bo‗lganidek) tamoman yangi bir hodisa sifatida yuzaga kelmagan: milliy adabiy til 
kamida ming yillik adabiy ishlov mahsuli. Ikkinchidan, o‗zbek tilining barcha 
lahjalari o‗zbek tilining taraqqiyotiga ma'lum bir darajada hissa qo‗shgan. Birining 
adabiy tilga ta'siri bir sohada kuchliroq bo‗lsa, boshqa sohada o‗zga bir shevalar 
guruhining ta'siri ko‗proq seziladi. Masalan, Andijon, Farg‗ona shevalarida o‗zbek 
tiliga xos eng ko‗p tarqalgan grammatik shakllardan birini – hozirgi zamon 
fe'lining [-yap] affiksi vositasida yasaluvchi shaklini bergan deyiladi. Lekin bu 
shakl qipchoq lahjalarida ham aynan shunday qo‗llanadi. Shunisi xarakterliki, bir 
qarashda adabiy tildan birmuncha uzoqroq deb tasavvur qilinadigan qipchoq 
lahjasi morfologiyasi singarmonizmdan, ya'ni fonetik o‗ziga xoslikdan xoli olinsa, 
adabiy til morfologiyasi bilan qariyb bir xil. Yoki adabiy tilga fonetik jihatdan asos 
deyilgan Toshkent shevasida [x] va [h] tovushlari, qaratqich va tushum kelishiklari 
shakllari farqlanmaydi. Qipchoq shevalarida esa ular qat'iy ajratiladi. Qipchoq 


shevalarining adabiy til lug‗atini, xususan, uning chorvachilik atamalari tizimini 
rivojlantirishda, adabiy tilning uslubiy imkoniyatlarini boyitishda katta hissasi bor. 
Masalan, [qirqim], [o‗tov], [to‗l], [sarimoy], [chakki], [chalop], [uloq], [sovliq] 
kabi umumiy va chorvachilik atamalari, [quyruq], [bovur], [patir], [tovoq], 
[kulchatoy], [lochira] singari pazandachilik atamalari adabiy tilga qipchoq 
shevalaridan kirib kelgan. 
Adabiy tilning rivojlanishiga o‗zbek tilining o‗g‗uz lahjasi ham ma'lum darajada 
hissa qo‗shgan. Buning uchun adabiy tildagi [yoshulli], [o‗g‗lon], [buyon], 
[qaydin], [qorago‗z] kabi qator so‗zlarni misol sifatida keltirish kifoya. 
Demak, o‗zbek milliy adabiy tilining shakllanishi va taraqqiyotida tayanch manba 
bo‗lgan tarixiy an'ana bilan bir qatorda barcha lahja va shevalarning o‗ziga xos 
o‗rni bor.

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin