O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/96
tarix29.04.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#104700
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   96
Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish

Mavzu xulosasi. Yashash muhiti deganimizda, yerning tabiatda 
tirik organizmlar hayot kechiradigan va o‘zaro bog‘liq holda shakl-
lanadigan joy ekanligi tushuniladi. Tirik organizmlar yerda, suvda, 
havoda va tuproqda, yer usti va organizmlarda yashab, hayot kechiradi. 
Ular yashaydigan muhit uzluksiz o‘zgaradi, ammo organizm muhit 
sharoiti qanday bo‘lmasin, moslashishga harakat qiladi. Organizmlarga 
tashqi o‘zlari yashab turgan muhitning ta’siri bir qancha omillar orqali 
o‘tadi. Lekin har qanday holatda ham organizmlar moslashib, 
hayotning uzluksizligini davom ettirish uchun avlod qoldiradi. Yashash 
muhiti barcha tirik organizmlarni qaysi fasl yoki qaysi holatda 
bo‘lishiga qaramasdan o‘ziga moslashtiradi. 
Nazorat savollari 
1. Ekologiya fanining vazifasi nima? 
2. Ekologiya fanining maqsadi nima? 
3. Ekologiya fanining predmeti nima? 


24 
4. “Ekologiya” atamasini fanga kim kiritgan? 
5. Biogeotsenoz tushunchasini kim ilmiy asosladi? 
6. Ch.Darvinning ekologiya fani rivojidagi xizmatlarini ayting. 
7. Ekologiyaning o‘rganish uslublarini sanang. 
8. Ekologik ta’lim tushunchasini ifodalang. 
9. Ekologik madaniyatning tushunchasini ifodalang. 
10. Filogenetika fani nimani o‘rganadi? 


25 
II BOB. EKOLOGIK OMILLAR 
 
2.1. Ekologik omillar klassifikatsiyasi 
 
Organizmlar o‘zlari yashab turgan muhitda doimo tuproq, iqlim va 
biotik, antropologik omillar ta’siriga uchraydi. Tirik organizmlarning 
individual rivojlanish faoliyatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadigan 
muhit elementlari – ekologik omillar deyiladi. 
Abiotik omillar – tirik organizmlarning hayot faoliyati va 
tarqalishiga ta’sir qiladigan notirik tabiat majmuasidir. Bu majmuani 
fizik, kimyoviy va edafik omillarga bo‘lish mumkin. Fizik omillarga 
harorat, havo, suv, tuproq, shamol tezligi, havo namligi, kimyoviy 
omillarga muhitning kimyoviy tarkibi – suvning sho‘rligi, tuproqning 
tarkibi, kislorod miqdori va boshqalar kiradi. Edafik yoki tuproq omili, 
tuproq va tog‘ jinslarining kimyoviy, fizikaviy va mexanik xossa-
larining muvofiqligi, unda yashaydigan organizmlar va o‘simliklar ildiz 
tizimiga ta’sir ko‘rsatadi.
Biotik omillar – muhitda yashaydigan organizmlarning hayot 
faoliyati, bir-biriga ta’siri va ular o‘rtasidagi munosabatlardan iborat. 
Har bir tirik organizmga uni o‘rab turgan boshqa tirik jonzotlarning 
ta’siri turlicha va turli xarakterda bo‘ladi. Masalan:
1. Tirik organizmlar bir-biriga ozuqa manbai (o‘simliklar hayvon-
larga, ayrim hayvonlar hayvonlarga ozuqa).
2. Bir tirik organizm tanasi yoki organlari ikkinchi bir organizm 
uchun ozuqa manbai (kanalar sigir, qo‘y, tovuqlarda; shoxlar, tanalar 
daraxtda, zarpechak va hokazolar parazitlik qilib yashaydi). Ayrim bir 
organizm ikkinchi bir organizm ko‘payishi uchun sabab bo‘ladi (asalari 
yordamida kungaboqarning changlanishi). Bir o‘simlikning urug‘i 
boshqa urug‘ yordamida tarqalishi. Bir organizmning ikki o‘simlikka 
fizik va kimyoviy ta’siri. Daraxtning soyasi ikkinchi tur o‘simlikni 
ojizlantirib qo‘yadi. Qalampir va sarimsoq piyoz yaqinida o‘sgan 
o‘simlikning kimyoviy tarkibida albatta o‘zgarish bo‘ladi.
Antropogen omillar insonning hayot faoliyati jarayonida organik 
dunyoda boradigan ta’sirdan iborat. Jamiyatning rivojlanishi natijasida 
insonning tabiatga bergan ta’siri – iqlim o‘zgarishi yoki global isish, 


26 
atrof-muhitning ifloslanishi insoniyatni xavfga solmoqda. Bu zararlar 
aslida sanoat va texnikaning rivojlanishidan kelib chiqqani uchun 
texnogen omillar ham deb ataladi. 
Abiotik omillarning organizmlarga ta’sir qiluvchi umumiy 
qonuniyatlari mavjud. 
Abiotik omillar aslida notirik tabiat omillaridir, bu omil o‘z 
navbatida iqlimiy omillarga bo‘linadi, bunga quyosh nuri, harorat, havo 
namligini misol qilib keltirish mumkin. Shuningdek, mahalliy omillar 
ham mavjud, bular: relef, shamol, suv oqimlari, tuproq xossalari
sho‘rlanish, radiatsiya, qor ko‘chkilari, qum ko‘chishi va boshqalar. Bu 
omillar tirik organizmga bevosita yoki bilvosita ta’sir qiladi. Masalan, 
yorug‘lik va issiqlik, qor ko‘chkisi, suv oqimlari bevosita ta’sir 
ko‘rsatadi. Tuproq xossalari, sho‘rlanish va radiatsiya bilvosita ta’sir 
ko‘rsatadi. 
Ekologik omillarning tirik organizmga ta’sir etish xarakteri xilma-
xil bo‘lsa-da, lekin ularning barchasi uchun bir necha umumiy 
qonuniyatlar mavjud. Ekologik omillar organizmga bir necha xil ta’sir 
ko‘rsatadi: cheklangan, ta’sir qilgan yoki qo‘zg‘atgan, modifikasion va 
signal berish usulida. Omillarning cheklab ta’sir ko‘rsatishi shundayki, 
ma’lum bir hududda organizmning yashashi mumkin emasligi ma’lum 
bo‘ladi. Qo‘zg‘atib ta’sir ko‘rsatish – organizmlarning ma’lum bir 
tashqi hududga moslashishidir. Modifikatsion ta’sirda organizmlarda 
morfologik va anatomik o‘zgarishlar yuz beradi. Signal berish ta’siri 
tashqi muhitdagi omillarning o‘zgarishi haqida ma’lumot berishi bilan 
bog‘liqdir. 
Odatda barcha ekologik omillar birgalikda yoki jamlangan holda 
ta’sir ko‘rsatadi. Omillarning organizmning hayotiy jarayonlariga, 
uning o‘sib rivojlanishiga, ko‘payishiga ko‘rsatgan ta’siriga – hayot 
tashkillashuvi deyiladi. Agarda organizmlarda ko‘payish jarayoni 
bormas ekan, ularning borligi haqida gapirish ham noto‘g‘ri. 
Har bir ekologik omil organizmga ta’sir ko‘rsatishiga qarab, 
optimum, pessimum, yo‘qolish va chidamlilik hududlariga bo‘linadi. 
Optimum zonasida omillar organizmga juda qulay ta’sir ko‘rsatadi, bu 
hududda organizmning rivojlanishi uchun yaxshi shart-sharoitlar 
mavjud, undan uzoqlashgan sari omillar noqulay ta’sir etadi. Masalan, 
bug‘doyning har bir rivojlanish fazasida u ma’lum haroratni talab 
qiladi. Naychalash fazasida havo harorati 35-36 °S bo‘lsa, albatta 
o‘simlikka salbiy ta’sir qiladi. 


27 
Pessimum hududda sharoit keskin bo‘ladi va bunday sharoitda tirik 
organizm rivojlana olmaydi. Demak, bu hududda organizm yo‘qoladi, 
nobud bo‘ladi. Har bir organizm uchun chidamlilik nuqtasi bo‘ladi. Uni 
biz qanday tasavvur qilamiz? Masalan, o‘simlik biologik xususiyatiga 
ko‘ra, tuproqda sulfat va xlorli tuzlarning ma’lum bir miqdorigacha 
o‘sa oladi. Tuz miqdori tuproqda oshib borgan sari o‘simlik nobud 
bo‘ladi. Buni hatto suvga bo‘lgan talabida ham ko‘rish mumkin. 
Makkajo‘xorini 4-5 barg chiqargan fazasida suv bilan 20 kun bostirib 
qo‘ysak, albatta poyalari chirib, o‘simlik nobud bo‘ladi. Sholini suv 
bilan bostirib qo‘ysa, o‘sish jarayoni davom etadi. Har bir organizm 
uchun chidamlilik nuqtasi har bir omil uchun alohida bo‘ladi. 
Organizmning omilga nisbatan keskinlik nuqtalari orasidagi 
chidamlilik chegarasi – uning ekologik valentligi deyiladi. Turli 
ekologik omillarga nisbatan ekologik valentliklar yig‘indisi – turning 
ekologik spektri deyiladi. Masalan, hayvonning ma’lum ozuqa 
ekinlariga, ma’lum bir yaylovga va yuqori haroratga moslashuvi uning 
ekologik spektrini tashkil etadi. 
Har bir omil organizmning har xil funksiyalariga turlicha ta’sir 
etadi. Bir hayot faoliyati uchun optimum ta’sir ikkinchi bir jarayon 
uchun maksimum bo‘lib hisoblanishi mumkin. Masalan, 40-45 °S 
harorat sovuq qonli hayvonlarda modda almashinuv jarayonini 
tezlashtiradi, ammo bunda ularning faolligi susayadi.
Ayrim individlarning tashqi muhit omillariga chidamlilik 
chegarasi, minimum zonalari to‘g‘ri kelmaydi. Biror-bir omilga nis-
batan chidamlilik darajasi uning boshqa omillarga chidamliligini 
ifodalamaydi. Ayrim turlarning ekologik spektrlari ham bir-biriga 
to‘g‘ri kelmaydi. Muhitning ayrim ekologik omillari organizmga bir 
vaqtda ta’sir etadi va bir omilning ta’siri boshqa omilning miqdoriga 
bog‘liq bo‘ladi. Bu – omillarning o‘zaro ta’sir qonuniyati deyiladi. 
Organizmning ma’lum sharoitda yashashi quyi darajadagi omil bilan 
belgilanadi. Masalan, cho‘lda organizmlarning keng tarqalishiga suv va 
yuqori harorat cheklovchi omil bo‘lib hisoblanadi. 

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin