О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti



Yüklə 1,39 Mb.
səhifə34/37
tarix29.11.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#170015
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Кимё саноати курил мат маъруза 2015

8-ilova
СaO– Al2O3 – SiO2 sistemasida bog‘lovchi tarkiblar
Sement ishlab chiqarishining rivojlanishi asosiy tendensiyasi bо‘lib yuqori miqdorda ohakli tarkibga о‘tish, ya’ni sement tarkiblarining yuqori miqdordagi S3S tomonga siljitish hisoblanib keldi, biroq oxirgi yillarda yoqilg‘ini iqtisod qilish muammosining о‘tkirlashishi munosabati bog‘lovchi materiallarning faolligini kо‘tarish masalasini hal etishni quyidagi yо‘llar orqali amalga oshirish bо‘yicha urinishlar mavjud:
1) yangidan-yangi texnologik jarayonlar ishlab chiqilmoqda masalan, tarkibida yangi mineral bо‘lmish alinit tutgan bog‘lovchini sintez qilish bо‘yicha past haroratli texnologiya bо‘lib, uning elementar tarkibi quyidagiga С4(Si3Al) O 18Cl yoki 6Сa3SiO5 · 4CaO · 2Al2OCl bilan belgilanishi mumkin;
2) ftoralyuminatli fazalardan 11CaO7Al2O3 · CaF, kalsiy sulfoalyuminatdan 3СaO · 3Al2O3 · CaSO4 va boshqa shu kabilardan foydalangan holda yuqori mustahkam sementlar yaratish.
СaO–Al2O3 tomonga tutashuvchi va Сa ni С2S bilan bog‘lovchi yо‘lga nisbatan taxminan simmetrik tarzda joylashgan giltuproqli sement tarkiblari sohasiga tarkiblari quyidagi – CA2, C2AS, CA,C2S, C12A7 qatordan tanlab olingan minerallarning istalgan uchtasini kombinatsiyalash yо‘li bilan olinishi mumkin bо‘lgan barcha sementlar kiradi. Giltuproqli sement tarkiblarining sohaviy chegaralari, С2S – yetarlicha bog‘lovchilik xususiyatiga ega ekanligi, C2AS (gelenit) da esa bunday xususiyat umuman mavjud emasligi belgilaridan aniqlanadi. Punktir bilan chegaralangan pastki sohada juda ham tez tishlashish xususiyati bilan belgilanuvchi tarkiblar joylashadi, va bu esa ularni qurilishda foydalanish uchun yaroqsiz qilib qо‘yadi.
Yuqorigi punktir chiziq ustida yotuvchi tarkiblar bog‘lovchilik xususiyatini namoyon etmaydi, chunki ular С2AS sohada yotadi. СaO- Fe2O3-SiO2 sistemasida temirli yoki rudali sement (Ferrari sementlari) tarkiblari joylashgan bо‘ladi. Ular portlandsementda bо‘lgani kabi qurilish-texnik xususiyatlarga ega bо‘lib, biroq mustahkamlikka bir muncha sekinroq erishadi.



Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin