tashkil etilishi mumkin:
- oddiy yo’l bilan, ya’ni bunda fuqarolar yopiq yoki ochiq AJ larining
obyektlarini auksion orqali yoki konkurs yo’li bilan sotib olishadi;
- davlat korxonasi mehnat jamoasi tomonidan yopiq AJ ni tashkil etadi va
ma’lum yuridik shaxs tomonidan korxona sotib olinadi;
- davlat yoki ijara korxonalari ochiq AJ lariga aylantiriladi.
Barcha jamoa korxonalari uchun quyidagi umumiy jihatlar mavjud:
- nizom kapitalining tegishli qismlar
yoki aksiyalarga majburiy
bo’linishi;
- jamiyatning o’z majburiyatlari va faqat o’zining mulki bo’yicha
cheklangan javobgarligi;
- aksiyador (sherik)lar orasidagi o’zaro munosabatlar,
daromad va
mulkni taqsimlash, korxonani boshqarish bo’yicha
munosabatlar ularning
kiritgan ulushlari miqdoriga qarab taqsimlanadi;
- jamiyat a’zolari uning kapitaliga o’z ulushlarini kiritishlari zarur, ammo
o’z mehnatlari bilan uning faoliyatida ishtirok etishlari majburiy emas.
Aksiyadorlik jamiyatlarini tashkil etish jarayonlari «Mulkni davlat
tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish», «Hissadorlik jamiyatlari»,
«Korxonalar to’g’risida», «Qimmatli qog’ozlar bozori va fond birjalari»
to’g’risidagi qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar asosida boshqariladi.
Dostları ilə paylaş: