163
deputatlarining 1-Butun Turkiston Kengashi s‘ezdi faoliyat ko‗rsatdi. Turkistonda
siyosiy, diniy, davlat tashkilotlarining tashkil etilishi masalalari juda murakkab.
Misol uchun «Sho‗roi Islom» va «Sho‗roi Ulamo» vakillarining asosiy qismi
ruhoniylardan iborat bo‗lib, ular «Sho‗roi Islom»chilar
bilan birgalikda harakat
qilmadilar, bundan esa keyinchalik bolsheviklar mohirona foydalandilar.
Bolsheviklar ularni bita-bitta yo‗q qildilar. Shuningdek, islomchilarning o‗z
qatorlarida ham birlik yo‗q edi.
Turkiston musulmonlarining 1-chi siyosiy partiyasi faoliyatiga ham alohida
e‘tibor berishimiz lozim. Turkiston federatlari partiyasi
Turkistonning davlat
statusi, uning markaz bilan munosabatlari masalalarini muhokama qildi. Bu
Abdurashidxonov, Mahmudxo‗ja Behbudiy va bir qator boshqa mutaxassislar
milliy-hududiy prinsip asosida avtonom demokratik respublika tuzish masalasini
asoslab berdilar. Bu sohada O‗zbekiston tarixchi olimlarining
ilmiy ishlari chop
etildi. Bu davrga oid eng muhim manbalar, Sovet hokimiyati tomonidan e‘lon
qilingan dekretlardir. («Yer haqida», «Tinchlik haqida» dekretlar).
O‗sha davrining muhim manbalari sifatida Sovetlar s‘ezdining, partiyaning
qarorlarini ko‗rsatish mumkin. Chunki hujjatlarga
qarab u yoki bu masalaning
ahvoli haqida bilish mumkin. Asosiy o‗rinni Turkiston mustaqilligi uchun kurash
to‗g‗risidagi masala, mustaqillik tarafdorlarining repressiya qilinishi yoki uzoq
muddatga qamoqqa olinishi bilan izohlandi. Bu savollarga
javob berish uchun
«Fan va turmush», «Xalq so‗zi», «Pravda Vostoka» ro‗znomalarining 1988-1995
yilgi sonlarini ko‗zdan kechirish lozim, masalan: «Pravda Vostoka»ning 1988 yil
№ 15-17 sonlarida «Fayzulla Xo‗jaev» maqolasi chop etilgan. Unda 1937 yil 41
yoshida repressiya qilingan, O‗zbekistonning ko‗zga ko‗ringan
davlat arbobi
Fayzulla Xo‗jaevning hayot yo‗li qisqacha ochib berilgan. Maqolada kommunistik
ideologiyaning ta‘siri sezilsada, bu qonunsiz ravishda reabilitasiya qilingan
ishlarini oqlashga tashlangan dastlabki qadam edi. Sovet hokimiyati yillarida nashr
etilgan manbalar har doim ham o‗sha davr voqealarini to‗laqonlicha yoritmaydi.
Chunki u kommunistik g‗oya-qoliplariga kiritib qo‗yilgan edi. Shuning uchun ham
80-yillar oxiri 90-yillar boshlarida chop etilgan maqolalar muhim faktor bo‗lib
xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: