68
- korporativ;
- bolali yo’lovchilar uchun;
- guruh;
- yosh oilalar uchun va boshqa.
Ayniqsa JAYA (Butunjahon Aviatsiya yo’lovchilar assosatsiyasi), ETZ
(Yevropa turizm zanjiri)ning imtiyozli kartlari keng tarqalgan. Bunday kartlarga
ega yo’lovchilar uchun ba’zi aviakompaniyalarning (DELTA, SAS) aviachiptalari
uchun, dunyoning 4000 ta eng yaxshi mehmonxonalari to’lovi uchun, ijaraga
olingan avtomobil to’lovi bo’yicha (30% gacha), yo’qolgan chipta hujjatlarini
qayta tiklash bo’yicha, aeroportlarda VIP xonalaridan foydalanish, sug‘urta va
boshqa imtiyozlar mavjud.
Suv yo’li bo’yicha turistlarning sayohati 250, 300 va 400 yo’lovchiga
mo’ljallangan yuqori komfortga ega teploxodlarda amalga oshiriladi. Kayutalar bir
o’rinli, ikki o’rinli, 3-4 o’rinli va lavozimga mo’ljallangan turlarga ajratilgan.
Bunday sinfdagi teploxodlar (barcha) dam olish va barcha komfort atributlarga
ega: kayutalarda qulay yumshoq mebel, konditsionerlar, muzlatgichlar, mini-
barlar, restoran-barlar, sauna, musiqali salonlar, video-kinozallar mavjud bo’ladi.
Suvdagi turistik sayohatlar va ekskursiyalar teploxodlardan tashqari daryo
“tramvay”larida, yaxta, suv osti qayiqlarida, yelkanlarda, katamaranlarda,
qayiqlarda, baydarkalarda va boshqalarda amalga oshiriladi.
Temir yo’l transportidan turizmda foydalanganda turistik sayohatlar 12 ta
yo’lovchi vagonlardan iborat bo‘ladi, 2-3 vagon restoran, vagon-klubga ega
bo’lgan maxsus harakat rejimi va yo’nalishi bo’yicha harakatlanuvchi turistik
bo’limlarda amalga oshiriladi. Ko’pincha chet davlatlarda ekskursion turistik
transport sifatida tramvay va uning retro-variantlari: trolleybus, kareti, dilishans va
boshqalardan foydalaniladi. Yuqoridagi barcha transport vositalari turistik
kompaniyalarning o’z mulki bo’lmasdan, balki ulardan farqli ijara, lizing va h.k.
asosida foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: