Infratuzilma obyekti nomi
Soni
Tijorat banklari filiallari
1042
Minibanklar
2318
Axborot-maslahat
markazlari
262
Konsalting markazlari
327
Auditor firmalari
113
O’quv markazlari
917
Baholash kompaniyalari
138
Tovar xomashyo birjasining savdo
maydonchalari
204
Mikrokredit tashkilotlari
32
Kredit uyushmalari
103
Biznes-inkubatorlar
34
Sug’urta tashkilotlari
32
Brokerlik
idoralari
1424
Jadvaldan ko’rinadiki, bugungi kunda mamlakatimiz kichik biznes sohasiga
o’ndan ortiq turdagi 8 mingga yaqin infratuzilma muassasalari xizmat ko’rsatib,
faoliyat uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib bermoqda.
Biznes-maktab – tadbirkorlar, kichik
korxonalarning rahbarlari, kichik
korxonalar uchun mutaxassislar, ishsizlar, o’z ishini ochmoqchi bo’lgan boshqa
fuqarolar, kichik tadbirkorlikning rivojlanishi uchun mas’ul
xizmatchilarni
tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni amalga oshiruvchi tuzilma.
O’quv-amaliy markazlari – kichik tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash va bozor
iqtisodiyoti uchun kadrlar tayyorlashning keng miqyosli dasturini amalga
oshiruvchi tuzilma.
Biznes-inkubatorlar – maxsus tanlab olingan kichik korxonalarni o’z
maydonlariga joylashtiruvchi
va ularga maslahat, o’qitish va ofis xizmatlarini
ko’rsatuvchi tuzilmalar.
Ijtimoiy-amaliy markaz – ish bilan band bo’lmagan
aholi va ishsizlar
o’rtasida kichik tadbirkorlikni rivojlantirish orqali yangi ish o’rinlarini yaratish
bilan shug’ullanuvchi, odatda bandlik markazlari qoshida tashkil etiluvchi tuzilma.
Texnopark – o’z hududida kichik innovasion korxonalarni yaratish va
rivojlantirish orqali ilmiy salohiyatdan foydalanish
va ishlab chiqilgan
texnologiyalarni tijoratlashtirish maqsadida tashkil etiluvchi tuzilma.
Dostları ilə paylaş: