o’rganishdan boshlaydilar. Ular mahsulotlarni joriy va o’tgan vaqtda sotilishi,
tovar-moddiy zaxiralar, mehnatni tashkil qilish va unga haq to’lash, transportda
tashish va aholiga boshqa xizmatlar ko’rsatish haqidagi axborotlarni sanoqli
daqiqalarda oladilar. Bunda ularga hisoblash texnikasi va axborotlarni qayta
ishlash jarayonini kompyuterlashtirish yordam beradi.
Yig’ilgan va qayta ishlangan axborotlar tadbirkorlarga boshqaruv qarori qabul
qilishda yordam beradi. Samarali ishlayotgan korxonalar yig’ilayotgan axborotlar
sifatini oshirish va miqdorini ko’paytirishga yetarli darajada kuch sarflaydilar. Ular
o’z xodimlarini sodir bo’layotgan voqyealarni qayd qilish va ular haqida xabar
qilishga o’rgatadilar va buning uchun taqdirlaydilar. Firma ulgurji va chakana
sotuvchilar va boshqa ittifoqchilarini muhim xabarlarni uzatishga rag’batlantiradi.
Ishbilarmonlarga raqiblari haqida axborotlar zarur. Bunday axborotlarni raqiblar
tovarlarini xarid qilish orqali «ochiq eshiklar kuni»da,
ixtisoslashtirilgan
ko’rgazmalarga borganda olishlari mumkin. Raqiblar haqidagi ma’lumotlarni
ularning hisobotlarini o’qib va hissadorlar majlislarida ishtirok etib, raqib korxona
xodimlari, raqiblarga mol yetkazib beruvchilar va xaridorlar bilan suhbatlashib ham
olish mumkin.
Raqiblarning reklamalari yig’indisi, ularning reklama xarajatlari va ular
foydalanayotgan reklama vositalari to’plamini olish uchun reklama byurosining
pullik xizmatlariga murojaat qilinadi.
Tadbirkorlarga mijozlar, dilerlar va bozorda harakat qiluvchi raqobatchilar
haqida ma’lumotlar kerak. Bozor munosabatlariga o’tish yanada kengroq va
yanada sifatliroq axborotlar olish zarurligini shart qilib qo’yadi.
Tadbirkorlar uchun xaridorning tovar xususiyatlariga munosa-batlarini
oldindan bashorat qilish borgan sari qiyinlashmoqda va ular tadqiqotlarga murojaat
etmoqdalar. Ishbilarmonlarga borgan sari ko’proq axborotlar kerak bo’ladi va
ularga doimo axborot yetishmaydi. Shuning bilan bir vaqtda,
ishbilarmonlar
kerakli aniq va foydali ma’lumotlarni yetarli mikdorda yig’a olmayotganliklaridan
shikoyat qiladilar.
Ba’zi korxonalarda joriy axborotlarni yig’ish va tarqatish bo’yicha maxsus
bo’limlar yoki laboratoriyalar tashkil yetilgan. Bu bo’lim xodimlari kerakli
axborotlarni qidirib topish uchun eng muhim nashrlar, gazeta va jurnallarni
ko’zdan kechiradilar va ishbilarmonlarga maxsus tayyorlangan axborot
varaqalarini jo’natadilar.
Bunday xizmatlar tadbirkorlarga kelib tushayotgan axborotlar sifatini keskin
oshirishga imkon beradi.
Ishbilarmonlarda, qoidaga ko’ra, o’z kuchlari
bilan biznes tadqiqotlari
o’tkazish uchun vaqt va ko’nikma mavjud emas, shuning uchun ular bunday
tadqiqotlarni buyurishga majburlar. Korxona shartnoma asosida tadqiqot
o’tkazishga qandaydir ilmiy tadqiqot instituti yoki oliy o’quv yurtiga buyurtma
berishi mumkin. Yirik korxonalar o’z tadqiqot bo’limlari va laboratoriyalarini
ochishlari mumkin. Bo’lim
xodimlari orasida muhandislar, iqtisodchilar,
sosiologlar, psixologlar, biznes bo’yicha mutaxassislar bo’lishi maqsadga
muvofiqdir.
Biznes tadqiqotlari tizimi quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- bozorni tadqiq qilish;
- reklama vositalari va e’lonlari samaradorligi;
- xodimlarning ishga faolligi;
- raqiblar tovarlari;
- narx-navo
siyosati;
- tovar assortimentlari;
- xalqaro bozorlarni o’rganish;
- axborotlar bilan ta’minlashni tadqiq qilish;
- xodimlar bilan ishlash siyosati va xodimlarning faoliyatini baholashni
o’rganish va hokazo.
Biznes tadqiqotlari quyidagi ketma-ketlikda o’tkaziladi (6.8.1-rasm).
Tadqiqot-
lar
maqsadini
aniqlash
Axborot
manbalarini
tanlash
Axborot
yig’ish
Yig’ilgan
axborot-
larni tahlil
qilish
Taklif-
larni
ishlab
chiqish
Dostları ilə paylaş: