Shunday qilib, bank stavkasi 10% bo’lgan holda, tashkil etadi. Jami bo’lib,
uch yilda diskontlangan, ya’ni so’mning bugungi
kundagi xarid qilish
qobiliyatida ifodalangan daromadlar hajmi 88816 so’m (22728+29166+36922) ni
tashkil etadi. Demak, firma bo’yicha investisiyaning to’liq summasini qoplash uchun
firmaga 31184 (120000-88816) so’m yetishmayapti. Endi, to’rtinchi yilda
investisiya umumiy hajmining yetishmayotgan qismini
yanada aniqroq qilib
hisoblab chiqishimiz mumkin. Demak, to’rtinchi yilda diskontlangan daromadlar:
1 / (1+0,1*4) = 0,7142; 54000x0,7142 = 38567 so’mni tashkil etadi.
Endi firma uchun investisiyaning yetishmayotgan summasini (31184 so’m)
hisoblab chiqilgan to’rtinchi yildagi investisiya summasi (38567 so’m) ga bo’lib 0,81
ga ega bo’lamiz. Shunday qilib, firma investisiyalarining qoplanish muddati 4
yilni emas, balki 3,81 yilni tashkil etar ekan.
Vaholanki, firma investisiya
xarajatlarining ma’lum vaqt o’tishi bilan qiymati (tannarxi) ning o’zgarib borishini
hisobga olmay amalga oshirgan oldingi hisob-kitoblarimizdagi muddat 3,22 ni
tashkil etgan edi. Ammo belgilangan davrlardagi muddatlar ichida barcha omillarni
hisobga olib, yanada aniqroq hisoblab chiqqan investisiyalarning
qoplanish
ko’rsatkichi ishlab chiqilayotgan loyiha uchun ajratilgan mablag’larning 4 yil
muddatga zo’rg’a yetishini ko’rsatdi.
Agar bank kreditlarining foizlari ham inflyasiya darajasini hisobga olib borsa,
unda ushbu loyihani qabul qilish maqsadga muvofiq emasdir. Shuning uchun
investisiyalashtirilayotgan loyihalarni ishlab chiqish davomida ko’zda tutilayotgan
(iqtisodiy) omillardan tashqari, ko’zda tutilmagan (tabiiy, ijtimoiy, siyosiy) omillarni
e’tiborga olgan holda bir necha variantlarini ishlab chiqishni taqozo etadi.
Bunday holatlarda mavjud barcha investisiyalash variantlarini investisiyalarning
foydalilik darajalarini aniqlash orqali o’rganib chiqish tavsiya etiladi.
Foydalilik
ko’rsatkichi sifatida foydalilik koeffisiyenti deb ataluvchi kattalikdan foydalanish
mumkin. U quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
Foydalilik
koeffisenti
=
Ko’zda tutilgan
daromadlar summasi
(3)
Ko’zda tutilmagan xarajatlar summasi
Dostları ilə paylaş: