97
Ma’lumki,
iqtisodiyotda
xususiy
mulkchilik
munosabatlarini
shakllantirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad tadbirkorlik sub’yektlari o‘rtasida
o‘zaro raqobat kurashini shakllantirish va buning natijasida
sifatli mahsulot yoki
xizmatlarni yetkazib berishni ifoda etadi. Turistik xizmatlar bozoridagi raqobat
turistik biznesning yirik kompaniyalari o‘rtasida bozordagi hukumronlikka egalik
qilish shaklida bo‘lsa, unchalik katta bo‘lmagan kompaniyalar o‘rtasida mijozlar
uchun kurashish shaklida namoyon bo‘ladi. Biroq, bu sohada ham turizm sanoati
o‘ziga xosliklari bilan ajralib turadi. Masalan, ko‘plab turistik kompaniyalar tashqi
bozorga chiqqanlarida o‘zlari faoliyat ko‘rsatayotgan
mamlakatlaridan farq
qiladigan raqobatga duch keladilar. “Olimpik Xolideyz” nomli turistik operator
Gretsiyada monopol kompaniya sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Biroq, uning harbiy
Yevropa mamlakatlarida o‘z ta’sir doirasini kengaytirish va inklyuziv sayohatlarni
tashkil qilish maqsadida amalga oshirgan intilishlari juda kuchli raqobatga duch
keldi. Kompaniyaning bozordagi pozitsiyasini bunday o‘zgarishi asosan, boshqa
bir mamlakatning o‘ziga xos xususiyatlarini atroflicha
tahlil qila olmaganligidan
dalolat beradi. Chunki, turizm sohasi birinchi navbatda insoniyatning xohish va
istagi bilan chambarchas bog‘liqdir. Bu esa o‘z navbatida turizm bozoridagi har bir
iste’molchining o‘ziga xos jihatlarini va sayohatga bo‘lgan o‘ziga xos
yondashuvlarini har jihatdan o‘rganishga ko‘maklashuvchi marketing so‘rovlarini
o‘tkazilishini talab qiladi. Umuman olganda, turizmda mulkchilik munosabatlarini
shakllantirish va rivojlantirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad quyidagilarda o‘z
ifodasini topgan: turistik kompaniyalar va agentliklarning miqdorini ko‘p bo‘lishi
natijasida
ular
faoliyat
ko‘rsatayotgan
mamlakatdagi
mavjud
turistik
imkoniyatlarni dunyo hamjamiyatiga yanada keng reklama qilish, sayyohlar
oqimiga imkon qadar sifatli xizmatlar ko‘rsatish
orqali ularning mamlakatga
bo‘lgan qiziqishlarini yanada orttirish va eng asosiysi, mamlakatlar o‘rtasidagi
o‘zaro mustahkam do‘stlik munosabatlarini qaror toptirish; turistik kompaniya va
agentliklar tomonidan ko‘rsatiladigan turistik xizmatlarni kengaytirish ehtiyojining
yuzaga kelishi natijasida mamlakat hududida turli zamonaviy xizmat ko‘rsatuvchi
98
ob’yektlarni keng miqyosda barpo ettirish; turizm orqali boshqa ko‘plab
iqtisodiyoti sohalarini samarali faoliyatini ta’minlash. Masalan, turistlarni
mamlakatimizga kelishi mamlakatimiz bozorlarida sotilayotgan
mahalliy ishlab
chiqaruvchilarning mahsulotlarini xarid qilinishi, ularning o‘z yurtlari bilan
bog‘lanib turishlari uchun sifatli telekommunikatsiya vositalarining yanada keng
tarmog‘ini
tashkil
etilishi,
mamlakat
hududidagi
transport
yo‘llarini
zamonaviylashtirilishi, turistlarning madaniy hordiq chiqarishlarini ta’minlashda
muhim omillardan biri hisoblangan sport inshootlarining zamonaviy tarzda bunyod
etilishi va shu kabilarga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: