О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti


Sement birikmalarining gidratatsiya tezligi



Yüklə 1,39 Mb.
səhifə32/37
tarix29.11.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#170015
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Кимё саноати курил мат маъруза 2015

Sement birikmalarining gidratatsiya tezligi
Portlandsement va boshqa bog‘lovchi materiallarning kо‘pgina turlarining faza tarkibi suv bilan yoki boshqa suyuqlik turi bilan qorishtirishda reaksiyaga kirishib tishlashish jarayonlarini yuzaga keltiruvchi fazaviy tarkibi qoidaga kо‘ra bir necha birikmalardan tarkib topadi. Birikmalarning suvga nisbatan kimyoviy reaksion hususiyati uning gidratatsion faolligi deb aytiladi.
Sement birikmalarining gidratatsion faolligi gidratatsiya tezligi va gidratatsiya issiqligi bilan tavsiflanadi. Sement klinkeri alohida minerallarining gidratatsiyalanish issiqligi С3A–207 kkal/kg, C3S–120 kkal/kg, C4AF–100 kkal/kg, С2S–62 kkal/kg miqdorlarini tashkil etadi.
Bog‘lovchi kompozitsiyalarning (sement – suv turidagi sistema) turlicha murakkab fizik-kimyoviy jarayonlar natijasida toshsimon qattiq mahsulot (sement toshi) hosil qilish xususiyatlari – gidravlik xususiyatlari (gidravlik faollik) deb ataladi. Bog‘lovchi materiallarning gidravlik xususiyatlari uni suv bilan qorishtirib hosil qilingan namunalarning standart sharoitlarda va berilgan vaqt mobaynida qattiqlik olishidan sо‘ng mexanik mustahkamligini aniqlash orqali baholanadi. SH unday qilib, quyidagi gidratatsion faollik va gidravlik xususiyati (gidravlik faollik) kabi ikki tushunchani aniq tarzda ajratish lozim. Birinchi holatda gap moddaning kimyoviy reaksion xususiyati tо‘g‘risida, ikkinchi holatda esa – uni bog‘lovchi (qotuvchi) material sifatida tavsiflovchi xususiyatlari haqida boradi.
Yuqori gidratatsion faollikka ega bо‘lgan birikmalar kuchsiz namoyon bо‘luvchi gidravlik xususiyatlarga ega bо‘lishi mumkin (masalan, СaO, 3СaO · Al2O3); shu bilan bir vaqtda suvga nisbatan nisbiy kuchsiz reaksiyalanish xususiyatiga ega bо‘lgan birikmalar gidravlik faol materiallar sifatida tavsiflanishi mumkin (masalan, β-C2S).
1-jadvalda klinker minerallarining nisbiy mustahkamligi tо‘g‘risidagi ma’lumotlar keltirilgan. Mustahkamlik birligi sifatida C3S ning 28 sutkalik yoshidagi mustahkamligi qabul qilingan.


1-jadval

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin