О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti


-ilova Sement toshining mustahkamligini shakllanish



Yüklə 1,39 Mb.
səhifə36/37
tarix29.11.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#170015
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Кимё саноати курил мат маъруза 2015

9-ilova
Sement toshining mustahkamligini shakllanish
Shunday qilib, sement toshining mustahkamligini shakllanish masalalari bо‘yicha bir – biridan farq qiluvchi quyidagi uchta qarash mavjud:
1) mexanik nazariya (Le-SH atelye), bunga kо‘ra mustahkamlik, о‘suvchi kristallarning alohida о‘smalarining chirmashib ketishi natijasida yuzaga keladi;
2) koagulyatsion nazariya (Mixaelis), bunga kо‘ra mustahkamlik zarrachalarining koagulyatsiyalanishi natijasida yuzaga keladi;
3) kristallizatsion struktura hosil bо‘lish nazariyasi, bunga kо‘ra qotish chog‘ida mustahkamlikning yuzaga kelishi alohida kristallarni hajmiy panjaraviy struktura hosil qilib о‘sishi bilan shartlanadi. (A. A. Baykov, P. A. Rebinder va b.) SH uningdek oraliq qarashlar ham mavjud: Bernal bо‘yicha mustahkamlik ayrim о‘smalarning chirmashishi natijasida bо‘lgani kabi ularni qisman о‘sishi oqibatida ham yuzaga keladi (struktura hosil bо‘lishining mexanik – kristallizatsion nazariyasi).
M. M. Sichyov tomonidan ilgari suriluvchi qarashlarda mustahkamlik-ning shakllanishida yuqori e’tibor kimyoviy bog‘larning turli xillarining roliga va qorishtirilovchi suyuqlikni qattiq zarrachalar yuzasidagi holatiga qaratiladi.
Yuqorida bayon etilgan qarashlar, qorishtiriluvchi suyuqlikning qotishdagi kimyoviy bog‘lanish jarayonlarining va texnologik omillarning rolini tushuntiradi (disperslik, qattiq – suyuqlik holatlar nisbati). Oldindan bilish masalalariga N . F. Fyodorov va uning xodimlari tomonidan muhim hissa qо‘shildi. Ushbu mualliflar tomonidan amalga oshirilgan ishlarda tuz – suv, tuz – kislota, oksid – ishqor, oksid – suv, oksid – organik birikma, metall – kislota, metall – tuz va h.k. Sistemalarida qotish jarayonlarini amalga oshirilishining termodinamik imkoniyati kabi kinetik imkoniyatlari ham hisobga olinadi. Bu kompozitsiyalar quyidagi uch guruhga bо‘lingan:
1 – juda ham sekin о‘zaro ta’sirlanish oqibatida qotmovchilar;
2 – normal sharoitlarda qotuvchilar;
3 – о‘ta kuchli tarzda о‘zaro ta’sirlanish oqibatida qotmovchilar.
Qattiq komponentni berilgan qorishtirishga nisbatan reaksion qobiliyatini ifodalovchi parametrlar bо‘lib, elektronmanfiylik, ionli potensial miqdorlari, bog‘ning ionli darajasi (oksidlar uchun), oksidlovchi qaytaruvchi potensial (metallaruchun) hisoblanadi. Bunday yondashuv asosida qattiq – suyuq sistemasining kо‘p sonli bog‘lovchilarining bog‘lash xususiyatlari kо‘rsatib berilgan. Birikmalarning asosiy xossalari qanchalik yuqori tarzda namoyon bо‘lsa, unga muvofiq keluvchi birikmaning suvga nisbatan
reaksion xususiyati shunchalik yuqori bо‘ladi:
1) CaO > C3A > C12A7 > CA > CA2;
2) C3S > C2S;
3) C2F > CF;
4) C3A > C4AF > C3S > C2S.
Gidravlik faollik (aktivlik) deganda bog‘lovchi moddaning mustahkam toshsifat jism hosil qilish xususiyati tushuniladi. Bu yerda bog‘lovchining suvga nisbatan reaksion xususiyatnigina aniqlanmaydi, balki qattiq jism strukturasining shakllanishining kinetik xususiyatlari bilan bog‘liq boshqa omillar ham aniqlanadi va bu yerda ma’lum kimyoviy faollik bilan bir qatorda kristall о‘smaning paydo bо‘lishiga ta’sir etuvchi barcha sharoitlar hisobga olinishi zarur.
10-ilova

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin