infratuzilmasi” va “institusional infratuzilma” so’zlari iste’molga kirib bormoqda.
Bozor infratuzilmasi bevosita ishlab chiqarish jarayoniga xizmat
ko’rsatuvchi tarmoqlarni o’z ichiga oladi. Uning tarkibiga yuk transporti, elektr,
gaz va suv ta’minoti, ombor xo’jaligi, aloqa, axborot, moddiy-texnika ta’minoti,
mahsulotni tashish, saqlash va qayta ishlash, texnik xizmat ko’rsatish, marketing
va reklama, axborot-maslahat, auditorlik, moliya-kredit va investision kabi xizmat
turlari kiradi.
Ijtimoiy infratuzilma ishlab chiqarish jarayonida ishchi va xizmatchilarga
normal mehnat faoliyati yaratish va ishchi kuchini takror hosil qilish, shuningdek
tadbirkorlarning turli maishiy xizmat turlariga talabini qondirish uchun xizmat
qiladi.
Institusional infratuzilma iqtisodiyot rivojlanishining optimal makroiqtisodiy
nisbatlarini qo’llab-quvvatlovchi va tartibga soluvchi sohalar faoliyat turlarini o’z
ichiga oladi. Unga iqtisodiyotni tartibga solib
turuvchi davlat va nodavlat
boshqaruv organlari va boshqalar kiradi.
Kichik va o’rta tadbirkorlik subyektlarini tartibga solib va qo’llab-
quvvatlovchi bozor infratuzilmalarini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Buni yuqori darajada rivojlangan mamlakatlar tajbribasi ham tasdiqlaydi. Masalan,
AQShda 1953 yili Kichik va o’rta biznes ishlari bo’yicha ma’muriyat (KBM)
tashkil etilgan bo’lib, uning zimmasiga kichik va o’rta biznesni qo’llab-quvvatlash
bo’yicha barcha vazifalar (moliyaviy yordam, texnik va maslahat xizmati, davlat
buyurtmalarini olishga ko’maklashish va boshqalar) yuklatilgan.
KBM tarkibi uch bosqichdan – AQSh poytaxtidagi shtab-kvartira, 10 ta
hududiy boshqarma va 100 dan ortiq mahalliy bo’linmadan iborat. Ular butun
mamlakat bo’ylab keng tarqalgan tarmoqqa ega bo’lib, mahalliy davlat hokimiyati
organlari, kollejlar, universitetlar, korxona va jamoat tashkilotlari bilan yaqin
aloqada faoliyat yuritadi. AQShda kichik va o’rta biznesni qo’llab-quvvatlash bilan
boshqa
idoralar, xususan, Ichki ishlar vazirligi, Uy-joy qurilishi va shaharlar
rivojlanishi vazirligi,
milliy ilm fondi, Fermerlik bo’yicha ma’muriyat, kichik
biznesni rivojlantirish markaz va institutlari, savdo-sanoat palatasi kabi 2700 dan
ortiq federal idora shug’ullanadi.
Keyingi yillarda respublikamizda bozorda infratuzilmalarini faol
shakllantirish jarayoni boshlandi. Bu jarayonning natijalari sifatida kichik
tadbirkorlik subyektlariga xizmat ko’rsatuvchi brokerlik idoralari, kichik ulgurji va
chakana
savdo tuzilmalari, lizing, konsalting kompaniyalari, axborot-maslahat
markazlari, injiniring,
auditorlik firmalari, sug’urta kompaniyalari, transport-
ekspedisiya korxonalari, axborot-reklama byurolari
va boshqa turli xil
infratuzilmalar tizimi faoliyat yuritadi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishida unga
xizmat ko’rsatuvchi infratuzilma muassasalarining tashkil etilishi va xizmat sifati
darajasining yaxshilanib borishi sezilarli ta’sir ko’rsatmoqda (6.1.1-jadval).
Dostları ilə paylaş: