Namangan davlat universiteti Arxivshunoslik yoʻnalishi 1-kurs Talabasi bahodirjanov shohruhbekning sayd ishi



Yüklə 8,63 Kb.
səhifə3/4
tarix20.12.2023
ölçüsü8,63 Kb.
#187378
1   2   3   4
Turkiston Muxtoriyati – tub yerli xalqlar davlatchiligi tarixida-fayllar.org

Hukumat iqtisodiy sohada 30 million so‘m miqdorida ichki zayom chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Shuningdek, hukumat a’zolari ocharchilik changalida qolgan Turkiston aholisiga Kavkazdan Orenburg orqali g‘alla keltirish muammosini hal qilish uchun ham amaliy qadamlar tashladi.

Munavvarqori rahbarligida uyushtirilgan bu miting qatnashchilari Muxtor Turkiston hukumatini bir ovozdan ma’qulladilar va Turkistonda endi ushbu muvaqqat hukumatidan boshqa hech qanday hukumatni tan olmaslikka qaror qilganliklarini e’lon qildilar.

Ulug‘ Turkiston” gazetasining yozishicha, 1917-yil dekabrda Toshkentda 60 000 kishi ishtirok etgan miting o‘tkazildi.


Munavvarqori

Qizil gvardiyachilar va dashnoqlar tomonidan muxtoriyat hukumatining tor-mor qilinishini.

Qo‘qondagi ommaviy qirg‘inlar. O‘lkadagi ilk demokratik va xalqchil hukumat bo‘lgan Turkiston Muxtoriyatining faoliyati, afsuski, uzoqqa cho‘zilmadi. Bolsheviklar va Toshkent Soveti (rahbari: Ivan Tobolin) unga katta xavf deb qaradilar hamda zudlik bilan tugatishga harakat qildilar.

Turkiston o‘lkasi ishchi, soldat va dehqon deputatlari Sovetlarining favqulodda 1918-yil 19 – 26-yanvarda bo‘lib o‘tgan IV syezdida Turkiston Muxtoriyati hukumatini kuch bilan tugatishga qaror qilishdi.

Turkiston o‘lka XKS 1918-yil

30-yanvar kuni harbiy harakatlarni boshladi. Turkiston bolsheviklari buning uchun qizil gvardiyachilardan tashqari armanlarning “Dashnoqsutyun” partiyasi a’zolaridan tuzilgan qurolli drujinalardan ham keng foydalandi.

Qo‘qon shahar mirshablar boshlig‘i Kichik Ergash qo‘rboshi 18-fevraldan boshlab amalda muxtoriyat hukumatining rahbariga aylandi. Turkiston o‘lkasi harbiy komissari Ye.Perfilev boshchiligidagi piyoda, otliq va artilleriya qismlaridan iborat 11 eshelon bolsheviklarning harbiy kuchlariga madad berish uchun Qo‘qonga keldi.

Shahar ustiga uch kun davomida to‘plardan yondiruvchi snaryadlar otildi. Kimyoviy qurollar ishlatildi. Qizil gvardiyachilar va dashnoqlar shaharda bosqinlar uyushtirib, uni talon-toroj qilishga kirishdilar.


Yüklə 8,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin