Oʼzbekiston respublikаsi oliy vа oʼrtа mаxsus tа`lim vаzirligi



Yüklə 1,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/19
tarix01.05.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#105613
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
O zbekiston respublikаsi oliy vа o rtа mаxsus tаlim vаzirligi

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


38 
XULOSA 
Respublikamizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarni hayotga tadbiq 
etishda, aholinig ijtimoiy turmush tarzini yanada ko’tarishda, qolaversa xalqning 
farovon hayoti uchun bevosita o’z ta’sirini ma’lum bir ma’noda o’tkazishda, 
siyosiy-ijtimoiy nuqtai nazardan ishlab chiqaruvchi va xizmat ko’rsatuvchi omil 
sifatida xayotiy siklda bevosita ishtirok etuvchi korxona-tashkilotlarning o’rni 
bozor munosabatlari davrida muhim ahamiyatni kasb etadi. Bu omillarning 
rivojlantirishda va hamda ularning iqtisodiy salohiyatini oshirib, sog’lom raqobat 
muhitida o’z mavqega ega bo’lishda, davr talabiga monand ilmiy tixnik va 
ma’naviy yangiliklarning o’z vaqtida amaliyotda tadbiq etish maqsadga molikdir. 
Zamonaviy texnologiyalar asosida korxonalarda yangicha ishlab chiqarishni tashkil 
qilish, qo’shimcha xizmat turlarini taklif etish va mavjud mahsulot va xizmat 
turlarining sifatini oshirish asosida korxonalarni boshqarishni innovatsion jihatdan 
rivojlantirish jamiyat zaruriyatidir.
Innovatsiyani ilmiy izlanishlarda, texnologik va ishlab chiqarish jarayonlarda 
xalqaro standartlarga asosan qo’llanilishi, bu bozor iqtisodiyoti sharoitida tashkiliy 
strukturaning to’g’ri tashkil etilganligidan dalolat beradi. Xalqaro strandartlarga 
asosan innovatsiya orqali, umumun inovatsion faoliyat orqali qo’lga kiritilgan 
yangi bir turdagi mahsulotni, xizmatni yoki ularni takomillashtirilgan ko’rinishda 
bozorga kiritilishi, shu bilan birgalikda yangi yoki mukammallashtirilgan 
texnologik jarayonlarni amaliyotga tadbiq etilishi bu ijtimoyi xizmatlarga bo’lgan 
yangicha yondashuvni shakillantirib beradi.
Tashkilotlarga kirishdagi innovatsiyalar, ya’ni bunda xom – ashyolarga, 
materiallarga, ma’lumotlar va mashina uskunalarga bulgan tanlovda o’zgarishlarni 
tushunish mumkin. Tashkilotlardan chiqishdagi innovatsiyalar, ya’ni bunda to’lov 
berilgan buyumlar, xizmatlar, texnologiyalar va 
hokazolar tushuniladi. 
Tashkilotning tizimli strukturasidagi innovatsiyalar, ya’ni boshqaruv, ishlab 
chiqarish va texnologik strukturadagi innovatsiyalar.
O’zbekistonning dunyo hamjamiyatiga integratsiyalashuvi jahon bozorida 
milliy mahsulotlar, tovarlar va xizmatlarning erkin savdosini tashkil etish va keskin 
raqobat sharoitida mamlakatlararo tovar ayriboshlash sohasida o’z o’rnini topishga 
zamin yaratadi. Buning uchun mamlakatning ilmiy va texnologik salohiyatini 
ko’tarish, birinchi navbatda, iqtisodiyotining barcha tarmoqlari, jumladan, ishlab 
chiqarish va xizmatlar ko’rsatish sohalarida texnik darajani tiklash, ishlab 
chiqarishni modernizatsiya qilish, ilmiy texnika taraqqiyoti mahsulotlarini 
amaliyotga joriy etishni jadallashtirishga katta e’tibor qaratish lozim.


39 
Shu maqsadda «Sirg’ali dehqon bozori» Ochiq aktsiyadorlik jamiyatining 
faoliyatida 
innovatsion 
texnologiyalarining 
kiritilishi 
o’rganib chiqildi. 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bozorlar va savdo 
komplekslari faoliyatini tartibga solishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar 
to’g’risida”gi qarori chiqqan.
Mamlakat miqyosida innovatsion faoliyat bozor talablarini e’tiborga olgan 
holda iqgisodiyotning barcha tarmoqlarini qamrab olishi zarur. Aks holda soha va 
tarmoqlarni samarali rivojlantirish uchun zarur bo’lgan miqdorda foydani olishga 
erishish qiyin muammo bo’lishi bilan birga ishlab chiqarish jarayonini 
kengaytirilgan takror ishlab chiqarish shaklida olib borishga salbiy ta’sir etadi.
Tadqiqotlar natijasida iqtisodiy-ijtimoiy tizimlarning innovatsion rivojlanish 
xiliga o’tishning tashkiliy boshqaruv jarayonining ta’minlanishi uchun quyidagi 
tadbirlar taklif qilinmoqda:

koroxonaning ishlab chiqarish va sotish operatsiyalarini markazlashtirish;

mahsulotlarni oddiy maqsadlar va operatsiyalar orqali ishlab chiqarishga 
yordam beruvchi egiluvchan tashkiliy texnologik tizimini yaratish. Buning asosida 
ilmiy ishlab chiqarish tizimini yangi avlodni qabul qilish yoki mukammallashtirish 
yotadi;

istiqbolli sohalarni egallashga qaratilgan innovatsion tadbirkorlik 
firmalarni, ilmiy laboratoriyalarni yaratish;

o’zida istiqbolli ilmiy izlanishlarni va ishlab chiqarish, moliyalashtirishni, 
ularning natijalaridan foydalanish huququni egallash, mutaxassislarni o’qitish va 
qayta o’qitishni moliyaviy jihatdan ta’minlash, maslahat berish xizmatlarini olgan 
ilmiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilishni shakllantirish;

ilmiy izlanish ishlarini olib boish uchun boshqa firmalar bilan aloqani 
tashkil etish, yangilik firmalarni tashkil etish. Yirik innovatsion loyihalarni amalga 
qo’llash;

yetakchi mutaxassislardan keng integratsiyalashuvga o’tish asosida 
boshqaruvni demokratik va koodinatsion usullarini rivojlantirish.
Innovatsiyalarni yaratish uchun ajratilgan mablag’lardan foydalanishni 
nazorat qilish, undan samarali foydalanish uslublarini takomillashtirish, 
innovatsiya ishlarini olib boruvchi sub’ektlar o’rtasidagi munosabatlarni 
takomillashtirish ularning manfaatdorligi va javobgarligi bilan bog’liq.

Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin