O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti baxtiyar Ergashev manbashunoslik va tarixshunoslik darslik



Yüklə 2,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/112
tarix22.09.2023
ölçüsü2,94 Mb.
#146972
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   112
Niyoz Muhammad Qo„qandiy. 
XIX asrda o‗tgan Farg‗onalik tarixchi
1803 yili Qo‗qonda yirik harbiy xizmatchi oilasida tug‗ilgan, Xudoyorxon 
qo‗shinida xizmat qilgan, 60-yillar boshlarida iste‘foga chiqib, ilmiy ish olib 
borgan. Niyoz Muhammad keng ma‘lumotli kishi bo‗lib, «Niyoziy» taxallusi bilan 
she‘rlar ham yozgan. Lekin yirik tarixiy asari «Tarixi Shohruxiy» (Shohruxbek 
tarixi) bilan ko‗prok mashhurdir. Asarda Qo‗qon xonligining qaram bo‗lgan 
boshqa o‗lkalarning (Toshkent, Qirg‗iziston, Qozog‗iston janubiy qismi) ijtimoiy – 
siyosiy tarixi kam bayon etilgan. Asarda Qo‗qon xonligining Buxoro, Sharqiy 
Turkiston va boshqa nomlar bilan bo‗lgan iqtisodiy, siyosiy hamda madaniy 
aloqalari haqida ham qimmatli ma‘lumotlar bor. 
Muhmamad Yusuf Bayoniy.
U el-ulus o‗tmishini keyingi avlodlarga yozib 
qolidirish an‘anasi o‗lkada «Avesto»dan boshlanadi. Al-Xorazmiy, Beruniy, 
Muhammad Solih, Munis Xorazmiy, Ogahiy kabi allomalar yozib qoldirgan savob 
va ezgu ishni Muhammad Bayoniy davom qildirdi (1840-1923). Butun Turkiston, 
jumladan Xorazm hududida milliy davlatchilik o‗rnida mustamlakachilik 
tartiblariga so‗zsiz itoat qiluvchi vassallik shartlariga bo‗ysundirilgan, siyosiy 
kishanlangan davlat fuqarosi sifatida tarix yozishdek og‗ir vazifani Muhammad 
Yusuf o‗z zimmasiga oldi. Bayoniy qanchalik azobli va mashaqatli bo‗lmasin 
kelgusi avlodlar yurt bo‗yniga mustamlakachilik sirtmog‗ini dahshatli tarzda 
kiydirilishini tarix haqiqati asosida yozmoq uchun Xorazm vohasidan Eron 
sarhadlarigacha 
turkman 
hududlarini 
yayov 
kezib 
chiqdi. 
O‗lkaning 
mustamlakachilar tomonidan gorat qilinishiga doir manbalar, dalillar yig‗di. 
Muhammad Yusuf Bayoniy tarix faniga – moziy ilmiga ma‘rifat va haqiqat chirogi 
deb qaradi. Bayoniy tarixiy hodisalar g‗oyat to‗g‗ri va ishonchli yozilishini 
tarbiyaviy ma‘rifat ahamiyati haqida shunday yozadi: «Tarix kitobi yozishning bir 
sharti bor. Tarixiy voqealarni yozishda tarafdorlik etmasdan, bo‗lgan hodisalarni 
rostlik bilan bayon etishi kerak. Agar rasmiylik bilan bayon etmasa, uning so‗zlari 
hech bir odamga ma‘qul bo‗lmaydi». 
Bayoniy shularga amal qilib ikkita tarixiy asar «Xorazm tarixi» va 
«Shajarayi Xorazmshohiy»larni yozdi. Haqiqatdan ham Bayoniy o‗z davrining 
haqiqiy muharri bo‗lib, Xiva xonligining chor Rossiyasi bosib olinishi va talon-
taroj etilishini atroflicha sodda xalq tilida yozib bera olgan yirik tarixchi darajasiga 
ko‗tariladi. 

Yüklə 2,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin