126
zanjirning hamma xalqalari agentlik shartnoma asosida, ba’zilari odatdagi turlarni
sotish shartnomasidan farq qilgan holda bir-biriga ta’sir qiladi. Qoida bo‘yicha,
agentlik shartnomasida ikkita qatnashuvchi bo‘ladi. Mohiyati va ichki tabiatiga
ko‘ra agentlik shartnomasi ahdnoma topshirig‘iga yaqin, har qanday holatda ham
agentlik shartnomasi - ishlab chiqaruvchi va agent
sotuvchi orasidagi ahdnoma
bo‘lib, agentlik rag‘batlantirish shartlari bo‘yicha turlarni sotish va jo‘natish
ishlarini amalga oshiradi. Agenlik bitimini tuzish shartlari har bir davlatning
fuqarolik kodeksida bo‘ladi va agentlik shartnomalariga topshiriq va komissiya
ahdnomalari haqidagi qoidalar qo‘llanishi belgilangan. Bunga mos ravishda
agentlik shartnomasi quyidagi sharoitlarga ega bo‘lishi mumkin.
- bir tomon (turagent) o‘z nomidan va boshqa tomon hisobiga (turoperator)
belgilangan yuridik kuchni bajarish majburiyatini o‘z
zimmasiga oladi;
- bir tomon (turagent) mukofotlash uchun boshqa tomon (turoperator) topshirig‘i
bo‘yicha yuridik va boshqa faoliyatlarni o‘z nomidan va turoperator (prinsipial)
hisobiga bajarish majburiyatlarini oladi. Bunda agar turagent turist bilan turni o‘z
nomidan sotish bo‘yicha ahdnoma tuzsa u turist oldidagi huquq va
majburiyatlariga turist bilan tuzilgan bitimda turoperator aytilgan yoki
aytilmaganligidan qat’iy nazar, turistga turoperator bevosita xizmat qilishidan
qat’iy nazar ega bo‘ladi. Agar turist bilan ahdnoma
agentlikdagi turoperator
nomidan tuzilsa, turist oldidagi huquq va majburiyatlar bevosita turoperator
tomonidan amalga oshiriladi. Bunday holatda turagent turoperator belgisi ostida
harakat qiladi va hamma turist bilan o‘zaro munosabatlar turoperator bilan o‘zaro
munosabatlarga o‘xshab rasmiylashtiriladi.
Har qanday holatda ham bunday bitim turagentga ishini turoperator
mahsulotini sotish bo‘yicha bajarganligi uchun mukofotlash haqini nazarda tutadi.
Odatda
bu komission mukofotlashdir, lekin har bir sotilgan turistik mahsulot uchun
belgilangan mablag‘ ham bo‘lishi mumkin. Bu shartnoma shartlarida qayd etilgan.
Agentlik shartnomasi o‘z qatnashuvchilarining huquqlarini cheklashi mumkin.
Undagi qonunlarga ko‘ra turoperatorning belgilangan ahdnoma doirasida harakat
127
qiluvchi boshqa agentlar bilan agentlik ahdnomalarini tuzmaslik yoki agentlik
ahdnomasi mavzusini tashkil etuvchi analogik,
mustaqil faoliyat hududida
bajarishdan bosh tortish majburiyatlari bor bo‘lishi mumkin. Lekin bunday shart
kamdan-kam uchraydi. Bitimda turagentning boshqa turoperatorlar bilan analogik
agentlik
ahdnomalarini
tuzmaslikka
majbur
qiluvchi,
turlar
savdosini
mo‘ljallovchi, ahdnomada ko‘rsatilgan hudud bilan butunlay yoki qisman to‘g‘ri
keluvchi hududda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan turistik xizmatini cheklash ham
nazarda tutilishi mumkin. Bitimda albatta turagentning o‘tkazilgan savdolar
bo‘yicha turoperator oldidagi hisobot muddati va shartlari belgilanadi.
Fuqarolik kodeksi orqali turagentga turoperator
oldidagi subagent harakati
uchun javobgar bo‘lgan holda subagentlik ahdnomasini tuzish huquqi ruxsat
etiladi. Turistik agentliklardan mahsulot sotadigan tarmoqni asosiy o‘ringa
qo‘yuvchi turoperator yuridik shaxs bo‘lib, ba’zi xizmatlarni bajarishni yuklaydi.
Agent sifatida esa yuridik firmaga (turagentlik) o‘xshab jismoniy shaxs ham
(chakana agent) bo‘lishi mumkin. Agentlar bilan ishlash usullari turoperatorning
barqaror ijobiy imidjini tuzishga va agentlik tarmog‘ining
qatnashuvchilari bilan
foydali ta’sirini yaratishga yo‘naltirilgan. Agentlik bitimi yozma rasmiylashtirilgan
bo‘lishi kerak, garchi ba’zi mamlakatlarda, masalan, Amerikada og‘zaki
shartnomaga ruxsat etilsa ham, O‘zbekiston qonunlariga binoan ahdnoma va bitim
yozma ko‘rinishda, undan ham yaxshisi yozuv mashinasi yoki kompyuter
printerida ko‘chirgich qog‘oz orqali bosib chiqarilgan bo‘lishi kerak. Bitim
matnining hajmi tomonlarning aloqalariga, mavzu
murakkabligiga va bu bitim
ob’yektiga bog‘liq. Shartnoma shartlari qanchalik batafsil bayon qilinsa,
sheriklarda ishlash va paydo bo‘lgan muammolarni janjal va to‘qnashuvlarsiz hal
etish oson bo‘ladi. Teks hajmidan qat’iy nazar agentlik bitimi zarur atributlarga
ega bo‘lishi kerak, ularsiz u ma’nodan mahrum bo‘ladi yoki bo‘lmasa haqiqiy
emas deb olinadi.
Dostları ilə paylaş: