125
to‘lov narxiga qo‘shiladi. Shartnoma rad qilinganda depozit asos solgan tomonga
qaytariladi.
Xorijiy firmalar bilan hamkorlikda depozitning ikki shakli mavjud.
Birinchisi- xaridorga yil davomida ko‘rsatiladigan xizmat to‘lovi hisobiga
qo‘shiladi. Bunday depozit yil boshida o‘tkaziladi. Uning (10-15 %) hajmi
shartnoma tuzayotgan tomonlar shartlariga ko‘ra belgilanadi. Yil oxirida u so‘nggi
operatsiyada hisoblanishi mumkin. Depozitning ikkinchi shakli har bir turistik
xizmat uchun qo‘llaniladi, ko‘pincha turistik guruhlarni qabul qilishda: bu holatda
depozit har bir kelgan guruhga kelishilgan vaqtda va kelishilgan hajmda (50-60 %)
o‘tkaziladi. Hamkor bilan hisobda shunga e’tibor berish kerakki, turagent qarz
olgan mablag‘dan depozit mablag‘ hajmi ko‘p bo‘lmasligi kerak. Turistik
korxonalar potensial turagentni puxta tanlashi, uning ishonchliligini va ish
faoliyatini o‘rganishi va undan keyingina u bilan agentlik bitimini tuzishi kerak.
Turizmda turistik korxonalar hamkorlarni mahsulotga qo‘yilgan sotish masalalari
va xususiyatlaridan kelib chiqqan holda tanlaydilar, ular hamkorlarni tanlashda
quyidagi omillarni e’tiborga olishlari lozim;
- turlarning amaliy yo‘nalishi (dam olish, biznes safarlari, ov va boshqalar);
- huquq va burch ko‘lami;
- belgilangan hudud, korxonalar guruhining mavjudligi;
- potensial turistlar guruhining ijtimoiy - iqtisodiy va boshqa belgilari;
- savdo usullari va texnologiyasining turi;
- o‘zaro hisob - kitoblarning turi;
- turizm doirasidagi ish tajribasi va imidji;
- faoliyatning berilgan turidagi litsenziyaning mavjudligi.
Dostları ilə paylaş: