MILLIY MADANIYAT – ma’lum elat, millat, xalq tomonidan uzoq tarixiy rivojlanish jarayonida yaratilgan, ularning ijtimoiy-madaniy ehtiyojlarni ifoda etgan moddiy va ma’naviy boyliklar majmui. Milliy madaniyatga til, turmush tarzi, mentalitet, urf-odatlar, din, xalq ijodi, arxitektura, adabiyot, musiqa, axlokiy-ma’naviy qadriyatlar va hokazolar kiradi.
MILLIY QADRIYATLAR – millat uchun muhim va jiddiy ahamiyatga ega jihatlar, xususiyatlar, moddiy va ma’naviy boyliklar.
PORTAL- lotincha “eshik”, “deraza” degan ma’nolarni ifoda etadi. Yana bir ma’nosi – yopiqlik emas, hamisha ochiqlik ma’nosini, ya’ni ochiq turuvchi eshiklar ma’nosini ham anglatadi.
QADRIYATLAR – borliq, jamiyat, narsalar, voqealar, hodisalar, inson hayoti, moddiy va ma’naviy boyliklarning ahamiyatini kо‘rsatish uchun qо‘llaniladigan tushuncha. Qadriyatlar bilan bog‘liq masalalar hayotning eng asosiy mavzulari bо‘lib hisoblanadi.
REPERTUAR – drama teatri, musiqali teatr, estrada konserti.
SHAXSIY MAS’ULIYAT - davlat va jamiyat talablarini bajarishda mas’ul shaxsning siyosiy, axloqiy, kasbiy, ma’naviy jihatlarda о‘zini namoyon etish darajasi. Shaxsiy mas’uliyat insonga qо‘yilayotgan talablarni bajarishga nechog‘liq qodirligi, ularni qay darajada anglay olishi, talab qilinayotgan natijaga erishish,tashqi omillar ta’siridagi harakatlarning oqibati uchun insonning javobgarligi, bu oqibatlarni oldindan kо‘ra bilish singari masalalarni qamrab oladi.
SIVILIZATSIYA – fuqarolikka, davlatga taalluql, tamaddun keng ma’noda – ongli mavjudotlar mavjudligining har qanday shakli, madaniyat sо‘zining sinonimi.
SPEKTAKL -teatr san’ati asari. Postanovkachi-rejissyor boshchiligida teatr jamoasi tomonidan yaratiladi. Spektakl asosida pyesa mazmuni bilan belgilanuvchi g‘oyaviy niyat yotadi.
STRATEGIYA - ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning bosh yо‘nalishi, barcha say-harakatlarning poydevori, davlat va jamiyat hayotidagi tub burilish davri uchun xos bо‘lgan boshqaruv san’ati mazmunini ifoda etadi.