O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Tovar moddiy zaxiralar inventarizatsiyasi mazmuni ,turlari va



Yüklə 213,26 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/15
tarix16.12.2023
ölçüsü213,26 Kb.
#183667
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
tovar moddiy zaxiralar inventarizatsiyasi uning natijalari hisobi

1.2.Tovar moddiy zaxiralar inventarizatsiyasi mazmuni ,turlari va 
o’tkazish tamoillari 
Buxgalteriya hisobining usullari korxona mulkining va majburiyatlarining 
holati va harakatini pul ifodasida aks ettiradi. Biroq, ushbu usullar korxona 
mulki va majburiyatlarining haqiqatda mavjud holatini aks ettira olmaydi. 


29 
Ushbu vazifani bajarish buxgalteriya hisobining 
«inventarizatsiya» 
nomli 
usuliga yuklatiladi. 
«Inventarizatsiya» 
so‘zi qayta hisobdan o‘tkazishni bildiradi. Korxonaning 
mulkining haqiqiy holati ularni qayta sanoqdan o‘tkazish, o‘lchash, tortish, 
sanash yo‘llari bilan amalga oshiriladi. Ushbu muolajalar birgalikda 
inventarizatsiyaning mohiyatini tashkil etadi.
Tovar-moddiy zaxiralar inventarizatsiyasining zarurati va ahamiyati u 
tomonidan bajariladigan quyidagi funksiyalarda namoyon bo‘ladi: 
Birinchidan
, hisob ma’lumotlarida ko‘rsatilgan tovar-moddiy zaxiralarning 
real borligini aniqlash va unga iqror bo‘lish. 
Ikkinchidan
, tovar-moddiy zaxiralar bo‘yicha javobgar shaxslarning o‘z 
funksional majburiyatlarini qay darajada sidqidildan to‘liq bajarayotganliklariga 
baho berish. 
Uchinchidan
, tovar-moddiy zaxiralar bo‘yicha hisob ma’lumotlari va 
ularning haqiqatda mavjudligining o‘zaro muvofiqligini ta’minlash.
Tovar-moddiy zaxiralar
inventarizatsiya utkazishning oldindan kuzda 
tutilganligiga karab u ikki turga bulinadi: 
1.
Rejali inventarizatsiya
– bu korxonaning moddiy javobgar 
shaxslarni navbatdagi mehnat ta’tiliga chiqarish rejasiga ko‘ra o‘tqaziladigan 
inventarizatsiya. 
2.
Rejadan tashqari inventarizatsiya 
– bu ko‘zda tutilmagan hollarda, 
masalan favqulotdagi hodisalar yuz berganda (o‘g‘rilik, toshqin va shu kabi 
hodisalar sodir bo‘lganda) o‘tqaziladigan inventarizatsiya. 
 


30 
Tovar-moddiy zaxiralar inventarizatsiyasining harakterli xususiyatlari 
kuyidagilar hisoblanadi: 
1.
tovar-moddiy zaxiralar inventarizatsiyasi to‘satdan o‘tqaziladi, ya’ni 
moddiy javobgar shaxs uni o‘tqazilishi to‘g‘risida oldindan xabar topmasligi 
lozim. 
2.
tovar-moddiy zaxiralar inventarizatsiyasi rahbarning buyrug‘i yoki 
farmoyishi bilan tasdiqlangan doimiy harakatdagi va ishchi inventarizatsiya 
komissiyalari tomonidan o‘tqaziladi, ushbu komissiyaga moddiy javobgar shaxs 
albatta kiritiladi. 
3.
inventarizatsiya ma’lum muddatga o‘tqaziladi, uning boshlanish 
va tugash vaqti buyruqda yoki farmoyishda ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
4.
inventarizatsiyani o‘tqazish belgilangan tartibda va usullarda 
amalga oshiriladi. 
5.
tovar-moddiy zaxiralar inventarizatsiyasi natijalari maxsus sanoq va 
taqqoshlash dalolatnomalari bilan rasmiylashtiriladi. 
Tovar-moddiy zaxiralar inventarizatsiyasining asosiy maksadi tovar-moddiy 
zaxiralarning haqikatda mavjudligini aniklash, haqikatda mavjud tovar-moddiy 
zaxiralarni buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan kiyoslash hisobda to‘g‘ri aks 
ettirilganligini tekshirish hisoblanadi. 
Bundan tashkari, ishlab chikarish zaxiralari va xo‘jalik yurituvchi sub’ektga 
karashli bo‘lmagan, lekin buxgalteriya hisobida kayd etilgan (mas’uliyatli 
saklanishda bo‘lgan, ijaraga olingan, kayta ishlash uchun olingan) boshka 
turdagi tovar-moddiy zaxiralar, shuningdek, biror-bir sababga ko‘ra hisobga 
olinmagan tovar-moddiy zaxiralar inventarlanishi kerak. 


31 
Tovar-moddiy zaxiralar inventarizatsiyasi uning joylashgan yeri va moddiy 
javobgar shaxs bo‘yicha o‘tkaziladi. 
19-son BXMS “Inventarizatsiyani tashkil etish va utkazish”ga muvofik 
kuyidagi xollarda tovar-moddiy zaxiralar inventarizatsiyasi majburiy xolda 
o‘tkaziladi: 
6.
tovar-moddiy zaxiralar ijaraga berilganda, sotib olinganda, 
sotilganda, shuningdek, davlat korxonasi o‘zgartirilgan (davlat tasarrufidan 
chikarilgan) choјda konunchilikda nazarda tutilgan xollarda; 
7.
yillik moliyaviy hisobotni tuzish oldidan, tovar-moddiy zaxiralar 
inventarizatsiyasi hisobot yilining 1 oktyabridan kechiktirmay o‘tkaziladigan 
tovar-moddiy zaxiralardan tashkari.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 28.08.98 yilda 486-son bilan 
ro‘yxatga olingan "Tovar-moddiy zaxiralar" deb nomlangan 4-son BXMSga 
binoan tovar-moddiy zaxiralar bir yilda kamida bir marta inventarlanadi.
Ayrim joylar va mavsumiy tusda ishlaydigan korxonalarda ishlab chikarish 
zaxiralari ular eng kam mikdorda kolganda kuyidagi xollarda inventarlanadi: 
8.
asosiy vositalar va tovar-moddiy boyliklar kayta baxolanganda; 
9.
moddiy javobgar shaxslar almashganda (ishlarni kabul kilish - topshirish 
kunida); 
10.
o‘g‘irlik yoki suiste’mol, shuningdek, boyliklarni ishdan chikarish 
faktlari aniklanganda; 
11.
tabiiy ofatlar, yong‘inlar, falokatlar yoki јayritabiiy sharoitlar yuzaga 
keltirgan boshka favkulodda vaziyatlar yuz berganda; 


32 
12.
xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tugatilganda (kayta tashkil etilganda) 
tugatish (ajratish) balansini tuzish oldidan va konunchilikda nazarda tutilgan 
boshka xollarda. 
Umumiy (jamoaviy) moddiy javobgarlik sharoitida tovar-moddiy zaxiralar 
inventarizatsiyasi jamoa raxbari o‘zgarganda, jamoadan uning ellik foizdan ortik 
a’zolari chikib ketganda, shuningdek jamoaning bitta yoki bir nechta a’zosi 
talabi bilan o‘tkaziladi. 
Tovar-moddiy zaxiralar inventarizatsiyasi komissiyalari a’zolari tovarlar, 
materiallar va boshka boyliklar kamomadi va ishlatib yuborgani yoki ortikcha 
chikkanini yashirish maksadida ro‘yxatga boyliklarning haqikatdagi koldiklari 
to‘g‘risida ataylab noto‘g‘ri ma’lumotlarni kiritganlik uchun belgilangan tartibga 
muvofik javobgarlikka tortiladilar. Mol-mulkning haqikatdagi mavjudligini 
tekshirishni boshlashdan oldin inventarlash komissiyasi inventarlash paytidagi 
eng so‘nggi kirim-chikim hujjatlarini yoki moddiy vositalar va pul mablag‘lari 
harakati to‘g‘risidagi hisobotlarni olishi kerak. 


33 

Yüklə 213,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin