92
marketing faoliyat ko‘rsatayotgan sohalarda belgilangan darajadagi foyda olishga
yo‘naltirilgan barcha faoliyatni boshqarishdir.
Marketingni boshqarish jarayoni 4 ta bosqichdan iborat:
bozor imkoniyalarini tahlili;
maqsadli bozorni tanlash;
marketing kompleksini ishlab chiqish;
marketing chora-tadbirlarini hayotga tatbiq etish. Bu quyidagi rasmda o‘z
ifodasini topgan.
5.6-rasm. Marketingni boshqarish jarayoni
Bozor imkoniyatlari tahlilida marketing tadqiqotlari marketing axboroti,
marketing muhiti, bozor tuzilishi, ulgurji va chakana savdo tahlili olib boriladi.
Maqsadli bozor tanlashda esa talab hajmini o‘lchovi,
bozorni segmentlash
jarayonlari ko‘rib o‘tiladi.
Marketing kompleksini ishlab chiqishda esa, tovar ishlab chiqarish, tovarga narx
o‘rnatish, tovarlarni tarqatish va sotish usullari, kommunikativ siyosati ustida ishlar
olib boriladi.
Keyingi bosqichda marketing chora – tadbirlarini amalga oshirishda strategik va
taktik rejalashtirish, marketing
faoliyatini nazorat qilish, korxonaning tashkiliy
tuzilishi kabilar to‘liq yoritib beriladi.
Marketingni
boshqarish jarayoni
bozor
imkoniyalarini
tahlili
maqsadli bozorni
tanlash
marketing
kompleksini
ishlab
chiqish
marketing chora-
tadbirlarini hayotga
tatbiq etish