O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi s. B. Bairova, G. M. Abduraupova



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/102
tarix26.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#197818
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   102
(braxial puls
– uni qo‘lni ichki 
tomonidan tirsak bukiladigan joydan yuqoriroqda paypaslab 
topish mumkin; 
– 
bo‘yin (carotid) puls
– uni bo‘yinni ikkala yonbosh 
sohalarda, traxeya (bo‘yindagi katta nafas olish olish nayi) va 
bo‘yin mushaklari o‘rtasida paypaslab topishi mumkin; 
– 
yurak (apical) puls
– uni ko‘krak qafasning chap tomo-
nidan eshitish mumkin. Fonendoskopni to‘sh suyagidan 7 – 9 
sm chapda, besh va oltinchi qovurg‘alar oralig‘l ustiga qo‘yish 
lozim. Apikal yurak urishini aniqlash uchun 1 daqiqa davomida 
eshitish lozim. Pulsning maromi faqat shu sohada o‘lchanadi; 
– oyoqning yuqori qismi (
son arteriyasi\femoral puls)
– 
tomir urushi oyoqning yuqori qismidagi son arteriyasini sezish 
mumkin. Agar qorin yoki bel atrofi jarohatlangan bo‘lsa, bu 
pulsni tekshirib ko‘rish katta ahamiyatga ega; 
– oyoq kafti tepa qismidagi 
(pedal) puls
bu oyoq kafti 
tepa qismini o‘rtasida seziladi. Agar oyoqlarda kasallik tufayli 
qon aylanish kamaygan bo‘lsa yoki bel atrofi jarohatlangan yoki 
operatsiya qilingan bo‘lsa, modda almashinuvi kasalliklarida 
(masalan: qandli diabetda) bu pulsni tekshirib turish zarur;
– oyoq to‘pig‘i orqasi – bu puls oyoqni ichkarisida oyoq 
to‘pig‘ini orqasidan paypaslab topishi mumkin.
Puls sonlarini kamida 30 soniya ichida sanash lozim. Bunda 
olingan raqam 2 ga ko‘paytiriladi. Aritmik pulsda sanash 1 
daqiqa davomida o‘tkaziladi. Puls turtkilari bir xil vaqt ichida 
birin - ketin kelsa, to‘g‘ri ritm yoki ritmik puls deyiladi. Aks 
holda noto‘g‘ri - aritmik puls ko‘zatiladi. 
Pulsning daqiqasiga 100 ta dan tezlashuvi taxikardiya deyi-
ladi, u fiziologik va patologik bo‘lishi mumkin (jismoniy meh-
nat, emotsional holat, isitma). 60 ta dan sekinlashuvi bradikar-
diya deyiladi. 


102 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin