O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


 Turizmda marketing faoliyatlarining boshlanishi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/86
tarix12.10.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#154858
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   86
6-y-Turizm-iqtisodi.-Oquv-qollanma.-A.M.Abduvohidov-F.S.Qutlimurotov.-T-2011

 
9.1. Turizmda marketing faoliyatlarining boshlanishi 
 
Turizm industriyasida marketing faoliyatlari XIX asr oxirlarida, tunash va 
sayohat byurolari bilan birgalikda Angliya va keyinchalik Yevropa qit’asida 
amalda qo‘llanila boshlagan. Turizm marketingining tizimli (tizimtik) bir shaklda 
inobatga olinishi va o‘rganilishi 1950-yillarda Yevropada amalda qo‘llanilgan. 
Ikkinchi jahon urushigacha lyuks bir iste’mol soha bo‘lgan turizm tarmog‘i, 
urushdan keyin Yevropadagi sanoatlashuv harakati bilan birga rivojlanishga va 
tarqalishga boshlagan. Iste’molchilarning sotib olish imkoniyatlari ortgan va 
turizm tarmog‘i xalqaro bir xususiyat qozonib talab va taklif muvozanati buzilishni 
boshlagan. 1936-yildan e’tiboran Yevropada pullik ruxsat haqining berilishi bilan 
ishchilar, mutaxassislar ta’tilga chiqib turizm harakatlariga qatnashganlar. Tunash 
muassasalarida o‘zgarish ortgan, yangi tunash tarmoqlari yuzaga kelgan. Sayohat 
qilgan insonlar soni har yili tez sur’atlarda ortib borgan. Ta’tilga chiqish nisbati 
Yevropada jami aholining 60% ini tashkil qilgan. Dunyoda sayohat qilgan kishilar 
soni 1970-yilda 168 mln. kishi ekan. 1989-yilda bu hisob 420 mln. kishi, 2005-
yilda esa bu raqam 685 mln. kishiga yetgan. Sayohat qilgan insonlar turizm 
tarmog‘iga qatnashib 1989-yilda 230 mlrd. dollar miqdorida turizmga sarf qilgan 
bo‘lsalar, 2005-yilda bu ko‘rsatkich 475 mlrd. dollar, 2007- yilda esa ushbu 
ko‘rsatkich 480 mlrd. dollar bo‘lgan. Makro darajada davlatlar, mikro darajada 


82 
turistik korxonalar iste’molga tayanib turizmda ma’lum bir miqdorda talabni 
oshirish uchun turizm marketingi tizimlarini rivojlantirishga e’tibor qaratganlar.
16
Xususan 1970-yillardan keyin talabni jonlantirish uchun turizm marketingi 
tadqiqotlariga e’tibor berilgan. Marketing, mahsulotning bozorda iste’molchi bilan 
qarsqilashishi va bir birlari bilan tenglashishidir degan edik. Turizm marketingini 
ham turistik xizmat yoki mahsulot bilan turizm bozori shakllantiradi. Turistik 
xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar uch guruhda tavsiflanadi: 
1. Tunash va ovqatlanish tarmoqlari. 
2. Sayohat byurolari va turoperatorlar. 
3. Qo‘shimcha xizmat ko‘rsatuvchi boshqa muassasalar. 
Turizm bozori geografik nuqtai nazardan ikki qismga, milliy va xalqaro 
turizm bozoriga ajratiladi. Bozordagi iste’molcqilar turist deb ataladi. Turizm 
marketingida mahsulotga qaraganda xizmatning bozorlanishi asosiy hisoblanadi. 
Turizmda ishlab chiqarilgan xizmatlar juda turli xil xizmatlarning yig‘indisidan 
tashkil topmoqda. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin