6-jadval
Xorij mamlakatlarida ilmiy tadqiqotfarga moliyalashtirishning asosiy
ko'rsatkichlari
Ko'rsatkichlar
Rossiya AQSH
Yaponiya Germaniya
YAIMdagi
ilmga
xarajatlar, %
0,94
2,5
2,6
2,4
ITTKIni
moliyalashtirish, %
100
100
100
100
Davlat budjeti, %
48
35,8
19,5
34,1
Turli
xil
nobudjet
fondlari, %
6
5,1
7, 1
—
Boshqa manbalar, %
46
59
73,4
65,9
Yaponlar doim o'zlarini jamoaning bir bo'lagi sifatida biladilar. Va ular, E.
Mayo aytganidek, ish — bu jamoa faoliyatidir, degan shiorga doim amal qilishadi.
Yaponiyadagi boshqaruv usullarini o'zgarishi optimal tizim yaratish uchun
konsepsiya tanlashda erkinlik va hurfikrlikni o'sishidir. Ammo bu o'zgarishlar
Yaponiyaning milliy urf-odatlariga zid bo'lmasligi kerak. Bu haqda yirik tadbirkor
S.Xonda shunday fikr bildiradi:
34
«Kimki korxona boshqaruvchisi bo'lsa, u avvalo, boshqaruv usulini hamma
tomonlama isbotlangan holda ko'rsatmog'i darkor, U korxonaning aniq
maqsadlarini ko'ra biladigan va korxonaning siyosatini va rejalarini shunday
tuzishi kerakki, ishchilar faoliyati davomida o'z mas'uliyatini sezib, ishdan
qoniqish hosil qilsinlar. Buning uchun lider nazariy jihatdan kuchli va amaliy
jihatdan hayotiy konsepsiyaga ega bo'lishi kerak.»
18
Yapon boshqaruvining yana bir xislati uning uzluksiz o'qish va o'qitish
konsepsiyasidir. Yaponlar o'qishni o'z ishlari va hokimyat pog'onasi bo'yicha
ko'tarilish uchun kerak bo'lgan omil deb biladilar.
Yaponlar birovlaming xatolarida o'iganishni xush ko'radilar. Ular doim tashqi
olamdagi o'zgarisarni qiziqish ila kuzatib turadilar.
1947-yili «Panasonik» kompaniyasining asoschilaridan biri 1. Matsusita
boshqanjv savollari bo'yicha «Donnay» nomli laboratoriya tashkil qiladi va uning
birinchi xulosalaridan biri quyidagicha bo'ladi: «Har qanday tashkilot uning
kattakichikligiga qaramay, daromad olishdan farqli bo'lgan boshqa maqsadga ega
bo'lishi kerak. Bu maqsad uning faoliyatini tu-shuntirib turishi lozim. Agarda
boshqaruvchi ushbu missiyani to'liq tu-shunib yetsa, uni xodimlarga to'g'ri
tushuntirishi lozimdir.
«Inson potensiali» konsepsiyasini tushunishda Ringning jamoa bo'lib qaror
qabul qilish sistemasini olishimiz mumkin. Unga ko'ra qaror qabul qilish uchun
javobgarlikni butun guruh o'z bo'yniga olishi lozim. Bu sistemada masala o'rtaga
tashlangandan so'ng oldin noformal guruhlarda muhokamadan o'tadi, agar kimdir
bu masalaga qarshi chiqsa, savol yana ushbu masalani o'rtaga tashlagan insonga
boradi.
Yapon usullari ko'pchilikni ustun kelishi emas, balki hammaning fikri
birdamligi asosida qurilgan. Albatta, hammaning fikri bir xil bo'lmaydi, shuning
uchun ma'qul bo'lgan kompromiss topiladi. Yaponlar uchun o'zidan yoshi va
lavozimi jihatidan katta bo'lgan insonga gap qaytirish yoki uning fikriga
qo'shilmsalik tarbiyasizlik alomati deb qarala-di. Shuning uchun norozilikni o'ta
diplomatik holda bildirish lozimdir. An'anaviy bo'lgan «X» va «U» modeliga
qarama-qarshi bo'lgan holda, yaponlar «inson potensiali» modelini muvaffaqiyatini
qo'llab kelishyapti. Unga ko'ra odamlar o'z qobiliyatlarini rivojlantirgan va
qoilagan holda bu ishdan qoniqish hosil qilsin.
O'rta pog'ona boshqaruvchilariga Isikava Kaoru ushbu maslahatlarni beradi:
18
Санто Б. “Инновации как средство економического развития”. М.: Прогресс. 2000 г. 355 стр.
35
-
Xodimning foydaliligi uning fizik jihatdan doim mavjudligi bilan emas,
balki bu xodimga firmaning ehtiyoji bilan belgilanadi.
-
Kimki xodimlarning boshqaruvi bilan shug'ullansa, bu faqat yarmga
boshqaruvchidir. Haqiqiy boshqaruvchi deb shunday boshqaruvchi olinadiki
o'zidan yuqori turganlarni ham boshqara olsin.
-
Qo'l ostidagi ishchilarga ba'zi huquqlar berilishi ularning qobiliyatlarini
hartomonlama rivojlanishi va faollashishiga olib keladi.
-
Yuqori pog'onadagi boshqaruvchilarning sizning ishingiz natijalariga
bo'lganmunosabatini doim kuzatavermang.
-
O'rta pog'ona boshqaruvchilari va ularning qo'l ostidagilari o'zlarining ish
natijalari haqidagi axborot haqiqiyligigajavobgardirlar.
-
O'rta pog'ona boshqaruvchilari sifat to'garaklari faoliyatiga javobgardirlar.
-
Funksiyalar bo'yicha boshqaruv deb hisoblangan boshqa bo'limlar bilan
hamkorlik va aloqa.
-
Kelajakka yo'nalish firmaning samarali faoliyati uchun asosiy omildir.
Firma boshqaruvchisi o'z ishida 10 yil oldinga yo'nalib faoliyat ko'rsatmog'i,
yuqori pog'ona boshqaruvchisi 5 yil oldinga yo'nalib faoliyat ko'rsatmog'i, bo'lim
boshlig'i 3 yilga va bo'lim boshlig'i kamida 1 yil oldinga o'z faoliyatini
yo'naltirmog'i kerak.
Hozirgi paytda jahon hamjamiyatining rivojlangan mamlakatlarida an'anaviy
ilmiy texnika taraqqiyotida innovatsion, ilmiy texnologik tartibga jadal o'tish
jarayoni ro'y bermoqda. Innovatsion tartibning awalgisidan farqi shundaki, fanning
shakllanishi va davlat tomonidan moliy'alashtirish tizimidan texnologik va ilmiy
innovatsiyalar barcha turlarini davlat tomonidan rag'batlantirishga o'tish
kuzatilmoqda.
Hozirda AQSHda va xususan, g'arbiy Yevropada, eng awalo Fransiya,
Germaniyada fan-texnika siyosatining innovatsion siyosatga aylanishi ro'y
bermoqda. Uning asosiy vazifasi — ilmiy va texnologik innovatsiyalar, eng awalo,
kichik va o'rta korxonalar uchun, shuningdek, o'rta va qisqa muddatli dasturlar
sohasida tezkor dversifikatsiya uchun eng qulay sharoitlar yaratishdir. Fanni
moliyalash bo'yicha AQSH jahonda yetakchi o'rinlardan birini egallaydi. Ko'plab
rivojlangan mamlakatlarda ITlMTni moliyalashdagi davlatning roli ancha faol
bo'lib, faqat davlat tashkilotlari tomonidangina amalga oshirilmaydi. Hozirgi
vaqtda AQSHda federal hukumat ulushi (moliyalash manbayi sifatida) barcha
xarajatlar salmog'ining 50 foizini tashkil eradi. Bu ko'rsatkich Buyiik Britaniya,
Shvetsiya va Gerrrianiyada 40 foiz atro-fida, Fransiyad 57 foiz, Yaponiyada 28
36
foiz. IT1MT sohasining davlat to-monidan bunday e'tibor bilan ko'plab
quwatlanishi qonuniy bo'lib, bir qator dalillar bilan izohlanadi.
Ilmiy tadqiqot konstruktorlik ishlari davlat tomonidan turli shakllarda
qo'llabquvvatlanishi mumkin, jumladan:
-
ilmiy tadqiqotlar uchun bevosita budjet mablag'lafini ajratish (davlat
tashkilotlari orqali moliyalash, shartnomalar tuzish, subsidiyalar ajratish). Ayni
holatda davlat yirik xarajatlar talab qilinadigan va ko'plab ta-vakkalchilikka ega
bo'lgan fanning yetakchi yo'nalishlaridagi ko'p kapi-talli tadqiqotlarni moliyalashni
o'z bo'yniga oladi;
-
ilmiy tadqiqotlarni (IT1MT) bilvosita moliyalashning turli usullari:
xususiy kompaniyalar, innovatsiya jarayonini rag'batlantirish, shuningdek,
ular investitsiyasini yangi asbob-uskunalar olish uchun kengaytirish maqsadlarida
soliq va amortizatsiya imtiyozlaridan foydalanish.
AQSH davlat innovatsiya siyosatining obyekti — bu asosan xususiy
biznesdir. Davlatning bu boradagi siyosati mavjud ilmiy-texnik yutuqlardan
xo'jalikda
foydalanishga,
ilmiy-texnik
majmuada
ichki
aloqalarni
mustahkamlashga qaratilgan. Davlat innovatsiya siyosatining usul va vositalari
ancha keng. Bunga u yoki bu ma'noda biznesning innovatsion faolligini
rag'batlantiruvchi turli xil davlat tadbirlari kiradi. Amerikalik mutaxassislarning
ta'kidlashicha, eng samarali tashkiliy shakllardan biri universitet — sanoat,
tadqiqot markazlari sanaladi. Davlat ishtirokida tashkil etiladigan bunday
markazlar doirasida juda keng ko'lamdagi ilmiy-texnik masala-larni hal etish
imkoni mavjud. Sanoat korxonalari va universitetlarning hamkorlikdagi
tadqiqotlariga oid yirik dasturlar davlatning maqsadli ilmiy jihatdan ishtirokchilar
faoliyatining boshqa korporatsiya mexanizmini nazarda tutadi.
O'zbekistonda AQSH davlat innovatsiya siyosatining ma'lum bir tomonini
qo'llash mumkinki, bunda davlat moliyaviy mablag'larining umumlashishini va
sanoat moddiy texnika bazasini malakali oliy o'quv yurtlari kadrlari bilan
ta'minlashi rag'batlantirilishi lozim. Uzoq istiqbolga moijallangan tavakkal ilmiy
texnika loyihalariga mablag' ajratishga sanoat korxonalarini qiziqtirish uchun
davlat dastlabki xarajatlarni o'z bo'yniga olib qolmasdan, ishtirokchi firmalarga
kashfiyot va ixtirolardan foydala-nishda bepul litsenziyalar ham berishi kerak
bo'ladi.
AQSHdagi eng yirik kompaniyalarda ishlab chiqarish hajmi ko'pincha eng
maqbul me'yordan oshadi, aynan shu narsa ilmiy texnika soha rivojlanishida
monopoliyani to'xtatadi, kichik firmalar faoliyatining muvaffaqiyati ham shunda.
37
O'zbekistonda yirik firmalar sateliti (ko'makchisi) sifatida ishlaydigan kichik
firmalarni tashkil etish uchun shart-sharoitlar yaratish zarur.
Yaponiya tajribasi shuni ko'rsatadiki, demak, O'zbekistonda shakllanayotgan
innovatsiya sohasi jiddiy texnologiyalarni amalga oshirish assotsiativ shaklda ilmiy
tekshirish tashkilotlari va korxonalari imkoniyatlarini vaqtinchalik yoki doimiy
tarzda birlashtirishni talab etadi. Albatta, bunda bosh loyihani amalga oshirish
uchun davlat buyurtma berish orqali ko'maklashmog'i kerak.
MDH mamlakatlafidagi iqtisodiy islohotlarga texnik jihatdan ko'maklashish
bo'yicha TAS1S dasturi birinchi galda o'z oldiga xususiylashtirishning bozor
shakllari, moliya, tadbirkorlikni rivojlantirish, tadbirkorlik infratuzilmasini yaratish
sohalaridan Yevropa Nou-Xau tajribalarini o'zlashtirishga qaratilgan. Ko'rinib
turibdiki, u asosan boshqaruv, axborot va moliya sohasidagi loyihalarni
moliyalashga qaratilgan.
Xulosa qilib aytganda, innovatsiya jarayonlarini boshqarish bo'yicha
rivojlangan mamlakatlar tajribasidan foydalanish xorij texnologiyasini keltirish,
raqobatbardoshlik yo'nalishlarini aniqlash va boshqa masalalarni hal etishga
qaratilgan.
Dostları ilə paylaş: |