7-bob. KIChIK BIZNES VA TADBIRKORLIK SUBYeKTLARIDA IShLAB
ChIQARISh XARAJATLARI VA MAHSULOT
TANNARXI TAHLILI
7.1. Ishlab chiqarish xarajatlarining mohiyati,
tarkibi va elementlari
Har bir korxona mahsulot ishlab chiqarish jarayoni bilan bog’liq xarajatlarni
amalga oshiradi. Mahsulot ishlab chiqarish jarayonida
sarf qilingan moddiy
resurslar (asosiy vositalar eskirishi, xomashyo va materiallar, yonilg’i-moylash
materiallari, ehtiyot qismlar va boshqa) va jonli mehnat sarfi ishlab chiqarish
xarajatlarini tashkil etadi.
Korxonaning ishlab chiqarish, sotish va boshqa faoliyati natijasida yuzaga
keladigan xarajatlarini quyidagicha turkumlash mumkin (7.1.1-rasm):
1. Ishlab chiqarish jarayonidagi ishtirokiga ko’ra:
- ishlab chiqarish
xarajatlari;
- noishlab chiqarish xarajatlari.
2. Ishlab chiqarishda sarf etiladigan resurslar manbaiga ko’ra:
- ichki xarajatlar;
- tashqi xarajatlar.
3. Mahsulot ishlab chiqarish hajmining o’zgarishiga nisbatai:
- doimiy xarajatlar;
- o’zgaruvchan xarajatlar.
4. Mahsulot tannarxiga olib borilishi jihatidan:
- bevosita xarajatlar;
- bilvosita xarajatlar.
5. Korxonaning umumiy ishlab chiqarish, moliyaviy va boshqa faoliyati
natijasida yuzaga keladigan:
- mahsulot tannarxiga
kiritiladigan xarajatlar;
- davr xarajatlari;
- moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar;
- favqulodda zararlar.
Ishlab chiqarish xarajatlari bevosita ishlab chiqarish jarayoni amalga
oshirish bilan bog’liq quyidagi xarajatlardan tashkil topadi:
- bevosita moddiy
material xarajatlari;
- bevosita mehnatga haq to’lash xarajatlari;
- ishlab chiqarishga taalluqli ustama xarajatlar.
Bevosita mahsulot ishlab chiqarish jarayoni bilan bog’liq bo’lmagan
xarajat turlari noishlab chiqarish xarajatlari deb yuritiladi. Uning tarkibiga:
- mahsulotni sotish bilan bog’liq xarajatlar;
- boshqaruv xarajatlari;
- boshqa operasion
xarajatlar va zararlar;
- favqulodda zararlar kiradi.