O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə1/226
tarix27.12.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#199314
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   226
Inson resurslarini boshqarish Xayitov 2019 iqtisodchi kutubxonasi


O‘ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKАSI ОLIY VА O‘RTА MАХSUS TА’LIM VАZIRLIGI


TОSHKЕNT DАVLАT IQTISОDIYOT UNIVЕRSITЕTI
А.B.ХАYITОV
INSON RESURSLARINI BOSHQARISH


DARSLIK
Tоshkеnt 2019

А.B. Хаyitоv. “Inson resurslarini boshqarish”: Darslik. T.:”
Ushbu darslikda, inson resurslarini boshqarishning asoslari, inson resurslarini boshqarish konsepsiyasining shakllanishi va rivojlanishi, tashkilotning inson resurslariga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash, xodimlarni rag‘batlantirish va motivatsiyalash usullari, ish joyida xodimlarni kasbiy moslashtirishning shakllanish tizimlari, tashkilotda inson resurslaridan foydalanishni tashkiliy boshqarish, tashkilotda inson resurslaridan foydalanishni rejalashtirish, inson resurslaridan samarali foydalanishni hisoblash va boshharish, inson resurslarini sifat jihatidan boshqarish, xodimlarni ishga yollash, foydalanish ёva ishdan bo‘shatishni shartnomaviy tartibga solish, xodimlarni tanlash, joy- joyiga qo‘yish va lavozimlarga biriktirish, inson resurslarini boshqarishning zamonaviy konsepsiyalarining asosiy tamoyillari hamda mehnat sohasida ijtimoiy sherikchilik mexanizmlarining nazariy-amaliy tomonlarini o‘rganish va tadqiq etish masalalari yoritilgan.
O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tishi sharoitida «Каdrlar tayyorlash milliy dasturi” talablariga muvofiq inson resurslarini boshqarish sohasida bir qator yangi talablar qo‘yilmoqda. Bu talablarni muvaffaqiyatli аmalga оshirish hudular, korxona va tashkilotlar faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishiini ta’minlaydi.
Darslik 5231600 – Меhnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi va 5231700 – Kadrlar menejmenti ta’lim yo‘nalishlari bakalavriat bosqichi hamda 5А230110 – Demografiya. Меhnat iqtisodiyoti va 5А231701 – Kadrlar menejmenti magistratura mutaxassisliklari talabalariga, shuningdek, inson resurslarini boshqarish masalalari bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar, ilmiy xodilar, o‘qituvchilar, tadqiqotchi-izlanuvchilar hamda ushbu sohaga qiziquvchilarga mo‘ljallangan.

Учебник предназначено студентам бакалавриата по специальности 5231600 - Экономика и
социология труда и 5231700 – Kaдровый менежмент и магистратуры по специальности 5A230110 – Демография. Экономика труда 5А231701 – Kaдровый менежмент а также специалистам, научным сотрудникам, исследователям-соискателям, занимающимся по вопросам мотивация персонала и тем, кто интересуется этой сфере.
This book covers the basics of human resource management, the formation and development of the concept of human resource management, how to identify an organization's needs for human resources, how to motivate and motivate employees, the system of professional adaptation of employees in the workplace, and Human resource planning, accounting and management of human resources, quality management of human resources, recruitment, contracting and dismissal of employees, recruitment, placement and positioning of modern human resources management concepts basic principles and theoretical and practical aspects of social partnership mechanisms in labor.
In the context of the transition of the Republic of Uzbekistan to the socially oriented market economy, a number of new requirements in the field of human resources management are being introduced in accordance with the requirements of the “National Program for Personnel Training”. Successful implementation of these requirements will ensure that areas, businesses and organizations are properly organized.
Textbook 5231600 - Economics and Sociology of Labor and 5231700 - Bachelor Degree in Personnel Management and 5A230110 - Demography. Labor Economics and 5A231701 - Human Resource Management is intended for graduate students as well as professionals, researchers, teachers, researchers and researchers interested in human resources management.
KIRISH

Bugungi kunda iqtisodiyotini modernizatsiyalash sharoitida qator ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etish inson resurslaridan samarali foydalanishni talab qiladi. “Inson resurslarini boshqarish” fani oldida turgan muammolar bugungi kunda iqtisodiy, ijtimoiy fanlar va ta’limda eng dolzarb hamda yechimini kutayotgan masalalardan biri hisoblanadi. Respublikamizda bozor munosabatlarining samarali joriy etilishi birinchi navbatda inson resurslaridan samarali foydalanishga bog‘liq. Biz uchun faqat bitta ustuvorlik – inson manfaatlari ustuvorligi muhim ahamiyatga ega, mehnatga haq to‘lash darajasi va aholi daromadlarini keskin oshirish, mamlakatda iste'mol bozorini rag‘batlantirish siyosatini davom ettirish uchun ishonchli baza yaratilmoqda.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2016- yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2017- yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida, “hayotning o‘zi va xalqning talablari bizning oldimizga amaliy yechimini topish lozim bo‘lgan yangi va yanada murakkab vazifalarni qo‘ymoqda. Bu o‘rinda asosiy muammo, quyidagilardan iborat, birinchidan, ayrim idoralar va ularning rahbarlari real hayotdan va xalq ehtiyojlaridan ma’lum darajada uzilib qolmoqda, ikkinchidan, tarmoq va hududlarni rivojlantirish konsepsiyalari va dasturlarini ishlab chiqishda yuzaki yondashuvga yo‘l qo‘yilmoqda”,1 – deb ta’kidladi.
Shunday ekan, iqtisodiyotni yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilishning lokomotiviga aylanishi mumkin bo‘lgan tarmoq va korxonalar, hududlar darajasida inson resurslarini boshqarish hozirgi kunnning eng dolzarb muammolari yechimini topish yo‘llarini “Inson resurlarini boshqarish” fanini mukammal egallash orqali erishish mumkin.




1 Шавкат Мирзиёев. Танқидий таҳлил, қатъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик – ҳар бир раҳбар фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак. Ўзбекистон Республикаси Президентининг мамлакатимизни 2016 йилда ижтимоий-иқтисодий ривожлантиришнинг асосий якунлари ва 2017 йилга мўлжалланган иқтисодий дастурнинг энг муҳим устувор йўналишларига бағишланган Вазирлар Маҳкамасининг кенгайтирилган мажлисидаги маърузаси. – Тошкент:“Ўзбекистон”, 2017 йил 16 январ.
Hayotimizning barcha sohalarida inson resurslarini boshqarishda, yangicha fikrlaydigan, qiyin damlarda mas'uliyatni o‘z zimmasiga ola biladigan, hayot bilan hamqadam yurishga qodir, imoni pok, bilimdon, ishbilarmon odamlarni topish, ularga ishonch bildirish hamda ular tomonidan xodimlarni boshqarishda zamonoviy usullardan foydalanishni eng dolzarb masalalaridan biridir. Ayni paytda mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy muammolarni echa oladigan, avvalo, uni teran anglaydigan, islohotlar jarayonida jonkuyarlik qila oladigan, ma’naviy-ahloqiy barkamol, qodir shaxslarni boshqaruv bo‘g‘inlariga ko‘proq jalb etish asosiy va bosh masala hisoblanadi. Ko‘rsatilgan muammolarni hal etish uchun “Inson resurslarini boshqarish” fanini o‘qish va o‘rganish maqsadga muvofiqdir.


  1. Yüklə 5,17 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin