Namangan davlat universiteti Arxivshunoslik yoʻnalishi 1-kurs Talabasi bahodirjanov shohruhbekning sayd ishi



Yüklə 8,63 Kb.
səhifə1/4
tarix20.12.2023
ölçüsü8,63 Kb.
#187378
  1   2   3   4
Turkiston Muxtoriyati – tub yerli xalqlar davlatchiligi tarixida-fayllar.org


Turkiston Muxtoriyati – tub yerli xalqlar davlatchiligi tarixida yangi bosqich

Namangan davlat universiteti Arxivshunoslik yoʻnalishi 1-kurs Talabasi bahodirjanov shohruhbekning sayd ishi

Turkiston muxtoriyatining tashkil topishi



Reja:

1. Turkiston Muxtoriyati hukumatining tashkil topishi va faoliyati.

2. Turkiston xalqlari tomonidan muxtoriyat hukumatining qo‘l

3. Qizil gvardiyachilar va dashnoqlar tomonidan muxtoriyat hukumatining tor-mor qilinishini.

Turkiston Muxtoriyati hukumatining tashkil topishi va faoliyati.

1917yil 26 – 28-noyabrda Qo‘qon shahrida Butunturkiston o‘lka musulmonlarining favqulodda IV qurultoyi bo‘lib o‘tdi.

Bu masala muhokamasida so‘zga chiqqanlarning ko‘pchiligi Turkistonning muxtor respublika deb e’lon qilinishi o‘lka aholisining ijtimoiy maqsadlaridan kelib chiqqani va unga mos tushishini uqtirdi. Muxtoriyat va mustaqillik e’lon qilish fikrini hamma qo‘llab-quvvatladi.


Turkistonni boshqarish shakli to‘g‘risidagi masala qurultoyning diqqat markazida turdi.

Qurultoy Turkistonda yashab turgan milliy ozchilik huquqlarining muttasil himoya qilinishini tantanali ravishda e’lon qildi.

Qurultoyda 27-noyabr kuni kechqurun qabul qilingan qarorda shunday deyiladi: “Turkistonda yashab turgan turli millatga mansub aholi Rossiya inqilobi da’vat etgan xalqlarning o‘z huquqlarini o‘zlari belgilash xususidagi irodasini namoyon etib, Turkistonni Federativ Rossiya Respublikasi tarkibida hududiy jihatdan muxtor deb e’lon qiladi, shu bilan birga muxtoriyatning qaror topish shakllarini Ta’sis Majlisiga havola etadi”.

28-noyabrda tarkib topayotgan mazkur hukumatning nomi aniqlanib, Turkiston Muxtoriyati deb ataladigan bo‘ldi.

Qurultoy o‘sha kungi yig‘ilishda Butunrossiya Ta’sis Majlisi chaqirilgunga qadar hokimiyat Turkiston Muvaqqat Kengashi va Turkiston Xalq (Millat) Majlisi qo‘lida bo‘lishi kerak, deb qaror qabul qildi.


Yüklə 8,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin