Savol va topshiriqlar:
1.
O‗zbekiston davlat mustaqilligini xalqimiz va jahon jamoatchiligi qanday
kutib oldi?
2.
«O‗zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‗g‗risida»gi
Qonun haqida so‗zlab bering?
3.
O‗zbekiston davlat ramzlari mustaqillikni mustahkamlashda qanday
ahamiyati bor?
4.
O‗zbekistoning o‗ziga xos taraqqiyot yo‗lini tanlash zaruriyatini qanday
tushunasiz?
180
5.
Iqtisodiy islohatlarning besh tamoyli va ularning maqsadi haqida
gapiring?
6.
Mahalliy o‗zini-o‗zi boshqarishni qanday tushunasiz?
XIII- BOB: O„ZBEKISTONNING MANBASHUNOS OLIMLARI
O‗zbeklar O‗rta Osiyo hududida yashab kelgan boshqa xalqlar kabi o‗zining
boy siyosiy, iqtisodiy, madaniy tarixiga ega bo‗lib, yagona mustaqil davlatni barpo
etishga intilib kelaganlar va harakat qilganlar. Jumladan, eramizdan avvalgi II-I
asrlarda Farg‗ona-Davon, Qashga-Qang‗yuy, Baqtriya-Daxiya davlatlari
eramizning I-IV asrlarida Kushon, V-asrlard Eftalitlar va Somoniylar davlati, XI
asrda Qoraxoniylar davlati va nihoyat mo‗g‗ullar istibdodidan so‗ng XIV-XV
asrlarda Amir Temur va Temuriylar davlatining tashkil topganini butun jahon tan
olgan. Keyinchalik XVI-XVII asrlarda o‗lkamizda dastlab Buxoro so‗ng Xiva
hamda Qo‗qon xonliklari paydo bo‗ldi.
XIX asrning ikkinchi yarmida O‗rta Osiyo va Qozog‗iston xalqlari yashab
kelgan hududlar, tarixiy ma‘lumotlarga ko‗ra, Rossiya tomonidan bosib olindi va
Turkiston general gubernatorligiga bo‗ysundiriladi. Uning tarkibiga Qo‗qon
xonligi va Buxoro amirlining bir qismi kiritiladi. Buxoro amirligining boshqa
hududlari va Xiva xonligi ham Rossiyaga qaram bo‗lib qoladi. Bu jarayon O‗rta
Osiyo va Qozog‗iston xalqlarining fan va madaniyatining o‗sishiga keyinchalik
ma‘lum ijobiy ta‘sir ko‗rsatgan bo‗lsa-da, ularning siyosiy va ma‘naviy hayotida
bir qancha muammolarning kelib chiqishiga sabab bo‗ladi. Shuning uchun ham
o‗lkamizda chorizmning mustamlakachilik va shovinistik siyosatiga qarshi bo‗lgan
turli ommaviy harakatlar avj olib ketadi. Natijada XIX asrning 70-90 yillarida
Qo‗qon, Andijon va boshqa joylarida turlicha milliy-ozodlik haraqatlari yuzaga
keladi. XX asrning boshida jadidlar harakati vujudga kelib, uning tarafdorlari
jumladan, A. Fitrat, A. Avloniylar Turkiston hududida yagona mustaqil davlat
bunyod etib, unda milliy fan, ma‘rifatni rivojlantirishga da‘vat etadi.
Ana shunday o‗tmishni o‗z ichiga olgan ko‗p asrli tarix O‗zbekiston
Respublikasi Fanlar Akademiyasi tarix institutida hammasi bo‗lib ikki bo‗limda
o‗rganilar edi, hatto yakayu-yagona «qadimgi» bo‗lim unga asos solgan atoqli olim
akademik Yahyo Gulomov vafotidan so‗ng tarqatib yuboriladi. Ayni paytda sovet
davri tarixi institutining besh bo‗limida mufassal o‗rganildi.
Endi o‗zbek xalqining, keyinchalik millat bo‗lib shakllanishiga to‗xtalsak,
IX-XII asrlar aynan o‗zbek va tojik xaqlarining tashkil topish davri bo‗ldi.
Qadimiy yozma manbalarda Sug‗d, Xorazm, Parkana, Shak, Tohar nomlari tilga
olingan qator voha xalqlari Sharqiy Eron tillariga mansub Sug‗diy, Xorazmiy,
Shak va Tohar tillarida so‗zlashlar edilar. Ulardan janubda forsiy zabon xalqi,
181
Shimolda esa Turkiy tilda so‗zlashuvchi chorvador aholining bevosita
merosxo‗rlari bo‗lib, urf-odat, dinu-e‘tiqod, adabiyot sohasida mushtarak moddiy-
ma‘naviy madaniyat yaratdilar.
Ayni shu o‗zbek xalqi etnogenezini o‗rganishda ham katta xatoliklarga yo‗l
qo‗yildi.
O‗zbekiston mustaqilligi e‘lon qilinib, tarix haqiqatidan uzoqlashuvi, uni
buzib ko‗rsatishi tufayli yuzaga kelgan ulkan yo‗qotishlarga barham berish
imkoniyati yaratildi. O‗zbekiston mustaqil davlat bo‗ldi, tabiiyki, bunday
davlatning to‗laqonli haqqoniy tarixi bo‗lmog‗i zarur.
Buning uchun esa O‗zbekiston xalqlari tarixining dolzarb muammolarini
aniqlash lozim. Bunga qo‗yidagilar kiradi: 1) Amir Temur va Temuriylar davri,
O‗rta Osiyo xalqlarining Rossiya tomonidan bosib olinishi, chor hokimiyati va
sovet hukumatining mustamlakachilik siyosati, XIX asr oxiri va XX asr
boshlaridla jadidchilik harakati o‗zining chinakkam bahosini oldi. Ammo hali bu
borada tarix bosqichlari, yo‗l qo‗yilgan xatoliklar, kamchiliklar izlab topilish,
qaytadan idrok etilishi lozim. Tarix fani nazariyasi, metodologiyasi va tarix
falsafasi yaratilishi, umuman olganda O‗zbekiston tarixining yangi konsepciyasini
ishlab chiqishi lozim; 2) tarix, mafkura va ma‘naviyat bir-biri bilan chambarchas
bog‗liq, chunki g‗oyasiz, e‘tiqodsiz inson bo‗lmaydi. Tarixni bo‗lish – inson
mafkurasining shakllanishiga katta ta‘sir ko‗rsatadi, chunki milliy mafkuraning
asosiy yo‗nalishlaridan biri – milliy o‗zlikni anglashdir. Milliy o‗zlikni anglash esa
o‗z tarixini o‗rganishdan boshlanadi. Mustaqillik arafasida davlat mafkurasini
diniy aqidalar bilan almashtirishga urinishlar bo‗ldi, tarixchilar o‗tmishga baho
berishda imillashdi, natijada kishilardagi tarixiy ong badiiy asarlar, diniy-maishiy
asarlar bilan oziqlandi. Demak, tarixiy ongni shakllantirish zarur; 3) Tarix lavhalari
ommaviy-axborot vositalari yordamida omma ongiga yetkazilayotgan paytda
albatta mas‘ul tarixchi olimlar bilan maslahatlashgan holda amalga oshirilishi
lozim. Tarixchilar bu borada jurnalist va publisistlardan farqli ravishda jamiyatimiz
ehtiyojlariga tez hozir javoblik ko‗rsatmaybdilar. Natijada Vatan tarixi bo‗yicha
ba‘zan jurnalistlar mutlaqo noto‗g‗ri mulohazalarning kishilar ongiga o‗rnashib
qolishiga sabab bo‗lmoqda. Demak, tariximiz bo‗yicha teleko‗rsatuvlar va radio
eshittirishlarda ilmiy tarixchi masahatchilarsiz o‗tkazmasligi lozim; 4) milliy
tariximizni real tiklanishi faqat asl tarixiy manbalar: o‗tmish yozma yodgorliklari,
turli arxiv hujjatlari asosidagina amalga oishirilishi lozim. Ayni shu masala juda
muhim; 5) tarixiy manbalarni o‗rganish, o‗qish, Sharq va Yevropa tillarini
biladigan, jahon tarixidan yaxshi xabardor tarixchilarning bugungi avlodni
tarbiyalab yetkazish muammosini hal etish ham asosiy hisoblanadi.
O‗zbek xalqi va uning davlatchiligi tarixini xolisona o‗rganishning ilmiy
asoslarini shakllantirish, tadqiqotlarni zamonaviy talabalar darajasiga ko‗tarish
182
maqsadida O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1998 yil 27-
iyuldagi qarori chiqdi. Bu qarorda yuqoridagi muammolarni hal etish borasidagi
muhim vazifalar belgilab berilgan. Bunga qo‗yidagilar kiradi:
O‗zbekiston hududlarida ilk davlatchilik asoslarini yuzaga keltirilgan tarixiy
shart-sharoitlar va davlatning kelib chiqish masalasini tadqiq etish va aniqlash;
O‗zbek xalqi va uning davlatchilik tarixi, o‗zbek xalqi etnogenezi hamda
ushbu muammolar bo‗yicha arxeologik va barcha turdagi yozma manbalar
tadqiqotlari natijalarini jamlash, har tomnolama ilmiy-qiyosiy tahlil qilish va
muvofiqlashtirish;
Eng qadimdan hozirga qadar davlatchilik tarixiy bosqichlarida hududimizda
yashagan xalqlarning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va ma‘naviy hayoti
masalalarini o‗rganish, xolisona tadqiqotlar natijalari asosida ilmiy, ilmiy-
ommabop asarlar, darsliklar yaratish hamda O‗zbekiston tarixiy atlasini tayyorlash;
Mamlakatimiz va chet el olimlarining eng qadimdan hozirgi kungacha
o‗zbek xalqi tarixi bo‗yicha amalga oshirgan tadqiqotlarini tahlil qilish asosida
ularning batafsil bibliotgrafiyasini va ilmiy tarixshunosligini yaratish;
O‗zbek xalqi va uning davlatchiligi tarixiga oid tadqiqotlarni olib borishda,
ularni ommalashtirishda bir yoqlama yondoshuvga o‗tmishni soxlashtirishga,
mustamlakachilik mafkurasi aqidalariga yo‗l qo‗ymaslik hamda eski g‗oyaviy
falsafasini o‗zlashtirgan tarixchi olimlarning yangi avlodini tarbiyalash;
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi talablariga muvofiq, mamlakatimizda oliy
ta‘lim tizimining tarixiga taaluqli yo‗nalishlari va mutaxassisliklari bo‗yicha
yuqori malakali kadrlar, ayniqsa magistrlar tayyorlashda faol ishtirok etish. Bu
borada oliy ta‘lim muasasalari bilan bevosita ilmiy va ijodiy hamkorlik o‗rnatish,
ularda pedagogik va ilmiy-tadqiqot jarayonlarini uyg‗unlashtirish masalalariga
alohida e‘tibor berish;
Chet el ilmiy markazlari bilan nazariy hamda amaliy hamkorlikni yo‗lga
qo‗yish va rivojlantirish, ilmiy anjumanlar, barcha shakldagi ilmiy muhokama,
munozara, fikr almashuv tadbirlarini tashkil etish lozim.
Dostları ilə paylaş: |