O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


I-bob. TURIZMNI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY VA AMALIY



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/86
tarix12.10.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#154858
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86
6-y-Turizm-iqtisodi.-Oquv-qollanma.-A.M.Abduvohidov-F.S.Qutlimurotov.-T-2011

I-bob. TURIZMNI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY VA AMALIY 
ASOSLARI 
 
1.1. O‘zbekistonda turizmni rivojlantirishning amaliy asoslari 
1.2. Iqtisodiyotni rivojlantirishda turizmning ta’sir doirasi 
1.3. Buyuk Ipak yo‘li va unda turizmni rivojlantirishning ahamiyati 
1.1. O‘zbekistonda
t
urizmni rivojlantirishning amaliy asoslari 
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasida turizmning milliy modelini 
shakllantirish jarayoni amalga oshirilmoqda. Ushbu modelda ta’kidlanishicha 
mamlakatda rivojlantirilayotgan turistik bozor boshqa har qanday bozorlar kabi 
mamlakatning ijtimoiy – siyosiy va iqtisodiy vaziyatiga ta’sir ko‘rsatadi. U 
mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish hamda investitsiya va kapital 
oqimini ta’minlash darajalarini aniqlashda muhim vosita bo‘lib hisoblanadi. 
Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda, asosan, xususiy va tijorat 
kompaniyalari turistlarga xizmat ko‘rsatadi. Biroq, har qanday sharoitda ham 
davlat optimal iqtisodiy va huquqiy zaminni yaratgan taqdirdagina turizm 
rivojlanishi mumkin. Agarda davlat kasbiy tayyorgarlik masalalari, tabiiy va 
madaniy muhitni muhofaza etish, axborot - reklama ishlari va rasmiyatchilikni 
soddalashtirish kabilar bilan shug‘ullanmasa, u holda turizm kutilganidek 
rivojlanish darajasiga erisha olmaydi. Bunda davlat tomonidan turizmni 
rivojlantirish, turistik xizmatlar bozorini shakllantirish, iqtisodiy tartibga solish 
usullari va richaglarini qayta isloh etish, turizmni tashkiliy boshqaruv tizimlarini 
takomillashtirish, uning eksport salohiyatini oshirish va eng asosiysi, xorijiy 
investitsiyalarni jalb qilish kabilarga tegishli uslubiy va amaliy yondashuvlarni 
ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. 
O‘zbekistonda turizm infratuzilmasiga Sobiq Ittifoq davridanoq asos 
qo‘yilgan edi. Biroq, bu sohadan keladigan daromadlarning qayta taqsimlanish 



muammosi odatdagidek markaz tomonidan hal etilardi. 1985-89 - yillarda 
O‘zbekistondagi ichki va hududiy turizmning hajmi 1,4-1,6 mln. kishini, bunda 
chet ellik turistlarning miqdori atigi 130-180 ming kishini tashkil etardi xolos. Bu 
vaqtga kelib, ya’ni 1985 yilda Turkiyada 1,5 mln. 1992 - yilda esa 7 mln. 2003 
yilda esa 11 mln. atrofida xorijiy turistlar tashrif buyurishdi. 1981 - yilda Vengriya 
14,2 mln. turistlarni qabul qilgan bo‘lsa, 1991 yilga kelib bu miqdor 19,1 mlnga 
etdi. 1992 - yilda O‘zbekistonning turistik sohasi chet ellik turistlarga faqatgina 27 
ta, 2008 - yilda esa 50 dan ortiq xizmat turini taklif etdi. Turkiya, Italiya va 
Ispaniya kabi mamlakatlarda esa bu ko‘rsatkich 250-400 ni tashkil etadi. 
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng Prezidentimizning bevosita 
tashabbuslari bilan turizmni rivojlantirish ustuvor masalaga aylandi. Umuman 
olganda, O‘zbekiston Respublikasida turizm infratuzilmasini rivojlanishini beshta 
bosqichga bo‘lish mumkin.
1
Birinchi bosqich
(o‘z ichiga 1992 - yilni oladi). Ushbu bosqich 
respublikamizda milliy turizmning dastlabki shakllantirilishi bilan xarakterlanadi. 
Bu bosqichda turizm infratuzilmasida yetakchi hisoblangan “Oz‘bekturizm” Milliy 
Kompaniyasiga asos solindi.
Ikkinchi bosqich
(1993-1995 - yillar). Bunda turizmning milliy rivojlanish 
modeli ishlab chiqildi. Ushbu bosqich turistik xizmatlar ko‘rsatish hajmining oshib 
borishi bilan birgalikda yangi turistik yo‘nalishlarni ishlab chiqish, xizmat 
ko‘rsatishni yaxshilash, turizmning moddiy-texnika bazasini kengaytirish, 
boshqaruvning tashkiliy tizimini takomillashtirish va boshqa shu kabi vazifalar 
bilan bog‘liq bo‘lgan bir qator muammolarni yuzaga keltirdiki, ularni faqatgina 
“O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi doirasida hal etish imkoni bo‘lmay qoldi. 
Kompaniya turistik operatorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa qilish maqsadida 
Germaniya (Frankfurt-Mayn), Angliya (London), AQSh (Nyu-York), Birlashgan 
1
Fayziеva Sh.R. O‘zbеkistonda turizm rivojlanishining iqtisodiy mеxanizmini takomillashtirish. Nomzodlik 
dissеrtasiyasi. O‘zMU, 2006 y 



Arab Amirliklari (Sharja) va Rossiya (Moskva) kabi mamlakatlarda o‘zining 
vakolatxonalarini ochdi. 
Uchinchi bosqich
(1995-1997 - yillar). Bunda turistik xizmatlar sohasida 
xususiylashtirish jarayoni boshlandi. 1996 yilning boshlarida “O‘zbekturizm” 
milliy kompaniyasi tizimidagi turistik obyektlar umumiy miqdorining 90% ga 
yaqini davlat tasarrufidan chiqarildi. 
To‘rtinchi bosqich
(o‘z ichiga 1998 - yilni oladi). Bu bosqichda eksport 
salohiyatini oshirish, valyuta, turistlar, investitsiyalarning barqaror oqimini 
ta’minlash uchun imkoniyat yaratildi. Respublikada milliy turizmni jahon 
andozalari darajasida shakllantirish, turizmga bilvosita tegishli bo‘lgan xizmat 
ko‘rsatish infratuzilmasini, xususan, turistlarni xorijdan kutib oladigan chegara, 
bojxona va aeroport xizmatlarini qayta shakllantirish boshlandi. 
Beshinchi bosqich
(1999 - yil maydan keyingi davrlar). Ushbu bosqichda 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Turizmni rivojlantirishning davlat 
dasturi to‘g‘risidagi» Farmoni nafaqat mamlakatdagi milliy va xalqaro turizmning 
tutgan o‘rnini mustahkamlash uchun siyosiy asosni shakllantirdi, balki uning 
iqtisodiy asoslarini mustahkamlash imkoniyatini berdi. Ushbu me’yoriy hujjat 
asosida turistik korxonalarga qo‘shimcha boj imtiyozlari berildi. Bundan tashqari, 
O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalarida turizm 
bo‘yicha maslahatchi lavozimi joriy etildi. Ushbu yilning avgust oyida mamlakat 
Parlamentida “Turizm to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi va buning natijasida 
turizm sohasini faoliyat ko‘rsatishining huquqiy asoslari yanada takomillashtirildi. 
Shu bilan birga milliy turizm sohasini yanada takomillashtirish maqsadida 
2006 yil 18 aprel oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston 
Respublikasida 2006-2010 yillarda xizmat кo‘rsatish va servis sohasini
rivojlantirishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. 
Shunga asosan O‘zbekistonda xizmat кo‘rsatish sohalaridan biri bo‘lgan turizmni 
yanada rivojlantirish va ushbu soha uchun malakali каdrlar tayyorlash va ularni 



milliy g‘oya va merosimizni puxta biladigan qilib tayyorlash muhim omillardan 
biri bo‘lib qolmoqda. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin