Demak, investisiyaning to’liq qoplanishi uchun to’rtinchi yili davomida atigi 12
ming so’m talab etiladi. Bu summani to’rtinchi yilda ko’zda tutilgan daromadlar
summasi (54 ming so’m) ga teng bo’lib, shu yil uchun xarajatlarning qoplanish
muddati – 0,22 yilga ega bo’lamiz. Shunday qilib, xarajatlarni qoplash muddati 3,22
yilni (3,0 + 0,22) tashkil etadi.
Investisiyalarni tahlil qilishning bunday usuli oddiyligi va aniqligi bilan ajralib
turadi. Uning qulayligi yana shundaki, agar investisiya yo’l qo’yiladigan muddatda
qoplanishi nuqtai nazaridan baholanganda, u investisiyaning qaltisligi haqida ham
aniq tasavvurga ega bo’lishga yordam beradi.
Shu boisdan, bunday hisob-kitob
investisiyani baholashning eng mukammal usullariga foydali qo’shimcha bo’la oladi.
Chunki ular, ko’pincha, kutilishi mumkin bo’lgan iqtisodiy inqiroz xavfini unchalik
yaqqol ifodalay olmaydi.
Bu usulning ham o’ziga yarasha
kamchilik va nuqsonlari bor, albatta.
Birinchidan, u pulning vaqt davomida qiymat o’zgarishini hisobga olmaydi.
Ikkinchidan, yuqorida keltirilgan formulada investisiya to’liq qoplangandan keyin
tushadigan daromadlar ham ko’rsatilmagan. Zero, yangi fondlar undan keyin ham
ishlatiladi. Shu sababli, ushbu kamchiliklarni hyech bo’lmaganda qisman bartaraf
etish uchun, xarajatlarni qoplash muddatini so’mning bugungi va kechagi qiymati
o’rtasidagi farqni hisobga olgan holda qo’llash maqsadga muvofiqdir.
Pullar yoki sarflangan mablag’larning bugungi va kechagi qiymatlari o’rtasidagi
farqni hisobga olish uchun investisiyalarning qoplanishi hisob-kitob qilinayotganda
kelgusidagi daromadlar diskontlash koeffisiyentlariga ko’paytiriladi.
Diskont
koeffisiyentlari quyidagi formula orqali hisoblanadi:
Dostları ilə paylaş: