1- ILOVA
MAQSAD: Talabalarni biologiyani o'qitishda loyihalash texnologiyasining o'ziga xos xusussiyatlari bilan tanishtirish va ilmiy dunyo?arashini shakllantirish
2- ILOVA
3- ILOVA
Bu toifadagi loyihalardan sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda foydalanishi mumkin. Bular jumlasiga “O‘zbekiston Qizil kitobi”ga kirgan o‘simliklar va hayvonlar, “O‘zbekistonda paxtachilikning rivojlanishi”, “O‘zbekistonning dorivor o‘simliklari” kabi mavzulardagi loyihalarni kiritish mumkin.
4- ILOVA
LOYIHALASH TEXNOLOGIYASI BO‘YICHA TALABANING O‘Z-O‘ZINI NAZORAT QILISHIGA MO‘LJALLANGAN O‘QUV TOPSHIRIQLARI
Topshiriqning didaktik maqsadi:
Siz o‘quv topshiriqlari ustida mustaqil ishlab, biologiyani o‘qitish jarayoniga zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan biri loyihalash texnologiyalarini qo‘llash, mazkur texnologiyalarning o‘ziga xos xususiyatlari, o‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish yo‘llari bilan tanishishingiz, metodik bilim, ko‘nikma va malakalaringizni, nutq va muloqot madaniyatingizni rivojlantirishingiz zarur.
Matnni diqqat bilan o‘qing, quyidagi savollarga javob toping va topshiriqlarni bajaring:
Loyihalash texnologiyasining mazmuni va mohiyatini o‘rganing.
Loyihalarning tasnifini ko‘rib chiqing. Uni hamkoringizga tushuntiring.
Tadqiqot xarakteridagi loyihalarning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlang.
Ijodiy xarakterdagi loyihalarning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlang.
Rolli loyihalarning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlang.
Izlanish xarakteridagi loyihalarning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlang.
Amaliy xarakterdagi loyihalarning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlang.
O‘quvchilarda ijodiy faoliyat tajribalarini shakllantirish yo‘llarini o‘rganib chiqing.
Topshiriqni yakunlash qismi avvalgi mavzulardagi kabi o‘tkaziladi.
Dostları ilə paylaş: |