131
bo‘yicha xizmatlarni o‘z ichiga oluvchi, mehmonxona, qo‘shimcha ekskursiya va
boshqa xizmatlarni havola etuvchi, uni ko‘chirishni belgilangan xizmat joyiga
tashuvchi murakkab, ko‘p qismli turistik mahsulotini (turni) sotadi. Chet el turistik
sayohati bu katta zanjirdagi xalqalardan biri hisoblanadi. Bunday holatda bir
nechta bajaruvchilarga o‘xshagan tamoyillar bo‘lishi mumkin. Vaucher agent firma
blankasida nomerlanadi va turist oldida birgalikdagi tur uchun butun javobgarlik
aynan unda bo‘ladi. Hamma aloqalar va o‘zaro javobgarliklar kelishuvda
ko‘rsatilishi lozim. Kelishuv ob’yekti sifatida ba’zi sharoitlarda ob’yekt sifatida
nomlangan xizmatdan foydalaniladi. Umumiy tavsiya kelishuv ob’yekti bo‘yicha
mavjud emas va har bir aniq holatda tomonlar turizm va xarakteristikasining turini
aniqlashlari kerak. Turistik mahsulotini sotishda kelishuvda ko‘rsatilishi kerak
shaharlarga turistlarning qabul qilinishi (incoming) yoki chet elga kuzatilishi
(outgoing) va shu bilan birgalikda agentlik munosabatlari ko‘rsatilishi lozim. Har
bir aniq holatda tomonlar mahsulotning kelishuv tavsifini berishi zarur.
6. Turlarning narxi (alohida hujjat sifatida tatbiq etilishi mumkin).
7. Sayohat va chegirmaning o‘lchamlari turning standart narxiga.
8. Valyuta qiymati (shartlarni o‘zgartirish foizi va boshqalar).
9. Mijozning turni sotib olish shakli va e’lonning joylashish tartibi (o‘zaro
kelishuv tartibi va bitim hujjatlari, alohida javobgarliklar, iqtisodiy hujjatlar).
10. Depozit o‘lchami va depozit siyosatining tizimlari, jarima tarmog‘i.
11. Qo‘shimcha to‘lov inflatsiyaga yoki ichki sabab natijasida vujudga kelgan
xizmat, ularning narxining ko‘tarilishiga ta’sir qilish g‘oyasi (masalan,
aviabiletlarga).
12. O‘zaro hisob-kitob va to‘lovlar ro‘yxati (tomonlardan qaysi birining bankda
xarajati bor) inflatsion kelishuv.
Ushbu omillar turizmda turistik shartnomalarning zaruriy shartlaridan biri
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: