baholab boradilar. Joriy kurslar esa doimo chiroqli tabloda yozilib, maxsus
byulletenda chop etiladi.
Joriy kurslarga binoan shu vaqt shu birjada ma’lum aksiyalarni sotish
yoki sotib olish narxlari aniqlanadi. Bu narxlar
maxsus formula yordamida
chiqarilsa, ular birja faolligining indeksini aniqlash uchun asos bo’ladi. Birja
faolligi iqtisodiyotda sodir bo’layotgan ahvolni o’ziga xos ravishda aks ettiradi.
Shu bilan birga, davlat monopolistik kapitalizm sharoitida qimmatbaho
qog’ozlar savdosida birja roli ancha pasaydi.
Buning asosiy sababi kuchli
kredit-moliya institutlarining yuzaga kelishidadir. Ular qimmatbaho qog’ozlar
savdosini birjalarsiz olib boradilar. Qimmatbaho qog’ozlar savdosida birjalar roli
tushib ketganiga sabab, davlat obligasiyalarining qimmatbaho qog’ozlar umumiy
hajmidagi salmog’i oshganligidadir.
Hozirgi vaqtda O’zbekistonda ham fond birjalari o’z faoliyatini amalga
oshirib kelmoqda.
«Toshkent» respublika fond birjasi erkin sotuvga
chiqarilgan aksiyalar savdosi bilan shug’ullanuvchi yopiq aksiyadorlik jamiyati,
1994 yil aprelda «Toshkent» respublika universal tovar-fond birjasi
tarkibidagi fond bo’limi asosida tashkil etildi.
Birja qimmatli qog’ozlarning bir maromda muomalada bo’lishini ta’minlaydi,
ularning bozor bahosini belgilaydi va ularga doir ma’lumotlarni tarqatadi.
Birjaning 81 brokerlik idorasi bo’lib, ularda jami 240 broker ishlaydi.
Respublikaning qimmatli qog’ozlar bozorini shakllantirish borasida hukumat
tomonidan bir qancha tadbirlar ko’rildi. Bunday bozorlar
respublikada ilgaridan
ma’lum bo’lib, 20-30 yillarda veksellar, depozitli sertifikatlar,
obligasiyalar
muomalada bo’lgan. 1995 yildan esa bunday qimmali qog’ozlar «Toshkent»
respublika fond birjasi orqali sotila boshladi.
Respublika fond bozoriga Markaziy bank tomonidan veksellar bilan birga
depozit va jamg’arma sertifikatlari chiqarildi. Qimmatli qog’ozlar bozorini
kengaytirish maqsadida fond do’konlari tarmog’i vujudga keltirildi. Ularning soni
55 taga yetdi.
1995 yilda «Toshkent» fond birjasi Yevropa-Osiyo
fond birjalari
federasiyasi a’zoligiga qabul qilindi.
Dostları ilə paylaş: