ishtirok etadilar;
- guruh mulkchiligiga asoslangan xo’jalik yuritish sharti;
- ma’lum bir mahsulotni o’zaro hamkorlikda tayyorlash bilan band bo’lgan
korxonalar o’rtasidagi uzoq muddatli va barqaror aloqalar shakli.
Kooperativ yuridik shaxs huquqiga ega, xo’jalik yurituvchi subyekt. U
jamoa mulki huquqidagi mulkka egalik qiladi, undan foydalanadi va tasarruf
etadi.
Kartel monopolistik birlashma shakli. Bir tarmoqdagi mustaqil korxonalar
narxlar, bozor, ishlab chiqarishning umumiy hajmida har bir ishtirokchining
hissasi,
ish kuchi yollash, patentlar va boshqa masalalarda o’zaro bitim
tuziladi. Bu tuzilmaning maqsadi monopol foyda olishdir.
Sindikat monopolistik birlashmaning bir turi. Ular bir tarmoq korxonalari
huquqiy va ishlab chiqarish mustaqilligini saqlab qolgan holda:
- buyurtmalarni taqsimlash;
- xomashyo sotib olish;
- ishlab chiqarilgan mahsulotni sotish
uchun tijorat faoliyatini
birlashtirib, yagona idora tuzadi.
Dostları ilə paylaş: