10
me’morchilik obidalari, qulay tabiiy sharoitlar, an’anaviy
xalq hunarmandchiligi
va san’ati mahsulotlari, sanoat va agrar komplekslardan iborat. Bu yerda avtomobil
va temir yo‘llarning keng tarmog‘ining mavjudligi ham Farg‘ona mintaqasidan
turizm maqsadlarida foydalanishga, uning butun hududida turizm bazalari va dam
olish maskanlarini joylashtirishga imkoniyat yaratadi.
Toshkent turizm mintaqasi kelgusida turizmning barcha turlarini
rivojlantirish uchun universal imkoniyatlarga egadir. Mazkur turizm mintaqasidagi
madaniyat yodgorliklari, poytaxt viloyatining bugungi hayoti, qurilishlar, yangi
shahar va qishloqlar, zamonaviy madaniyat, mintaqaning tabiati, boy landshafti,
rang-barang o‘simlik va hayvonot dunyosi uning diqqatga sazovor bo‘lishiga sabab
bo‘ladigan muhim omildir. Avtomobil va temir yo‘llari tarmog‘i Toshkent turizmi
mintaqasidagi turizm markazlarini bir-biri bilan bog‘laydi hamda shahar atrofidagi
temir yo‘l va avtomobil turizmini rivojlantirishga imkon beradi.
Samarqand-
Buxoro turizm mintaqasi Samarqand, Buxoro va Navoiy viloyatlarini o‘z ichiga
qamrab oladi. Samarqand va Buxorodagi butun dunyoga mashhur me’morchilik
obidalari ushbu mintaqadagi turizmni rivojlantirilishiga asos hisoblanadi. Bundan
tashqari, Zarafshon daryosi orqali o‘tuvchi temir yo‘l va keng tarmoqdagi shosse
yo‘llari, Zarafshon tog‘ tizmasi orqali o‘tgan unchalik baland bo‘lmagan davonlar
va yaxshi trassalar mintaqada turizmni rivojlantirish uchun nihoyatda qulay omil
hisoblanadi. Xorazm turizm mintaqasining salohiyati asosan Xivaning Ichan qa’la
qo‘riqxonasida joylashgan va jahonda misli yo‘q
nihoyatda boy tarixiy -
me’morchilik yodgorliklariga tayanadi. Faoliyat ko‘rsatayotgan turizm mintaqalari
bilan bir qatorda yana istiqbolli mintaqalar mavjud bo‘lib, ular Jizzax, Qarshi-
Termiz va O‘rta-Qoraqalpoq mintaqalaridir. Kelajakda bu mintaqalardagi mavjud
imkoniyatlarning rivojlantirilishi mamlakatimizda turizm xizmatlari bozorini
yanada kengayishiga olib kelishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: