O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


II-BOB. TOVAR MODDIY ZAXIRALARNING HISOBI VA UNING



Yüklə 213,26 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/15
tarix16.12.2023
ölçüsü213,26 Kb.
#183667
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
tovar moddiy zaxiralar inventarizatsiyasi uning natijalari hisobi

II-BOB. TOVAR MODDIY ZAXIRALARNING HISOBI VA UNING 
INVENTARIZATSIYASINI TASHKIL ETISH 
 
2.1.Tovar moddiy zaxiralarning ombor hisobi va moddiy javobgar 
shaxslarning
hisobotlari 
 
Korxonalarda barcha moddiy – javobgar shaxslar tovar-moddiy 
zaxiralarning ombor hisobini yuritadilar. Ombor hisobi natural (miqdor) 
ko‘rinishda tovar-moddiy zaxiralarning nomi, navi, soni va baholari bo‘yicha 
kartochkalarda yoki maxsus kitoblarda yuritiladi. Ushbu hisob registrlariga 
yozuvlar tovar-moddiy zaxiralarning kirimi va chiqimiga guvohlik beruvchi 
boshlang‘ich hujjatlar asosida qilinadi. 
Tovar-moddiy zaxiralarning ombor hisobini yuritish ularni omborlarda 
saqlashning qabul qilingan usul(lar)iga bog‘liq. Tovar-moddiy zaxiralar 
omborlarda, odatda, har bir kelib tushgan partiyalar yoki ularning nomlari
navlari, kelib tushish baholari bo‘yicha saqlanadi. Ushbu belgilariga qarab 
tovar-moddiy zaxiralarning ombor hisobi partiyali va navli usullarda yuritilishi 
mumkin. 
Baholarni erkinlashtirilishi, qat’iy sotib olish baholarini belgilanmaganligi
hozirgi sharoitda korxonalarda tovar-moddiy zaxiralarning ombor hisobini 
asosan partiyali usulini keng qo‘llashni taqoza etmoqda.
Partiyalar deganda tuzilgan shartnomada ko‘rsatilgan sotib olish 
baholarida turli ta’minotchilardan kelib tushgan tovar-moddiy zaxiralar 
majmuasi tushuniladi. U yoki bu nomdagi kelib tushgan tovar-moddiy zaxiralar 
partiyasi omborda mavjud bo‘lgan aynan shu nomdagi tovar-moddiy zaxiralar
tarkibiga kiritilmaydi, balkim kelib tushgan partiyasi alohida saqlanadi. Bunga 
sabab shundaki, tovar-moddiy zaxiralar nomi, artikuli, navi bo‘yicha bir xil 


34 
bo‘lsada, lekinda ular bir-biridan sotib olish baholari bilan farq qilishi mumkin. 
Ushbu tovar-moddiy zaxiralarni bir-biriga qo‘shib yuborish keyinchalik ular 
ishlab chikarishga berilganda yoki sotilganda ishlab chikarish va sotish 
tannarxini va sotishdan olingan daromadni aniqlashda chalkamliklarga olib 
kelishi mumkin.
Tovar-moddiy zaxiralarni partiyali hisobini yuritish uchun omborlarlarda 
har bir kelib tushgan partiyaga tasdiqlangan shakldagi «Partion karta» (MX-10) 
ochiladi. U ikki nusxada yuritiladi. Partion kartada tovar jo‘natuvchining barcha 
kerakli rekvizitlari, ularni kirim hujjatining nomeri va sanasi, nomi, artikuli, navi, 
bahosi, soni, og‘irligi ko‘rsatiladi. Partion kartalar kelib tushgan tovar-moddiy 
zaxiralar partiyasi ishlab chikarishga berilib yoki sotilib bo‘lganicha yuritiladi. 
Chikim kilingan tovar-moddiy zaxiraning soni (og‘irligi) partion kartada chiqim 
hujjatlarining nomeri va sanasi bo‘yicha ko‘rsatiladi. Tovar partiyasi to‘liq 
chikim kilingach, partion karta yopiladi, unga ushbu partiya bo‘yicha me’yordagi 
tabiiy kamayish, buzilish, sinish, yo‘qotishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar (agar 
shunday holat yuz bergan bo‘lsa) ham yoziladi. Partion kartani yopilishiga 
ombor mudiri, ombor hisobchisi, buxgalteriya xodimi imzo chekadilar. Tovar-
moddiy zaxiralar partiyalarini to‘liq chikim bo‘linganligi to‘g‘risida rahbar 
tomonidan tayinlangan komissiya tomonidan ikki nusxada maxsus tasdiqlangan 
shaklda «Tovarlar partiyalari bo‘yicha chiqimlar to‘g‘risida dalolatnoma» (MX-
12) tuziladi. Dalolatnomaning bir nusxasi partion kartalarning bir nusxasi bilan 
birgalikda buxgalteriyaga beriladi, ikkinchi nusxasi esa partion kartalarning 
ikkinchi nusxasi bilan birgalikda ombor mudirida qoladi. Omborda qolgan 
Yüklə 213,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin