278
Masalni o’qish metodikasi
Masal - axloqiy, satirik va kesatiq mazmunini kinoyaviy obrazlarda aks ettirgan
aksariyat kichik she’riy, baozan nasriy asardir. Inson xarakteriga xos xususiyatlar
masalda majoziy obrazlar − hayvonlar, jonivorlar va o’simliklar
dunyosiga
ko’chiriladi. Timsollarning kinoyaviy xarakterda bo’lishidan tashqari, kulgili savol-
javob ham masal tili va uslubi uchun xarakterlidir. Ko’pincha masalning kirish
qismida, baozan pirovardida qissadan hissa - ibratli xulosa chiqariladi.
Adabiyot nazariyasida masalga liro-epik janrlardan biri sifatida she’riy
shakldagi, majoziy xarakterdagi qisqa syujetli asar deb taorif beriladi. Masallarda
turli hayvonlar majoziy suratda asarning qahramonlari sifatida tasvirlanadi.
Masal kichik hajmli,
ammo boy mazmunli, tugun, kulьminatsion nuqta va
yechimi bo’lgan kichik pьesani eslatadi. U biror voqea-hodisani qisqa, mazmunli
tasvirlashda ajoyib namuna bo’la oladi.
«Antik adabiyotda Ezop masallari juda mashhur bo’lgan. O’z maonosidan
ko’chirilgan (majoziy) so’z va kinoyaviy iboralar orqali qilinadigan “yashirincha”
tanqidning tili va uslubi
Ezopga nisbatan berilib, “Ezop tili” deyilgan va shu taobir
joriy qilingan»
26
.
Ezop quldorlik jamiyati sharoitida hukmron doiralarning jirkanch kirdikorlarini
ochiqdan-ochiq tanqid qilish ilojini topolmagach, o’zining
satirik asarlarini
kinoyaviy til va uslubda yozishga majbur bo’lgan. Feodal istibdodi sharoitlarida
yashab ijod etgan mashhur rus masalchisi I. A. Krilov ham, atoqli o’zbek masalchisi
Gulxaniy ham “ezop tili”da yozganlar. Frantsuz shoiri Lafontenning masallari ham
mashhur. A. Navoiy dostonlarining bir qancha epizodlari, “SHer bilan Durroj”,
“Kabutar” singari masallari yaxshi xislatlarni tarbiyalashda katta rolь o’ynaydi.
O’zbek
adabiyotida Sayido Nasafiy, Maxmur, Gulxaniy kabi shoirlar ham
Navoiy anoanalarini davom ettirganlar, bolalarbop ko’pgina masallar yozganlar.
26
Ҳомидий Ҳ. ва бошқ. Адабиётшунослик терминлари луғати.
Ўқитувчи, 1979. 104 -
бет.
279
Hayvonlar, parrandalar, hasharotlar, gullar haqidagi majoziy asarlarni bolalar
qiziqib o’qiydilar. Mana shu nuqtai nazardan Sayido Nasafiyning “Bahoriyot”
(“Hayvonotnoma”) asari ahamiyatlidir. Nasafiyning masallari, axloqiy va tarbiyaviy
masalalarga doir fikr hamda qarashlari bolalarning o’qish va tarbiyasida katta
ahamiyat kasb etishi bilan birga, ularning kitobxonlik doirasini ham kengaytiradi.
Mashhur masalnavis Gulxaniyning “Toshbaqa bilan CHayon”, “Maymun bilan
Najjor” masallari boshlang’ich sinf o’quvchilarining yoshiga mos keladi.
Ularda
do’stlik, rostgo’ylik, qo’lidan kelmaydigan ishga urinmaslik kabi g’oyalar ilgari
suriladi.
Ma`lumki, tarbiya ko’proq taolim jarayonida berib boriladi. Bolalarga
maktabga
kelgan kunidan boshlab, bilim olishga havas tuyg’usi shakllantiriladi.
Ularda asta-sekin bilim olishga ehtiyoj paydo bo’ladi va bu orqali o’kuvchilar
maonaviy ozuqa ola boshlaydilar. Bu bilan bolada kelajakka intilish, orzu-havas,
mehnatga
chanqoqlik, xayru ehsonda sofdillik, ona-Vatanga mehr-muhabbat,
fidoyilik, milliy g’urur, matonat, mehr-oqibat, do’stlik, ezgulik kabi yuksak hislar
paydo bo’ladi.
Jumladan, masal janridagi asarlar ham boladagi qo’pollik, qo’rslik,
yolg’onchilik, yalqovlik, beparvolik kabi illatlarni bartaraf etishda yordam beradi.
Lekin amaldagi boshlang’ich sinf “O’qish kitobi” darsliklarida masal janriga kam
o’rin berilgan. Vaholanki, bola tarbiyasida masalning o’rni beqiyosdir. Masaldagi
qissadan hissa o’quvchi matndagi eotibordan chetda qoldirgan, yuzaki o’qib o’tib
ketgan, yaxshi anglashga harakat qilmagan o’rinni, bo’shliqni to’ldiradi.
3-sinf “O’qish kitobi”dan o’rin olgan
Dostları ilə paylaş: