O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


  XIII-bob. TURISMDA SUG‘URTALASH



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/86
tarix12.10.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#154858
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   86
6-y-Turizm-iqtisodi.-Oquv-qollanma.-A.M.Abduvohidov-F.S.Qutlimurotov.-T-2011

 


114 
XIII-bob. TURISMDA SUG‘URTALASH 
 
13.1. Turistik sug‘urta va uning turlari 
13.2. Turizmda sug‘urta tushunchasi 
13.3. Turistlar va turistik tashkilotlarni sug‘urtalashning chet el tajribalari 
13.4. Turistlarning sug‘urta kompaniyalari bilan qiziqish sabablari 
 
13.1. Turistik sug‘urta va uning turlari 
O‘zbekiston Respublikasi "Turizm to‘g‘risida"gi qonunining 20-moddasi
"Turistlarni sug‘urta qilish", - deb nomlanib, unda: Turistlarni sug‘urta qilish 
majburiydir va u turistik faoliyat sub’yektlari tomonidan sug‘urta faoliyati olib 
borish huquqiga ega bo‘lgan tegishli sug‘urta tashkilotlari bilan tuziladigan 
bitimlar asosida amalga oshiriladi, deyiladi. Biror joyga yoki mamlakatga 
qatnovchi turist mahalliy aholiga qaraganda ko‘proq noqulay omillarga duch 
keladi. Shuning uchun avvalom bor turistning sog‘lig‘i sug‘urtalanadi. Keyin esa 
mol-mulki sug‘urtalanadi. Turistning bir kunlik turistik sug‘urtasi o‘rtacha bir 
yarim dollarga to‘gri keladi. Endi dunyodagi turistlar soni yarim milliard bo‘lib, 
sayohat 5-7 kun davom etsa, turizmning sug‘urtalash sohasida aylanayotgan 
mablag‘i hajmini baholash qiyin emas.Turizm rivojlangan mamlakatlarda maxsus 
tezkor xizmat guruhlari tashkil etilgan bo‘lib, turistga biror kor xol bo‘lsa u telefon 
orqali o‘zining shaxsiy nomerini aytadi va unga zarur bo‘lgan yordam ko‘rsatiladi. 
Turizm statistikasiga qaraganda, sug‘urta to‘lash holati har bir 100 ta turistning
bittasiga to‘gri keladi. Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish joizki, turistlar bilan ro‘y 
bergan har qanday holatlar sug‘urta kompaniyasi tomonidan tan olinmaydi va 
unga sug‘urta puli berilmaydi.
Hozirgi vaqtda turizm sohasida sug‘urta tizimi 10 dan ortiq sug‘urta 
xizmatini taklif etadi. Shulardan eng muhimlariga to‘xtalib otamiz:
24
24
O’zbekiston Respublikasi «Turizm to’g’risida»gi qonuni. Xalq so’zi. 1999 yil 20 avgust. 


115 
1. Shaxsiy sug‘urta. Insonning hayoti, sihat-salomatligi, mehnat qobiliyati ana 
shu sug‘urta munosabatlarining ob’yekti hisoblanadi. Bunga quyidagilar kiradi: 
- hayotni sug‘urta qilish; 
- baxtsiz hodisalardan sug‘urta qilish;
- tibbiy xarajatlar va kasallik yuzasidan sug‘urta qilish.
2. Mol-mulkni sug‘urta qilish. Turli xil moddiy boyliklar sug‘urta munosabatlari 
ob’yektiga kiradi. Masalan: 
- dengiz sug‘urtasi, shu jumladan yuklarni, kemalarni va hokazolarni sug‘urta 
qilish; 
- yong‘indan va boshqa xavf-xatardan (tabiiy ofatdan) sug‘urta qilish; 
- buzib kirish yo‘li bilan o‘g‘irlik qilishdan, boshqa yovuz niyat bilan yoki 
g‘ayri qonuniy yo‘l bilan uchinchi shaxs tomonidan amalga oshirilgan 
harakatlardan sug‘urta qilish; 
- avtomobil transporti vositalarini sug‘urta qilish; 
- texnikaviy xavf-xatardan (qurilish-montaj ishlaridagi va hokazo xavf-xatardan) 
sug‘urta qilish; 
- oyna sinishidan sug‘urta qilish hamda sug‘urtaning bu boradagi boshqa maxsus 
turlari; 
- ijara ishlarini sug‘urta qilish hamda sug‘urtaning bu boradagi boshqa turlari.
3. Mas’uliyatni sug‘urta qilish. Yetkazilgan zarar o‘rnini qoplash bo‘yicha 
zimmaga olingan mas’uliyat bu sug‘urta munosabatlarining ob’ yekti hisoblanadi. 
Bunga quyidagilar kiradi:
- ish bilan ta’minlovchilarning mas’uliyatini sug‘urta qilish; 
- umumfuqaro mas‘uliyatini sug‘urta qilish; 
- avtomobil xo‘jaligi sohasida ishlovchi fuqarolar mas’uliyatini sug‘urta qilish; 
- ishonch va kafillik mas’uliyatini sug‘urta qilish.
Shuni ham aytish kerakki, faqat tijorat ishlarining o‘zida 200 dan ortiq 
sug‘urta turlari mavjuddir.


116 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin