94
6-bob. MARKETING FAOLIYATINI REJALASHTIRISH
6.1. Marketing faoliyatini rejalashtirish
Marketingni rejalashtirishni qo‘llamaydigan korxonalar bozorda yo‘nalishni
yo‘qotishi va ziyon ko‘rishi mumkin.
Aksincha, marketingni rejalashtirish tizimi
yo‘lgan qo‘yilgan korxonalar to‘laligicha vaziyatni nazorat qiladi, ularning ishi bozor
samaradorligi va iqtisodiy samaradorlik darajasining yuqori ekanligi bilan
tavsiflanadi. Marketingni rejalashtirish quyidagilarni belgilab beradi:
— butun korxona va uning bo‘linmalari aniq maqsadlarini;
— korxonaning bozordagi aniq yo‘nalishini;
— korxona ahvolini barqarorlashtirish va o‘sish yo‘llarini;
— korxona resurslarini alohida faoliyat yo‘nalishlari o‘rtasida
optimal
taqsimlashni;
— optimal assortiment va tovarlarni tarqatish shartlarini;
— korxonaning marketing faoliyatini baholash tartibi va mezonlarini.
Marketingni rejalashtirish bu – korxona imkoniyatlarini bozor talablariga mos
holga keltirishga qaratilgan korxonaning bozordagi harakatlarini tahlil qilish,
ishlab
chiqish va nazorat qilish uzluksiz jarayonidir. Keng ma’noda marketing rejasi bu –
korxonaning marketing faoliyati vositasi, boshqaruv marketing qarorlari qabul qilish
va amalga oshirish usulidir. Amaliy jihatdan bu – korxonaning bozordagi maqsadlari,
ularga erishish yo‘llari va chora-tadbirlaridan iborat bo‘lgan hujjat.
Sotsialistik reja asosidagi iqtisodiyot yillarida mavjud bo‘lgan buyruqbozlik
rejalaridan farqli ravishda, marketing rejalari bajarilishi majburiy emas, chunki tashqi
sharoitlar muntazam ravishda o‘zgarib turadi. SHu sababli marketingni
rejalashtirishning
vazifasi eng avvalo, kelajakni bashorat qilishdan emas, balki
korxona menejerlarining e’tiborini mavjud bozorning asosiy
jihatlariga va yuzaga
keladigan imkoniyatlardan foydalanishga jalb qilishdan iborat. Marketingni
rejalashtirish yordamida boshqaruvchilar korxona o‘z maqsadlariga erishish uchun
bozorda qanday pozitsiya egallashi lozimligini tushunishi mumkin.
95
Marketingni rejalashtirish tamoyillari quyidagilardan iborat:
1.
Tizimli yondashuv
. Korxona rejasi bu – bir qator o‘zaro bog‘liq rejalarni
birlashtiradigan tizim bo‘lib, ulardan biri marketing rejasi hisoblanadi.
2.
Korxonalar, ularning maqsadlari, chiqaradigan
mahsulotlari xilma-xilligi
tufayli marketingni rejalashtirishga
individual yondashuv.
3.
Ko‘p variantli
xarakter
.
4.
Dinamiklik
: korxona faoliyatiga ta’sir etuvchi barcha o‘zgarishlarning zudlik
bilan rejaga kiritilishi.
Dostları ilə paylaş: