118
Sug‘urta qiluvchining 2 xil faoliyat olib borish tizimi bo‘lib:
1. Sug‘urta qilingan shaxs o‘zining yashash joyiga qaytib kelgandan so‘ng
xarajatlarni to‘lash (maxsus xujjatlar taqdim etish sharti bilan).
2. Sug‘urta qilingan shaxsga ma’lum muassasada
xizmatlarni bepul qilishni
ta’minlash.
Sug‘urta to‘lovchi hozirda ba’zi vaqtlarda sarf miqdorini dori-darmonlar
orqali qoplamoqda. Hozirda hech bir sug‘urta kompaniyasi o‘z kuchi bilan
fuqarolariga chet elda xizmat ko‘rsata olmaydilar. Shuning uchun sug‘urta
kompaniyalari bu xizmatlarini ta’minlay oladigan
chet el kompaniyalari bilan
birgalikda ishlash majburiyati tug‘ildi. Bu chet ellik sheriklar: sug‘urta qiluvchi,
xizmat ko‘rsatuvchi-sug‘urtachi, xizmat ko‘rsatuvchi, sug‘urtachi yangidan
sug‘urta qiluvchi sifatida o‘zlarini tanitadilar yoki namoyon bo‘ladilar. Bu
kelishuvning asosiy sharti: bunday sharoitda javobgarlikni
ularga topshirib
sug‘urta mukofoti miqdoridagi mablag‘ni o‘tkazib berish (tajriba ko‘rsatishicha bu
miqdor 65-95 % atrofida).
Sug‘urta qilingan turist chet elga jo‘nash davomida bexosdan og‘rib
qolganda, jismoniy shikastlanganda odatda ko‘ngilli xizmat ko‘rsatiladi. Biroq
agarda biror kishi ma’lum muddatga (2-3 oydan ko‘proqga chegaradan tashqariga
chiqadigan bo‘lsa, uning o‘zi yoki oilasi tushib qolishi mumkin bo‘lgan noqulay
holatni to‘g‘ri baholay olib, u paytda qo‘shimcha yordam berishni tashkillashtirish
zarur. Chet elda chet el fuqarolari uchun ko‘rsatiladigan tibbiy xizmat - to‘lovli va
qimmatdir. Oddiy misol, chet el sug‘urta kompaniyalarida ko‘richakni olib
tashlash uchun qilinadigan operatsiyani olsak, to‘rt kun kasalxonada bo‘lish, zarur
tashxizlar va tekshirishlar uchun eng kami 15000 dollar sarflanadi, agar turistning
rejadan tashqari xarajatlari hisobga olinsa: (mehmonxonada turishi,
oziq-ovqat,
transport va boshqa xarajat) bu summa turistik guruhning 1 haftalik xizmatiga
yaqinlashib qoladi.
Bizning fuqarolarimizda esa kolliziya (collisio) holatida zarur bo‘lgan asbob-
uskunalar yo‘q. Masalan; Rossiya sug‘urta bozorlarida hozir ish juda faol
119
ketmoqda, turistlarni sug‘urta
qilishga talab juda katta, hatto oxirgi vaqtda
bozorning bu sektorida ba’zi o‘ziga xos raqobatlar ham vujudga kelmoqda.
Dostları ilə paylaş: