- birgalikdagi tadbirkorlik.
Shaxsiy tadbirkorlik tushunchasi «Tadbirkorlik
va tadbirkorlar
faoliyatining kafolatlari to’g’risida»gi qonunning 15-moddasida quyidagicha
bayon etiladi: «Shaxsiy tadbirkorlik yakka tartibdagi tadbirkorlarning o’zi
tomonidan mulk huquqida, shuningdek mulkka egalik qilish va (yoki) undan
foydalanishga yo’l qo’yadigan o’zga mulkiy huquq tufayli o’ziga tegishli mol-
mulk negizida mustaqil ravishda amalga oshiriladi».
Ushbu qonunning 16-moddasiga binoan
birgalikdagi tadbirkorlikka
quyidagilar kiradi:
- er-xotinning umumiy mol-mulki negizida amalga oshiriladigan oilaviy
tadbirkorlik;
- dehqon xo’jaligining umumiy birgalikdagi
mulki negizida amalga
oshiriladigan dehqon xo’jaligi;
- o’zlariga umumiy ulushi mulk huquqida tegishli bo’lgan umumiy mulk
negizida yakka tartibdagi tadbirkorlikni amalga oshiradigan shirkat xo’jaligi.
Yuridik shaxs tashkil qilmay, o’z faoliyatini amalga oshiradigan tadbirkor
sifatida ro’yxatdan o’tkazilgan jismoniy shaxsga davlat ro’yxatidan
o’tkazilganligi haqidagi guvohnoma beriladi
va u jismoniy shaxslarni
ro’yxatdan o’tkazish reyestrida qayd qilinadi. Ushbu guvohnoma bankda hisob-
kitob varag’i ochish, soliq organlaridan ro’yxatdan o’tish, muhr va boshqa
rekvizitlarni tayyorlash uchun asos hisoblanadi.
O’zbekistan Respublikasida «Xususiy tadbirkorlik to’g’risidagi Nizom»da
xususiy tadbirkorlik faoliyatiga quyidagicha ta’rif berilgan:
Dostları ilə paylaş: